Real sektorga moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari boylik va xizmatlarning nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvhci sohalar kiradi. Shunga ko’ra real sector iqtisodiyoti mamlakat miqyosida, uning alohida moddiy va nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvchi sektorlati va jahon xo’jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini bit butun qilib birlashtirgan iqtisodiy tizimdir.
Alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o’zaro bog’langan ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, xizamt ko’rsatish sohalaridan iborat iqtisodiy tuzilmalardir.
Transfertlar deb to‘lovlarning shunday turiga aytiladiki, uni amalga oshiruvchi tomon to‘lovi o‘rniga hech nima olmaydi va qabul qilgan tomonning hech qanday majburiyati bo‘lmaydi. Transfertlarga chet ellikliklar, boshqa mamlakatlarda ishlovchilar jamg‘armalari repatriyasiyasi, emmigrantlar tuhfalari pul o‘tkazuvchilar, xayriya tashkilotlari yordam tarzida o‘tkazgan vositalar, xorijiy davlatlar iqtisodiy yordam tartibida bergan vositalar kiradi.
NOMINAL VA REAL AGREGATLAR
Nominal agregatlar deb joriy davr baholarida o‘lchanadigan agreagatlarga aytiladi.
Real agragatlar deb bazis davr baholarida o‘lchanadigan agregatlarga aytiladi.