2-tajriba.Galvanoparaning hosil bо‘lishini kimyoviy reaksiyalarga ta’siri. Ishning bajarilishi. Bitta probirka olib, unga 2 n sulfat kislotadan 5-6 tomchi va 1ta toza rux metalni donachasidan soling.
Sulfat kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi kо‘rinadimi? Shu rux metali ustiga kichkina mis simni yaqinlashtiring.
Vodorodning ajralish intensivligi о‘zgaradimi? Qaysi metall ustida ajraladi? Mis simini ruxning ustidan olib, vodorodning ajralish intensivligi (tezligi) yana о‘zgarganini kuzating. Rux-mis galvanoparada elektronlar qaysi tomonga yо‘nalgan? Qaysi metall (-) zaryadga ega bо‘lib, eritmadagi Н+ ionlari uchun katod vazifasini о‘taydi.
Nazorat savollari: 1. Quyidagi sxema bo’yicha boradigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasining tenglamasini tuzing: С + НNO3 CO2 + NO + H2O
2. Metall ishlab chiqarish sanoatida boradigan quyidagi reaktsiyalarning sxemasiga elektron balans usuli bilan koeffitsientlar tanlang:
а) Fе2О3 + А1 А12О3 + Fе; b) V2O5 + CaCaO + V с) Мn2O3 + SiSiO2 + Mn.
3. Qanday elementlarga galvanik elementlar deyiladi? Rux va mis galvanik elementi va uning tuzilishini bayon eting
4. Elektrolizdeb nimaga aytiladi?