Mavzu: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash



Yüklə 176 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü176 Kb.
#111307
1   2
Topshiriq 1:
1. Axborotlarni kodlash haqida tushuncha bering.
2. Axborotlarning turlarini ayting.
3. Axborotlarning miqdoriy ifodalanishini tushuntiring.
Topshiriq 2:
1. Axborot miqdorini uning oʻlchov birliklari yordamida ifodalang:
2. Oʻzingiz haqingizdagi ma’lumot (ism, familiya, manzilgoh) qancha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabayt boʻlishini hisoblang.
3. Yumshoq magnitli disk hajmini oʻlchov birliklarda ifodalang.
4. Kompyuterning qattiq diski (vinchesteri) hajmini oʻlchov birliklarda ifodalang.
5. Kompakt disk hajmini oʻlchov birliklarda ifodalang.
6. Flesh disk hajmini oʻlchov birliklarda ifodalang.
7. Agar 45A sahifali kitobning har bir sahifasi 30 ta satr va har bir satrida 65 tadan belgi mavjud boʻlsa, kitobdagi jami belgilar necha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabaytlardan iborat boʻlishini hisoblang. Bu yerda A - talabaning guruh jurnalidagi tartib raqami.
Topshiriq3.
1. Respublikamizga ilk bor qanday rusumli EHM qayerga oʻrnatildi?
2. Respublikamizda "Informatika" fanini rivojlanishiga hissa qoʻshgan olimlardan kimlarni bilasiz?
3. Mamlakatimizda "Informatika va axborot texnologiyalari" rivojlanishi haqida qanday Qonun va Qarorlar ishlab chiqarilgan?
4. Axboriy jarayonlarga misollar keltirib daftaringizga yozib keling?
5. Axborot sohasida qanday keskin oʻzgarishlar roʻy bergan? Bu oʻzgarishlarni oʻrganib keling?
6. Respublikamizda axborotlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur qanday qismlarga boʻlinadi?
7. Oʻzbekistonda birinchi marta Internet festivali qachon boʻlib oʻtdi?


Nazorat uchun savollar:
1. Axborot nima? U haqida nimalarni bilasiz?
2. Axborot texnologiyalar nima?
3. Axborotlashgan jamiyat deganda qanday jamiyatni tushunasiz?
4. Axborotning qanday miqdoriy oʻlchovlari mavjud?
5. Axborot qanday saqlanadi?
6. Axborotlarni kodlash nima, axborotlarni kodlashga qanday zaruriyat bor?
7. Triada va tetrada tushunchalarini izohlang.


Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. S.S.Gʻulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. Toshkent, “Sharq”, 2000 y.
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, -262 b.
3. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019, 2-tom, -300 b.


Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin