Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning bo'limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assosatsiayasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo'yicha xalqaro markazi (MXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o'z tarkibiga oladi.JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojla-nayotgan va iqtisodiyoti o'tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini rag'batlantirish bilan shug'ullanadi.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan birgalikda Bretton-Vudseda 1944 yil 1-22 iyulda boiib o'tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo'lib, faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan.
JAHON BANKI
JahonBanki -Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi. Missiyasi 1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshirshtati)datashkiletilganboʻlib, hozirdashtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtondajoylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalarunga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki oʻz aksini topdi. Asosiy vazifasi sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir