Ishning maqsadi: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlashni oʻrganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, mobil qurilmalar, Internet tarmogʻi, tarqatma materiallar
Nazariy ma’lumotlar: EHMda saqlanadigan eng kichik axborot oʻlchov birligi bit deb qabul qilingan. 8 bitdan iborat ketma-ketlik bayt (inglizcha byte- belgi degani) deb ataladi. Har bitta belgi uchun kompyuter xotirasidan 1 bayt joy ajratiladi. Shunday qilib, 8 ta 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan ketma- ketliklar jami 256 ta boʻlib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, kirill va lotin alifbosining katta va kichik harflarini, raqamlarni, tinish belgilarni va boshqalarni kodlash imkonini beradi.
Bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham ikkilik ma’lumotlarda axborotning miqdorini oʻlchash uchun foydalaniladi:
1 Kbayt = 210 bayt = 1024 bayt (taxminan 1 ming bayt)
1 Mbayt = 220 bayt (taxminan 1 mln bayt)
1 Gbayt = 230 bayt (taxminan 1 mlrd bayt)
Kiritilayotgan belgi yoki harfni kompyuter "tanishi" uchun, ular xotirada saqlanishi oʻz-oʻzidan ma’lum. Lekin bunday belgi yoki harflarning ikki ming xil koʻrinishlarini saqlash lozim, bu esa oʻz navbatida ularni xotirada saqlash uchun oʻta qiyin muammoni yuzaga keltiradi. Shuning uchun bu belgilar (rus, lotin alifbosi harflari, tinish belgilari, arifmetik amal belgilari va h.k.) mashinada sonlar (0 va 1) bilan kodlanadi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.
Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bit (1 bayt) ketma-ketlik mos keladi. Masalan, I harfiga 11101001, L harfiga 11101100, K harfiga 11101011, D harfiga 11100100, M harfiga 11101101 va h.k. kodlari mos keladi.
Masalan, "ILM" soʻzi 24 bitdan iborat quyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi:
111010011110110011101101,
11101001 111Q11QC11101101
V 4 V J 4 V ‘
I L M
Eski telegrafda, masalan, axborot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi koʻrinishida kodlashtirilar va yozilar edi.
Kompyuter ixtiyoriy harfni "tanishi" uchun uning xotirasiga harflar har xil usulda yozilgan boʻlishi kerak. Shuning uchun darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning xotirasiga harf va belgilarning taxminan 2 ming xil koʻrinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va qimmatga tushadigan ish. Bi jarayonlarni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari bilan almashtirish mumkin. Shu yoʻsinda tanish belgilarni ham raqamlar orqali kodlash imkoniyati boʻladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Koʻpgina zamonaviy kompyuterlarda har bit belgiga 8 bitlik (1 bayt) ketma - ketlik mos qoʻyiladi. 8 ta nol va birlardan tashkil topgan turli ketma-ketliklar jami 28=256 ta boʻlib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, lotin, rus, alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilar va boshqa belgilarni kodlash imkonini beradi.
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini koʻrasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarning zinchligi turlicha boʻladi. Masalan, "Toshkent oqshomi" gazetasida rasm "xalq ta’limi" jurnalidagi rasmga qaraganda aniqroqdir. Koʻpcilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta boʻladi, ya’ni 10X10 santimetrli rasm taxminan 57600 nuqtalardan iborat. Agar bular faqat oq va qorq nuqtalardan iborat boʻlsa, u holda ularning har birini 1 bit bilan kodlasa boʻladi. Agar nuqtalar har xil boʻlsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli boʻlmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning toʻrt xil rangini: 00-oq, 01-ochkulrang, 10-toʻq kulrang, 11-qora rangni kodlash mumkin. Uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoninni beradi va h.k.