Bolalikniijtimoiyhimoyalash– qonunchilik va Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyada mustahkamlangan voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik- pedagogik choralar kompleksidir.
Bolalargaijtimoiyyordamko‟rsatish– ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora- tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikkaolish– bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Vasiylik – muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish. Guruhningijtimoiypsixologikiqlimi– guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni.
Deviant xulq atvor – ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor. Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”) – o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.
Dinamik steriotip – bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.
Yetim bolalar –18 Yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar. Yetimlik– jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa.
Jamoa– ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.