sinflarda aniq – fan masalalarini mustaqil yechish mahorati.
o‘quv – rolli o‘yinda o‘quvchilarda ilgari salbiy yoki spetsefik munosabat uyg‘otgan nazariy qoidalar (qonunlar, qoidalar, tushunchalar) yaxshi o‘zlashtiriladi. o‘quv – rolli o‘yinning xususiyati unda masalani yechish jarayonini jamoaviy xarakterdaligi ko‘zda tutiladi. natijada shunday namunalarda o‘qitish uchun sharoit yaratiladiki, bunda bo‘sh o‘quvchilar kuchliroq o‘quvchilarni kuzatadilar va o‘zlari ham ularning namunalari bo‘yicha harakat qiladilar. rolli - o‘yinda o‘quvchilarga javob aloqasi ahamiyatli bo‘ladi, unda ular haqiqiy hayotda odamlar o‘zlarining qilmishlari oqibatlari haqida qanday qilib bilib olishlarini tasavvur qiladilar va bilib oladilar. buning natijasida o‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarish asosida o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi.
o‘quv – rolli o‘yinlarning samaraliligini uning ishtirokchi-larining o‘yin paytida masalani hal etishda faolliklari keskin o‘sib borishi, ishtirokchilarning faolligini o‘sishi manbai esa savollarning kuchliligi hisoblanadi.
MAVZU. OLIY VA URTA MAKTABDA PSIXOLOGIYANI UKITISH TARIXI
Reja:
1.Oliy va urta maktabda psixologiyani ukitish tarixi.
2. Zamonaviy psixologik ta’lim.
3. Bilish faoliyati kurinishlari va psixologiya ukitishning faol metodlari.
Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma’ruza hisoblanadi. Biror bir ta’limni tashkil etish shakli o‘quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars - o‘yin, dars – konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma’ruza, binar, ma’ruza – telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo‘llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to‘garak). Ma’lum nazorat shakllari ham mavjud bo‘lib ular: og‘zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o‘tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma’ruzadan tashqari o‘qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi – seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg‘ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o‘quv yurtida yoki chet el o‘quv yurtida stajirovkada bo‘lish va shu kabilar. Ta’limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi.