Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Ishning bajarilish tartibi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə12/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
kimyo labaratoriya

Ishning bajarilish tartibi:
1 – tajriba. Reaksiya tezligining kontsentratsiyasiga bog’liqligi.
Uchta probirkaga sulfat kislota eritmasidan 5ml dan quying. Uchta stakanchaning yoki kolbachaning birinchisiga natriy tiosulfat eritmasidan 15 ml, ikkinchisiga natriy tiosulfat eritmasidan 10 ml va 5 ml suv, uchinchisiga natriy tiosulfat eritmasidan 5 ml va 10 ml suv soling. Vaqtni belgilab turib, har qaysi stakanchaga probirkalardan biridagi kislotani quyib, tezda aralashtiring. Har bir stakanda qancha vaqtdan so’ng (sekund hisobada) loyqa hosil bo’lishini kuzating. Ishni quyidagi tartibda yozing
Kuzatish natijalarini grafik tarzida ifodalang. Buning uchun abstsissalar o’qiga Na2S2O3 ning nisbiy kontsentratsiyasini, ordinatalar o’qiga esa reaktsiyaning nisbiy tezligini qo’ying.
2 – tajriba.
1. Probirkaning to’rtdan bir qismigacha Temir (III) – xloridning suyultirilgan eritmasidan quying. Uning ustiga shu miqdorda suyultirilgan ammoniy rodanid eritmasidan qo’shing. So’ng aralashmani ohista chayqating. Hosil qilingan och qizil rangli eritmaning reaksiya tenglamasini yozib harakterlang.
3 – tajriba.
2. Eritmani turtda probirkaga mumkin qadar barobar qilib bo’ling. Probirkalarning birini tekshirish yoki o’zgarishlarni solishtirib ko’rish uchun saqlang. Ikknchi probirkaga temir (III) – xlorid tuzining kontsentrlangan eritmasidan, uchinchisiga esa ammoniy rodanidning kontsentrlangan eritmalaridan qo’shing. Hosil qilingan eritmalarning rangini tekshirish uchun qoldirilgan probirkadagi suyuqlikning rangi bilan solishtirib, kimyoviy muvozanatning qaysi tomonga siljiganini aniqlang. Eritmaning rangi to’qlashsa, kimyoviy eritmaga ammoniy xlorid tuzi kristallaridan bir necha dona tashlang va eritma rangining o’zgarishini tekshirish uchun olib quyilgan probirkadagi eritmaning rangini o’zgarishini tekshirish uchun olib quyilgan probirkadagi eritmaning rangiga solishtirib aniqlang. Bajarilgan tajribalar vaqtida sodir bo’lgan reaksiya tenglamalariga to’g’ri kelgan reaksiyalarning muvozanat konstantasini ifoda qiling.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin