Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi yoki UNEP (inglizcha: UNEP, United Nations Environment Programme) BMT tizimida yaratilgan dastur bo‘lib, butun tizim darajasida tabiatni muhofaza qilishni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Dastur BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil15-dekabrdagi № 2997-sonli rezolyutsiyasi (A/RES/2997(XXVII)) asosida tashkil etilgan. UNEPning asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlodlar manfaati uchun atrof-muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishdir. Dastur shiori -"Atrof-muhit taraqqiyot manfaati uchun".
UNEP shtab-kvartirasi KeniyaningNayrobi shahrida joylashgan. Shuningdek, UNEPning oltita yirik vakolatxonasi va turli mamlakatlarda mintaqaviy vakolatxonalari ham mavjud. UNEP global va mintaqaviy darajadagi barcha ekologik muammolarni hal qilish uchun javobgar tashkilotdir.
UNEP faoliyati Yer atmosferasi, dengiz va quruqlik ekotizimlari sohasidagi turli loyihalarni o‘z ichiga oladi. UNEP ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalarni ishlab chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi. UNEP tez-tez hukumatlar va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. UNEP ko‘pincha atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalariga homiylik qiladi va ularni amalga oshirishga yordam beradi.