Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarning turlari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə21/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
kimyo labaratoriya

Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarning turlari.
1.Molekulararo oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari – oksidlovchi element bir modda tarkibida, qaytaruvchi element ikkinchi moddada bo’ladi.
2.Ichki molekulyar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari – oksidlovchi va qaytaruvchi bitta moddaning tarkibida bo’ladigan reaksiyalar.
3. Disproporsiyalanish reaksiyalarida – oksidlovchi va qaytaruvchi vazifasini ayni bir hil molekula yoki atomler bajaradi.
4. Sinproporsiyalanish reaksiyasida - bir molekula tarkibidagi oksidlanish darajasi turlicha bo’lgan atomlar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida qatnashib, oksidlanish darajasi bir hil bo’lgan xolatga yoki, oksidlanish darajasi turlicha bo`lgan zarrachalar hosil bo`lishiga aytiladi.
Atomlari yoki ionlari elektron beradigan (ya‘ni o’zlari oksidlanadigan) moddalar qaytaruvchilar deb atomlari yoki ionlari elektron biriktirib oladigan (ya‘ni o’zlari) qaytariladigan moddalar esa oksidlovchilar deb ataladi. Oksidlanish shu oksidlanish bilan bir vaqtda bo’ladigan qaytarilishsiz bo’la olmaydi va bir moddaning qaytarilishi shu vaqtda ikkinchi moddaning oksidlanishiga olib boradi. Qaytaruvchi bergan elektronlarning umumiy soni oksidlanuvchi biriktirib olgan elektronlarning umumiy soniga teng bo’ladi. Qaytaruvchilarga misollar keltiramiz.
1. Inert gazlar va ftordan boshqa hamma elementlarning neytral atomlari qaytaruvchi bo’laoladi. Atomi elektronini oson yo’qotuvchi elementlar, ya‘ni atomlari kam ionlanish potentsialiga ega bo’lgan elementlar eng kuchli qaytaruvchilardir.
2. Manfiy zaryadlangan ionlar ham qaytaruvchi bo’ladi, chunki ular o’zlarining ortiqcha elektronlarini yo’qotishi mumkin.
3. Yo’qori musbat zaryadli ionga aylana oladigan metall va metalloid ionlari, masalan, Fe2+, Sn2+ va boshqa ionlar qaytaruvchi bo’la oladi.
Endi oksidlovchilarga misollar keltirib o’tamiz.
1. Elektron biriktirib olishi mumkin bo’lgan neytral atomlar oksidlovchi bo’la oladi. Oltinchi va yettinchi gruppaning asossiy gruppachasi elementlari, ya‘ni elektronga ko’proq moyil bo’lgan elementlar eng ko’chli oksidlovchilardir.
2. Elektron biriktirib olishi mumkin bo’lgan metall va metalloidlarning musbat zaryadli ionlari oksidlovchi bo’la oladi.
Oksidlanish – qaytarilish reaksiya tenglamalarini tuzish uchun quyidagi tartib ish olib boriladi:
1. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy belgilar orqali ifodalab yoziladi.
2. Reaksiyaning o’ng va chap tomonidagi elementlar yoki ionlarning oksidlanish darajalari belgilab olinadi. Boshqacha qilib aytganda oksidlangan yoki qaytarilgan atom yoki ionlar belgilanadi.
3. Atom yoki ionlarning olgan yoki bergan elektronlari soni aniqlanadi, buning uchun oksidlanish – qaytarilish reaksiyasining ionli tenglamasi yoziladi.
4. Atom yoki ion berga va qabul qilgan elektronlar sonin aniqlab, ularning qiymatlarini tenglash natijasida oksidlanish – qaytarilish reaksiyaning reaksiya koeffitsientini aniqlanadi. Buni quyidagi reaksiya tenglamasida kuzatish mumkin: H2S + Br2  2HBr + S
a) oksidlangan va qaytarilgan elementlarining reaksiyaga kirishishlarida oldingi zaryadlari qanday ekanligi aniqlanganidan so’ng, ularning kimyoviy belgilari ustiga quyidagi ko’rinishda yoziladi: H2S-2 + Br02  2HBr-1 + S0
b) qaytarilgan S-2  S0 (oksidlanadi va oksidlangan Br0  Br-1 ga o’tib qaytariladi). Bu elementlar aniqlangandan so’ng, reaksiya tenglamasi elektron holatda quyidagicha ifoda etiladi:
S-2 + Br02  2Br-1 + S0
S-2 – 2e-  S0 2
Br0 +1e-  Br-1 1
v) oksidlovchi atomning yo’qotgan elektronlarining soni qaytaruvchining qabul qilgan elektronlar soniga albatta teng bo’lishi kerak. Shuning uchun berilgan va qabul qilgan elektronlar sonining eng kichik bo’linuvchisi topiladi. Bizning misolimizda bu qiymat ikkiga teng.
S-2 – 2e-  S0 2 1
Br0 +1e-  Br-1 1 2
Bu hosil qilingan qiymatlarga asosan reaksiya quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
H2S + Br2  2HBr + S;
g) bu ishlarni olib borish natijasida hosil qilingshan qiymatlar reaksiya koeffitsienti deb qabul qilinadi. Ba‘zi reaksiyalarda umumiy bo’linuvchi topish qiyinlashsa yoki reaksiya koeffitsienti butun natural sonlar bilan ifoda qilishga mos kelmasa, reaksiyaning har ikki tomonini ikkiga ko’paytirish yo’li bilan qisqartirish amalini abajarish mumkin. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari asosan valentlik haqidagi tushunchalarimizni rivojlantirishga asoslanadi. Kimyoviy reaksiyalarda qaysi atom yoki ionning oksidlovchi yoki qaytaruvchi ekanini oldindan bilish ko’p jihatdan ahamiyatli hisoblanadi. Chunki uning yordamida reaksiya qaysi tomonga va qaysi sharoitda borayotganini tasavur qilish mumkin.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin