RCOOH + NаOH-> RCOONa +H2O
Sovunning suvli eritmasi katta zichlik hisobiga yog‘dan ajraladi. Ajralgan
sovunli massa soapstok deyiladi. Sovun, o‘zining yuqori adsorbsion xususiyatiga
ko‘ra yog‘dan quyidagi aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oqsillar, shilimshiq
moddalar, bo‘yovchi moddalar va x.k. SHuningdek sovun parchalari mexanik
aralashmalarni ham ushlab qoladi. Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog‘ (triglitserid)ni sovunlaydi. Ayrim vaqtda yog‘ni oqartirish uchun ishqorni ko‘p
miqdorda qo‘shiladi.
Rafinatsiya jarayoniga turli omillarning ta’siri. Harorat. Harorat
ko‘tarilishi bilan rafinatsiya tezligi oshadi va shu bilan birga neytral yog‘ning
sovunlanishi ham ortadi. Jarayonning harorati ishqor eritmasi konsentratsiyasiga
bog‘liq. Ishqor konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, jarayon harorati shuncha
past bo‘lishi kerak. Odatda harorat 20-250C (paxta yog‘i uchun) va 80-850 C (
kungaboqar yog‘i uchun) oralig‘ida bo‘ladi.
Ishqor konsentratsiyasi: Ishqor konsentratsiyasini oshishi bilan neytralizatsiya tezligi va neytral yog‘ning sovunlanishi ham oshadi. Yuqori konsentratsiyali ishqor bo‘yovchi moddalarga ta’sir etib, uning ajralishiga yordam beradi. Ishqor konsentratsiyasi yog‘ turi va kislota soniga bog‘liq. Kerakli ishqor konsentratsiyasi odatda tajriba orqali aniqlanadi, chunki tozalangan yog‘ning chiqishi (unumi) va uning sifati ishqor eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq.
Aralashtirish: Bu omil ishqor konsentratsiyasiga va kontakt vaqtiga bog‘liq. Ishqorning yuqori konsentratsiyasida kontakt vaqti qisqa bo‘lib, juda tez aralashtiriladi. Konsentrlangan eritmalar bilan ishlash vaqtida intensiv aralashtirish, jarayonni tezlatib, neytral yog‘ni sovunlanishini kamaytiradi.
Ishqorning mayda tomchilari yog‘ kislotalari bilan katta kontakt yuzasiga ega va
hosil bo‘lgan sovunli pardaga esa bo‘yovchi moddalar adsorbsiyalanib, yog‘ rangi tiniqlashadi.
Dostları ilə paylaş: |