1.3 Magistratura mutaxasisliklari bo’yicha fan dasturlarini tahlil qilish Magistratura mutahassisligi bo’yicha “Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash” fani o`quv dasturi bilan tanishib o`rgandim. О‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. “Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash” fanining о‘quv dasturi 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. О‘quv dasturi titulida yо‘nalish va mutaxassislik shifri va nomi keltirilgan: Bilim sohasi - 300000–Ishlab chiqarish texnik soha; Ta’lim sohasi - 320000–Muhandislik ishi, Mutaxassislik -5A321303 – “Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va qurilmalari”.
О‘quv dasturi mundarija, kirish, о‘quv fanining maqsadi va vazifalari, fanning asosiy bо‘limlari va ularda o’rganiladigan muammolar, fanni о‘rgatishda yangi texnologiyalar, fan bо‘yicha talabalarning bilimiga kо‘nikma va malakasiga qо‘yiladigan talablar, fanning о‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi, fanning ishlab chiqarishdagi о‘rni, fanni о‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar kabilardan iborat. Asosiy qismda fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar muzmuni, tashkil etish bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni keltirilgan. Bundan tashqari qо‘shimcha adabiyotlar va elektron resurslar rо‘yxati berilgan.
Fanning maqsadi - neft va gaz yо‘nalishida tahsil olayotgan magistrlarga fanning asosiy mazmun-mohiyatini nazariy va amaliy jihatdan mukammal tushuntirishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga, “Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash” bо‘yicha aniq va amaliy tushunchalar berish bilan birga, mustaqil ishlashlari uchun individual tarzda topshiriqlar berishdan iborat. Talabalardan fanni qunt bilan о‘qish va о‘rganish talab etiladi.
Fan bо‘yicha talabalarning bilim, kо‘nikma va malakalariga qо‘yiladigan talablar. “Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash” fani bо‘yicha magistr:
- neft va gazni qayta ishlash texnologik jarayonlari ishlatishning о‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
- Nasos (porshenli, markazdan qochma kuchda ishlaydigan nasoslar) haqida tasavvurga ega bo’lishi; - Separatorlarning konstruksiyasi, hisobi va ekspluatasiyasi tushunchasiga ega bо‘lishi kerak.
Magistr ixtisosligiga qо‘yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachilarining talablari va ushbu mutaxassislik bо‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
«Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash» fani mutaxassislik fani hisoblanib 1-semestrda о‘qitiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi о‘rni. Respublikamizda neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash haqida ma’lumot berish.
Fanni о‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar qismida talabalarning neft va gaz konlari mashina va jihozlarini korroziyadan himoya qilish fanini о‘zlashtirishlari uchun о‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni о‘zlashtirishda darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishlab chiqarishdagi namunalar va maketlardan foydalanishi kabilar ifoda etilgan.