Qarshi filiali “kompyuter injiniringi” fakulteti



Yüklə 213,08 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2022
ölçüsü213,08 Kb.
#77240
  1   2   3
mustaqil ta`lim4

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI


KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
3- bosqich TT-12-19 guruh talabasining
 Tarmoq xavfsizligi
fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISH


Bajardi: Shoymardanov S

QARSHI – 2022


Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari.
Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami protokol (bayonnoma) deb ataladi.




TLS (Transport Layer Security) ning protokol konfiguratsiyasi o‘zaro xavfsiz harakatlanishga mo‘ljallangan. U shifrlash programmalarini, sertifikatlar formatini, raqamli imzo algoritmini va aloqa seansi jurnalidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Konfiguratsiya yana transport darajasida qayta qabul qilish – uzatishdan aloqani himoyalash uchun TLS ni tunnellash uslubini ham aniqlaydi.
TLS spetsifikatsiyasi tarmoq sathida konfidensiallik va yaxlitlik vositalarining to‘liq to‘plamini tavsiflangan holda, mubolag`asiz fundamental ahamiyatga ega. TLS asosida yuqoriroq sath (tatbiqiy sathga qadar) protokollarini himoyalash mexanizmi hamda xavfsizlikning tugallangan vositalari, xususan virtual xususiy tarmoqlar quriladi. Albatta TLS kriptografik mexanizmlariga va kalit infratuzilmalariga tayanadi.
TLS spetsifikatsiyasi turli vazifalarni bajaruvchi ko‘pgina dasturiy maxsulotlarda ishlatiluvchi ommaviy Secure Socket Layer (SSL) protokolini rivojlantiradi va oydinlashtiradi.Tunnelning initsiatori va terminatori orasida uzatiluvchi axborotni shifrlash transport sathi TLS(Transport Layer Security) yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ekran orqali autentifikatsiyalangan o‘tishni standartlash uchun SOCKS deb ataluvchi protokol aniqlangan va hozirda
SOCKS protokolining 5-versiyasi kanal vositachilarini standart amalga
oshirilishida ishlatiladi.
1999 - yili SSL 3.0 versiyasi o‘rniga, SSL protokoliga asoslangan va hozirda Internet standarti hisoblangan TLS protokoli keldi. SSL 3.0 va
TLS protokollari orasidagi farq juda ham jiddiy emas.
SSL va TLS protokollarining kamchiligi - o‘zlarining xabarlarini tashishda tarmoq sathidagi faqat bitta — IP-protokolidan foydalanishlari va faqat IP-tarmoqlarda ishlay olishlari. Undan tashqari, SSL/TLSning amalda qo‘llanishi tatbiqiy protokollar uchun to‘la shaffof emas. SSLning yana bir salbiy tomoni shunday iboratki, agar mijoz va server ulanishni uzsalar, ular uni ma’lumotlarning minimal hajmini almashish yo‘li bilan tiklashlari va Session ID ning eski parametrlaridan foydalanishlari mumkin. G`araz niyatli shaxs oldingi sessiyalardan birini obro‘sizlantirib uni tiklash muolajasini server bilan o‘tkazishi mumkin. Natijada bu sessiyada uzatiladigan keyingi barcha ma’lumotlar obro‘sizlantiriladi. Undan tashqari, SSLda autentifikatsiyalashda va shirflashda bir xil kalitdan foydalaniladi. Bu esa ma’lum bir holatlarda zaiflikka olib kelishi mumkin. Bunday yechim turli kalitlar ishlatilganiga nisbatan ko‘p statistik ma’lumotlarni yig`ishga imkon beradi.

Yüklə 213,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin