Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Xalqaro qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida integratsiya jarayonlari to'g'risida turlicha nazariyalar va ularning asosiy yo'nalishlari



Yüklə 23,17 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü23,17 Kb.
#191218
1   2   3   4
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta\'minlashda iqtisodiy omillar. Oziq-fayllar.org

Xalqaro qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida integratsiya jarayonlari to'g'risida turlicha nazariyalar va ularning asosiy yo'nalishlari.
Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va uning samaradorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularning turini kengaytirish va sifatini oshirish xorijiy investisiyalarni jalb etmasdan, xalqaro moliya institutlari va bank tuzilmalarining yordami va qo’llab- quvvatlashiga tayanmasdan turib erishib bo’lmaydi.
Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Global ekologik fond, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti kabi boshqa ko’plab institutlar, shuningdek, xorijiy mamlakatlar hukumatlari agentliklarining shu borada ko’rsatayotgan yordami kata bo’lib, ularning ishtirokida yuzdan ortiq investisiya va grant loyihalarini amalga oshirish uchun 1,1 milliard dollardan ortiq mablag’ jalb etildi.
Ajratilgan moliyaviy mablag’lar bilan birga,birinchi navbatda, ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida amaliy yordam va hamkorlik ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan va Toshkent shahrida ushbu tashkilot vakolatxonasi ochilgan.
O’zbekiston bilan BMTning qishloq xo’jaligi sohasidagi asosiy moliyaviy instituti bo’lmish Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish fondi o’rtasida konstruktiv hamkorlik o’rnatilgan bo’lib, bu fondning asosiy vazifalaridan biri yuqori samaradorlikka ega bo’lgan qishloq xo’jaligi tizimini shakllantirish bo’yicha yondashuvlarni amalga oshirishdan iboratdir.
O’zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasida jadal rivojlanib borayotgan, qishloq xo’jaligi sohasining o’zida umumiy qiymati 400 million dollardan ziyod oltita loyihani amalga oshirilmoqda.
Hamkorligimizning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri irrigasiya
tizimlarini modernizasiya qilishga qaratilgan loyihalardir.
O’tgan yillarda Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Amu-Buxoro mashina kanalini qayta tiklash loyihasini amalga oshirildi, uning doirasida
1,8 milliondan ziyod odam istiqomat qilayotgan 315 ming gektar maydonni suv bilan ta’minlaydigan irrigasiya infratuzilmasi rekonstruksiya va modernizasiya qilinadi.
Qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishda Jahon bankining ishtiroki tobora kengayib, umumiy qiymati 380 million dollar bo’lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi, joriy yilda yana umumiy qiymati 450 million dollarlik ikkita loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Janubiy Qoraqalpog’istonda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar hisobidan suv resurslarini boshqarishni yaxshilash bo’yicha 260 million dollarlik yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida yaroqsiz holga kelib qolgan 30 ming gektar yerni qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Kelgusida bu maydonlarda diversifikasiyalashgan va yuqori darajada mexanizasiyalashgan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish mo’ljallanmoqda.
Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatimizning yettita viloyatida amalga oshirilayotgan, bog’dorchilik va sabzavotchilikni kompleks modernizasiya qilishga qaratilgan, umumiy qiymati 200 million dollar bo’lgan loyiha katta istiqbolga ega bo’lib, uning doirasida urug’chilik, o’simliklar seleksiyasi va muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot salohiyatimizni modernizasiya qilish va oshirish, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar yo’nalishida sarmoyalar kiritish maqsadida fermer xo’jaliklari va kichik biznes subyektlari uchun kredit liniyalarini ochish ko’zda tutilmoqda.

Mazkur loyihaning istiqbolli va yangiligi BMT qoshidagi Global ekologik


fondning e’tiborini tortgani, fond tomonidan fermer xo’jaliklarida ilg’or texnologiyalarni joriy etish va yangi zamonaviy uskunalarni xarid qilishga qaratilgan 13 million dollarlik grant taqdim etildi.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining irrigasiya tizimlarini qayta tiklash bo’yicha umumiy qiymati 143 million dollar bo’lgan ikkita loyiha amalga oshirilmoqda, shuningdek, Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga qaratilgan loyihani tayyorlashga kirishildi.
Xorijiy sheriklar bilan birgalikda tashkil etilgan, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug’ullanadigan agrosanoat korxonalari iqtisodiyotimizda tobora katta o’rin egallab bormoqda.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi sohasida bugungi kungacha Germaniya, Gollandiya, Avstriya, AQSh, Shveysariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya kabi 50 ta mamlakatdan to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investisiyalar jalb etilgan holda, 400 ga yaqin korxona tashkil etildi. Bu korxonalar yangi mahsulot yetishtirishdan tortib mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida tayyor oziq- ovqat tovarlari ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda.
Ana shu korxonalarda o’ta yuqori haroratda ishlov berish, aseptik usulda konservalash, muzlatish va sun’iy quritish usullari to’liq o’zlashtirilgan. 2013 yilning o’zida bu korxonalar tomonidan qiymati 800 million dollardan ortiq bo’lgan mahsulot ishlab chiqarildi, jumladan, 200 million dollardan ziyod mahsulot eksport qilindi.
Yaqin yillarda meva-sabzavot xomashyosini qayta ishlash va unga ishlov berish bo’yicha umumiy qiymati 150 million dollarga yaqin bo’lgan 265 ta investisiya loyihasini qo’ shimcha ravishda amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bu sohaga kiritilgan sarmoyalar ko’p xarajatni talab etmasligi, shu bilan birga, 1,5-4 yil ichida o’zini qoplashi bilan e’tiborlidir.



Yüklə 23,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin