Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi
Xalqaro moliya institutlari nafaqat jahon iqtisodiyoti balki milliy iqtisodiyotni rivojiga, jahon iqtisodiyotini iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarini oshirishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini barataraf etishda muhim rol o’ynaydi. Chunki xalqaro moliya institutlari o’z faoliyati ko’lamini milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan iqtisodiyotni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik qayta qurollantirishda tez sur’atlarda rivojlanishida moliyaviy mablag’lar bilan doimiy ta’minlab borishda hal qiluvchi rol o’ynaydi, shuningdek, ular chet el kapitali harakatini qayta taqsimlash orqali o’zini faoliyat ko’lamini oshirib bormoqda. Bu shu hududni iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarini rivojiga ijobiy ta’sir etsa, ikkinchidan aholini ish bilan bandlik darajasini, turmush darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Birlashgan Millatlar tashkiloti
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotini rivojlantirishda mintaqaviy rivojlanish tashkilotlari ham muhim rol o’ynaydi. Xususan,Mintaqaviy rivojlanish banklari o’z mintaqalariga boshqa xalqaro tashkilotlarga nisbatan imtiyozli kreditlar ajratish orqali uni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish tashkilotlariga Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Amerikalararo Taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ETTB-1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. ETTB Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ko’maklashish maqsadida tuzilgan.
ETTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
infratuzilmani rivojlantirish;
turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60% i xususiy sektorga, 40% i davlat sektoriga mo’ljallangan;
- xususiy kapital qo’yilmalarga kafolatlar berish;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish kabilardan iborat.