II. O’quv ishlari II.1. Fan bo‘yicha kalendar reja tuzish “Neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari” fanini o‘qitishdan maqsad-bakalavr mutaxassisligini egallay oladigan talabalarga “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” sohasida ishlatiladigan loyihalash xujjatlari, asosiy va yordamchi jihozlarni tanlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, chet el yangi texnologiyalarini mukammal o‘rgatish bo‘yicha talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallangan bilimlar bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Ushbu fanning vazifasi-neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha qo‘llaniladigan jihozlar va qurilmalar haqidagi bilimlarini shakllantirish, neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarini loyihalash, yangi texnologiyalar uchun jihoz va qurilmalar tanlash, qurilma va jihozlarni ishlash tamoyillari bilan tanishtirish, neft-gazni qayta ishlash sohasida ishlatiladigan jihozlar va qurilmalarning turlari, ularning konstruksion tuzilishi, mexanik, gidravlik, moddiy va issiqlik balanslarni bajarish bo‘yicha bakalavriatura yo‘nalishidagi talabalarga bilim berishdan iborat.
2. Ma’ruza mashg‘ulotlar. 1-jadval
№
Mavzular
d/s
6-semestr
1.
Kirish. Umumiy qonun-qoidalar, “Neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari” fanining mazmuni va maqsadi. “Neft-gazni qayta ishlash korxonalari jihozlari va uskunalari” fanining mazmuni va maqsadi, asosiy jarayonlari va uskunalarini sinflash, modda va energiyaning saqlanish qonunlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.