Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə93/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Maslahatchi – oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant – oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi - bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratatsiyaga duch kelganda bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil etadi. U ta’limiy, psixologik, vositachilik ko‘rinishida bo‘ladi.




Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.


Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota- onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi:
ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni; bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona ijtimoiy maqomining ahamiyati;
oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;

oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabatning shakllanganligi.


Tarbiyaviy yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-onalar bilan ularga maslahat berish orqali, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o‘tkaziladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy- psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash).
Qo‘llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik qo‘llab- quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lganda amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo‘ladi.
Shaxslararo munosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llanadi. Ruhiy zo‘rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”
talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch komponentdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o‘z ichiga xayriya auksionlarini o‘tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo‘yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:

  1. bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish;




  1. bolalikka olish;




  1. bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.



Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatsiya shaklida o‘tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Oilaga ko‘rsatiladigan ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo‘ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko‘rsatuvchi mutaxassis shaxslar o‘z harakatlarini oiladagi muammolarini yechishga yo‘naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksariyat muammolarni oila a’zolarining o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam
ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzilishidir. Shartnomaning asosini oilaning oldida turgan maqsad va vazifalarini aniqlash tashkil etadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilashdir.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari ijtimoiy psixologik yondoshuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortiq vaqtni talab qiladi. Ijtimoiy psixologik yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni aniqlashdan iborat.
Ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj – ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagog tashhis, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan ijtimoiy pedagog tashrifi to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo‘ladi. Doimiy patronajlar, avvalambor, g‘ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan biri – bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir. Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog‘lom oilalarga mo‘ljallangan. Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari – treninglar ham o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib borishning faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Trening bir qancha individual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg‘unlashuvi bo‘lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini hal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so‘ngi o‘n yilliklar davomida o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandi bor oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashinish, savollar berish va guruhda qo‘llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari, axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi usullar – konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. U demografiya, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning
tarbiyaviy funksiyasi), huquq, iqtisod (oila budjeti), etnografiya, tarix, falsafa ma’lumotlarini o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liqdir.



Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin