XULOSA VA TAKLIFLAR Mustaqil ishini bajarishda quyidagi ilmiy xulosalar qilindi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishga tavsiya etildi:
Xulosa o‘rnida, yuqorida qayd etilgan xavfsizlik yo‘nalishlarining barchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq, ularni samarali faoliyat ko‘rsatishi moddiy va maʼnaviy jihatdan taʼminlanganlik darajasiga bog‘liq, yaʼni iqtisodiy xavfsizlik bilan bevosita bog‘liqdir.
Xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘nalishlar(bloklar) faoliyatining murakkabligi, boshqarish va rejalashtirishdagi ko‘p qirrali muammolarni, ulardagi tasodifiyliklar, tavakkalchiliklar ularni kelajakda takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish zaruratini taqoza qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash ham o‘ta murakkab jarayon hisoblandi. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash bilan bevosita bog‘liqdiq. Real sektorni to‘g‘ri boshqarish optimal rejalashtirish, budjetni shakllantirish va uni to‘g‘ri sarflash, soliq siyosati, pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashning asosiy dastaklari hisoblanadi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligida globallashuv bu iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o‘tish davrining mahsuli bo‘lib hisoblanadi.
Globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi qiyot bosqichini ifodalovchi jarayondir. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash nafaqaat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi. Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayoni kuchayib borgani sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bartaraf etish va prognozlash qiyinlashib boradi. Bir vaqtning o‘zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.