BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi va Global yashil o‘sish instituti Orolbo’yi mintaqasidagi mavjud muammolarning kompleks yechimlarini ilgari surish uchun hukumat, rivojlanish bo'yicha hamkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ilmiy doiralarni birlashtirishni qo'llab-quvvatlaydi.
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakili Aron Rassel: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan yangi hamkorlik dasturni amalga oshirish va uni hamkorlar bilan muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, ma'lumot va bilim almashish, shuningdek, Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlanishi uchun hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi" deya takidladi.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana o‘z nutqida rivojlanish bo‘yicha yangi hamkor – Global yashil o‘sish institutini samimiy qutladi va BMT Bosh kotibining "biz tengsizlik, adolatsizlik va Yer yuzidagi shafqatsiz hukmronlikning eski me'yorlariga qaytolmaymiz” degan bayonotini alohida ta'kidladi. “Orolbo’yi mintaqasi uchun biz xavfsizroq, yanada barqaror va adolatli yo'lga qadam qo'yishimiz kerak. Shuning uchun men O'zbekistondagi rivojlanish bo'yicha hamkorlarni zudlik bilan va umid bilan harakat qilishga chaqiraman"dedi Roli Astxana xonim.
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
2022 yilning fevral oyida rasmiy ravishda ochildi. Uning vazifasi O'zbekistonning ekologik barqaror iqtisodiy o'sishini yashil o'sish loyihalari orqali qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'lib, hukumatning milliy va mahalliy rivojlanish sohasidagi tashabbuslariga boshqa rivojlanish hamkorlari bilan hamkorlikga tayanadi.
Veb-sayt: https://gggi.org/country/uzbekistan/
BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi
O'zbekiston 1992 yilning 2 mart kuni BMTga mustaqil suveren davlat sifatida a’zo bo'ldi. Kelasi yili Toshkentda BMT o'z vakolatxonasini ochdi. BMTning O‘zbekistondagi Mamlakat jamoasi hozirda 25 ta agentlik, jamg’arma va dasturlardan iborat bo'lib, ular mamlakatni Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda 2030 yilgacha mo'ljallangan rivojlanishning milliy ustuvor yo'nalishlariga muvofiq shakllantirishda ko'maklashmoqda.