Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti



Yüklə 286,3 Kb.
səhifə35/52
tarix27.04.2023
ölçüsü286,3 Kb.
#103221
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
Ijtimoiy fanlar

Imkoniyat va voqelik.
Imkoniyat-narsaning uning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob’ektiv mavjud bo‘lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‘plami mavjud bo‘lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHu sababli voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‘zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‘l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: voqelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi. Voqelik tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, voqelik – bu mavjud borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in’ikosidir. Voqelik tushunchasi ayrim predmetning borlig‘iga ham tegishlidir. Bu ma’noda u ob’ektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqelik ro‘yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma’noda voqelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‘tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potensial, voqelik esa aktualdir. Imkoniyat – abstrakt va mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u ko‘p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‘z ichiga oladi. Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi.


Mavzu: IJTIMOIY FALSAFA
Reja:
1. Jamiyatning falsafiy tahlili.
2. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari.

Yüklə 286,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin