Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi



Yüklə 121,01 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü121,01 Kb.
#99202
Mavzu kompozitsion materiallar


3 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI” FANIDAN




Bajardi: 521-21 MT MICHJ va A guruhi talabasi
Baratov Olimjon


Qabul qildi: XAMRAYEV J.


JIZZAX – 2023
MAVZU: KOMPOZITSION MATERIALLAR
REJA:

  1. KOMPOZITSION MATERIALLAR  TUSHUNCHA.

  2. KOMPOZIT MATERIALLAR.

  3. KONSTRUKSIYALASHGA MOʻLJALLANGAN KOMPOZITSION MATERIALLARNING TUZILISHI XAQIDA MAʼLUMOTLAR


Kompozitsion materiallar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).
Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari: armaturalovchi (mustahkamlovchi) tolalarga matritsa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matritsa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matritsani purkab, keyin qisish; komponentlarning koʻp qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlarni matritsa bilan birga prokatkalash va h.k.
Kompozitsion materiallar aviatsiya, kosmonavtika, raketasozlik, avtomobil sanoati, mashinasozlik, kon-ruda sanoati, qurilish, kimyo sanoati, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, uy-roʻzgʻor texnikasi, radiotexnika, energetika, quvur ishlab chiqarishda va boshqa tarmoqlarda qoʻllaniladi.
Kompozitsion materiallar
Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qoʻydi. Fan texnikani rivojlanishi natijasida metallurgiyada xam katta oʻzgarishlar boʻlmoqda. Metall oʻrniga yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Masalan: eng yaxshi poʻlat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu kompozit yoki kompozitsion materiallardir.
Ensiklopedik materiallarga koʻra “Kompozit”ning manosini qoʻyidagicha berilgan: “Berilgan yoʻnalishi boʻyicha mustaxkamlovchisi boʻlgan metall yoki metallmas materiallar. Zamonaviy kompozitsion materiallardan biri - temirbeton”. Maʼlumki, temir-beton olishda, poʻlat armatura atrofida betonni qotiriladi. Natijada oʻziga xos monolit xosil boʻlib, beton asosan siquvchi kuchga, armatura chuzuvchi kuchga ishlaydi.
Bundan koʻrinib turibdiki, kompozit materiallarini ishlab chiqish, asos va mustaxkamlovchining yaxshi xususiyatlarini qoʻllashga moʻljallangandir.
Bunga misol tariqasida shisha plastikani olishimiz mumkin. Unda shisha ipni polimer smolasiga botiriladi. Bu material yonmaydi, oʻtda qizdirilganda xam mustaxkamligini saqlaydi, suv shimmaydi, korroziyaga chidamlidir. Bundan tashqari, mustaxkamlovchi – shisha ipi, koʻp tarqalgan organik va neorganik tolalar orasida keng qoʻllanilishi boʻyicha oldingi oʻrinda toʻradi. Asosi polimer bogʻlovchi boʻlgan kompozitlar xozircha keng tarqalgan. Bu materiallar 200 S temperaturagacha boʻlgan muxitda ishlay oladi. Kompozitsion materiallarning baʼzi turlari, masalan: uglerod bogʻlovchisi, uglerod tolali kompozitlar 2500 S gacha temperaturaga bardosh beradi. Bogʻlovchi turiga qarab kompozitlar uch xil boʻladi: polimerli, metall va keramikali. Polimerlar xaqida yuqorida aytib oʻtildi. Metallkompozitlar turiga asosan alyuminiy yoki magniy boʻlgan materiallar kirib, mustaxkamlovchi sifatida uglerodli, borli va boshqa tolalar qoʻllaniladi. Ularni ishchi temperaturasi 400-500 S. Ulardan soʻng asosan titan yoki nikel qotishmali kompozitlar turadi. Keramika turidagi karbid yoki nitrid kremniyli kompozitlarni 1700-2000 S gacha qoʻllash mumkin.
Xamma kompozitlarning farqlanuvchi tomoni shundan iboratki, ular oʻta mustaxkam, yengil va ximiyaviy chidamlidir. Alyuminiy qotishmasi bilan organik plastika bazasida qatlamli materiallar ishlab chiqildi. Uni mavjud boʻlgan alyuminiy qotishmalari bilan solishtirilganda, uni qoʻyidagi afzalliklari bor: 10-20% zichligi kam, 15-20% solishtirma mustaxkamlik yuqori, charchashdan paydo boʻladigan yoriqlarni oʻsish tezligi 10 barobar kamdir.
Material qancha yengil boʻlsa, uning zichligi kam boʻlishi maʼlumdir (bir xil mustaxkamlikda). Xisob-kitob ishlarida asosan solishtirma mustaxkamlik va bikrlik modulidan foydalaniladi, yaʼni materialning bu koʻrsatkichlari solishtirma ogʻirligiga nisbati olindi. Shuning uchun solishtirma mustaxkamlik va solishtirma bikrligi kilometrda oʻlchanadi, boshqacha qilib aytganda uzunlik oʻlchamiga egadir. Konstruksion materiallar ishlab chiqarishda fan-texnika yaxshi natijalarga erishmoqda. Agar 1940-yilda unga sifatli poʻlatning mustaxkamligi 110-130kg/mm2 boʻlsa, 1985-yilda 200-250kg/mm2 ga yetdi. Oʻta mustaxkam alyuminiy qotishmalarida uni mustaxkamligi 40kg/mm2 va 50-60kg/mm2 (mos ravishda 1940 va 1985-yillar). Oʻta past temperaturani, titrash yuklanishini, charchashdan yorilishni rivojini, korroziyani ortishi yoki kamayishi, oddiy materiallarning solishtirma mustaxkamligi va bikrligi ortishi bilan, yuqoridagi faktorlarni taʼsiri ortib boradi. Materialda teshik, xar xil kesimlar yaqinida kuchlanishlar konsentratsiyasiga sezish qobiliyati ortadi, korroziyaga chidamliligi kamayadi, yoriqlar paydo boʻlish extimoli ortadi. Boshqacha soʻz bilan aytganda mustaxkamlikni ortirilganda, ishlatish ishonchliligi kamayishi mumkin. Bunga misol tariqasida alyuminiy qotishmasi tarixiga bir nazar solsak. Maʼlumki, dyuralyuminiy – mis va magniy bilan legirlangan alyuminiy qotishmasi urushdan oldin paydo boʻlgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, unga qoʻshimcha qilib rux qushilsa, va magniy va misni foizi oʻzgartirilsa, materialning mustaxkamligi birdan ortib ketadi: yaʼni 40kg/mm2 dan 80kg/mm2 ga. Biroq bu materialning birinchi qismi zavoddan chiqmay turib yorilib keta boshladi, sabab – korroziya. Buni natijasida, keyinchalik, oʻta mustaxkam alyuminiy qotishmasi olindi. U korroziyaga chidamli, qatta yuklanishga qarshilik qobiliyati toʻla qoniqtiradi. Konstruksiyalashga moʻljallangan tolali kompozitsion materiallar
Tolali kompozitlar keng sinfli materiallar boʻlib, aniq chegaralangan xar xil ximiyaviy komponentlar xajmiy qoʻshilishi kabi boʻlib, ular materiallarga monolitlikni beradi. Ularga, masalan: shisha plastiklar, issiqdan ximoyalanish materiallari va boshqalar kiradi.
Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qo’ydi. Fan texnikani rivojlanishi natijasida metallurgiyada ham katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Metal o’rniga yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.Masalan: eng yaxshi po’lat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu kompozit yoki kompozitsion materiallardir.Ensiklopedik materiallarga ko’ra “Kompozitning” ma’nosini quyidagicha berilgan: “Berilgan yo’nalishi bo’yicha mustahkamlovchisi bo’lgan metall yoki metallmas materiallar. Zamonaviy kompozitsion materiallardan biri – temirbeton”. Ma’lumki, temir-beton olishda, po’lat armature atrofida betonni qotiriladi. Natijada o’ziga xos monolit xosil bo’lib, beton asosan siquvchi kuchga, armature chizuvchi kuchga ishlaydi.

Bundan ko’rinib turibdiki, kompozit materiallarni ishlab chiqish, asos va mustahkamlovchining yaxshi xususiyatlarini qo’llashga mo’ljallangandir.


Bunga misol tariqasida shisha plastikani olishimiz mumkin. Unda shisha ipni polimer smolasiga botiriladi. Bu material yonmaydi, o’tda qizdirilganda ham mustahkamligini saqlaydi, suv shimmaydi, korroziyaga chidamlidir. Bundan tashqari, mustahkamlovchi – shisha ipi, ko’p tarqalgan organic va neorganik tolalar orasida keng qollanilishi bo’yicha oldingi o’rinda turadi.Asosi polimer bog’lovchi bo’lgan kompozitlar xozircha keng tarqalgan. Bu materiallar 200 C temperauragacha bo’lgan muxitda ishlay oladi. Kompozitsion materiallarning ba’zi turlari, masalan: uglerod bog’lovchisi uglerod tolali kompozitlar 2500 C gacha temperaturaga bardosh beradi. Bog’lovchi turiga qarab kompozitlar uch xil bo’ladi: polimerli, metal va keramikali. Polimerlar xaqida yuqorida aytib o’tildi.
Metallkompozitlarning turiga asosan alyuminiy yoki magniy bo’lgan materiallar qirib, mustahkamlovchi sifatida uglerodli, borli va boshqa tolalar qo’llaniladi.Tibbiyot sanoatida Plastmassadan ko’plab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qo’loyoq protezlari, ortopedik qo’yilmalar, ko’z soqqasi va b. ishlatiladi. Kompozitsion materiallar turli xossalarga ega bo’lgan komponentlar aralashmasidai olinadigan sun’iy materiallardir. Komponentlardan biri matritsa (asos) bo’lsa, boshqasi mustahkamlovchi (tola, zarrachalar) hisoblanadi. Matritsa sifatida polimer, metall, kera­mika va uglerodli materiallar ishlatiladi. Mustahkamlovchi vazifasini shisha, bor, ugle­rod tolalari organik tola, ipsimon kristallar (karbidlar, boridlar, nitridlar va hoka­zolar) ning tolalari hamda mustahkamligi va bikrligi yuqori bo’lgan metall simlar uynaydi. Kompozitsiyani to’zishda uni tashkil etuvchilarning individual xossalaridan samarali foydalaniladi. Kompozitsion materiallarning xossalari komponentlar tarkibi, ularning miqdori va ular orasidagi aloqalarning mustaxkamligiga bogliq. Komponentlarning xajmiy miqdorini o’zgartirib, ishlatilishiga qarab, kerakli mustahkamlik, otashga chidamliligi, elastiklik moduliga ega bo’lgan material yoki zarur maxsus xossalarga (masalan, magnit va boshqa xossalar) ega bo’lgan kompozitsiya olish mumkin. Kompozitsion materiallardagi mustahkamlovchining hajmi 20-80% ni tashkil etadi. Matritsaning xossalari siqilish va siljishda kompozitsion materialning mustaxkamligini belgilaydi. Mustahkamlovchining xossalari kompozitsion materialning mustaxkamligi va bikrligini belgilaydi.
Kompozitsion materiallarning mustahkamligi bikrligi, otashga va issikda chidamliligi yuqori Masalan, karbovoloknitlar uchun σv = 650-1700 MPa, borvoloknitlar uchun esa σv= 900-1750 MPa ga teng. Kompozitsion materialarning zichligi 1,35 - 4,8 g/sm3 tashkil etadi. Kompozitsion materiallar mashinasozlikning ko’pgina sohalari uchun juda istiqbolli materiallar hisoblanadi.Kompozitsion materiallardan foydalanish kator hollarda detallar tayyorlashning yangi usullarini yaratish hamda mashina detalь va o’zellarini konstruktsiyalash printsipini o’zgartirishni talab qiladi.
Kompozitsion materiallar o’zaro uncha ta’sirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil bo’lmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil bo’ladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar.)ni o’zida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos bo’lmagan ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qo’shilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat bo’ladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).

Bunday materiallarni ishlab-chikishda, uzliksiz va diskeretli yarim kristal tolalar, koʻrinishidagi bor, uglerod va xar xil birikmalar (oksidlar, karbidlar, boridlar, nitridlar va boshkalar) kristallarni, yana mustaxkamlik va bikrlik moduli qiymati yuqori boʻlgan metall simlar qoʻllaniladi.


Armirlovchi toʻldiruvchilar mono-tola va jgut, sim, toʻr, ip, lenta, qogʻoz, xolst va boshqa tolali materiallar koʻrinishida boʻlib, ular metall va metallmas (polemerli, uglerodli, keramikali va boshqa) materiallar bilan qoʻshiladi.
Bikr armirlovchi tolalar, materialga yuklanish berilganda paydo boʻladigan asosiy kuchlanishni qabul qilib, tolalarni joylashish yoʻnalishi boʻyicha materialga mustaxkamlik va bikrlik beradi. Xozirgi vaqtda armirlovchi materiallarni olish uchun asosan uzluksiz shishali, uglerodli, borli, ximiyaviy tolalar va simlar qoʻllanmoqda. Shisha va organik tolalar uchun uzulguncha uzunligini ortishi (2,5-5%), uglerodli va borli tolalar uzunligini ortirishga (0,4-1,5%) nisbatan xarakterlidir. Koʻrinib turibdiki mustaxkamlik ortishiga qarab bu koʻrsatkich ortib bormoqda. Borli va keramik tolalar oʻta qattiq va temperaturani ortishi bilan mustaxkamligini kamayishiga moyil emas. Organik tolalar uchun maksimal temperatura 300 S. uglerodli tolalar neytral va tiklovchi muxitda 2200 S gacha qizdirishgacha chidamlidir, u bunda oʻz mustaxkamligini saqlaydi. Havoda esa, 450 S dan oksidlanishni boshlaydi.
Sanoatda shisha-, karbid-, bor- va organik tolalar iplarini, epoksidli va poliamid bogʻlovchilar asosida koʻp ishlatiladi, metall kompozitlarda esa borli va uglerod tolali iplarni, poʻlat, volfram va boshqa simlarni, alyuminiy, magniy, titan va boshqa bogʻlovchi materiallar asosida ishlatiladi.
Matritsalarning mexanik xossalari kompozitlarning xossalarini belgilab beradi. Masalan, tola yoʻnalishidagi surish, siqish va yuklanishdagi normal kuchlanishga chidamliligi, yana charchoqdan yemirilishga qarshiligi. Matritsalarning mustaxkamlik chegarasini va tolaning elastiklik moduli chegarasini ortishi bilan, bir xil tolalarda mustaxkamlangan kompozitlarning charchashdagi mustaxkamligi ortadi. Mustaxkamlovchi tolalar shakli, tola va matritsaning mustaxkamlik va deformatsiyalanuvchanlik tavsifi, kompozitlarning fizik-mexanik xossalari anizotropiyasini belgilaydi. Uni, tolalarning oʻzaro joylashini va miqdorini oʻzgartirib, sozlash mumkin. 1-rasmda xar xil strukturada armirlangan kompozitlarning kuchlanishi va deformatsiyasi orasidagi bogʻlanish keltirilgan. Undan koʻrinadiki, kompozit eng yuqori mustaxkamlik va bikrlikka uzluksiz tolalar oʻzaro parallel joylashganda (bunda yuklanish tola yoʻnalishi boʻyicha berilgan) erishiladi. Bu koʻrsatkich armirlovchi tolani mustaxkamlik va elastiklik moduli ortishi bilan ortib boradi.
Uglerodli tolalarda armirlangan yengil qotishmalar asosilagi kompozitsion materialni olishning ikki usuli mavjud: dastlab baryer qatlami bilan qoplangan uglerod tolalarini erkin chuktirish va suyuq eritma bilan bosim ostida majburlab chuktirish.
Plastmassalar, ularning umumiy xususiyatlari va
klassifikatsiyasi
Plastik massalar yuqorimolekulyar birikmalar polimerlar asosida olinadi. Makromolekulalar orasidagi bogʻlanish turiga bogʻliq xolda chiziqli, tarmoqlangan va toʻrsimon strukturali polimer materiallariga boʻlinadi. Chiziqli va tarmoqli strukturali materiallarga termoplastikli (termoplast), biriktirilgan strukturaliga – termoreaktivli (reaktoplast) lar kiradi. termoplastlar qizdirilganda eriydi, sovutilganda oldingi xolatiga qaytadi. Reaktoplast oʻzini yuqori ishchi temperaturasi bilan farqlanib, qizdirilganda strukturasi buzilib ketadi, sovutilgada oldingi xoliga qaytmaydi. Plastmassaning mexanikaviy pishiqligi uni toʻldiruvchisining turiga bogʻliq.
Plastmassalarning antifriksion va friksion xossalari. Bir turdagi plastmassalar – ftoroplast, poliamid, tekstolit, yogʻoch qatlamli plastik (DSP) larda ishqalanish koeffitsiyenti past va yemirilishga chidamliligi yuqori; asboplast, fenolli presskompozit (asbotolali toʻldiruvchili) da ishqalanish koeffitsiyenti yuqori.
Xamma plastmassalar – dielektrik. Plastmassalarga korroziya taʼsir etmaydi, koʻpgina plastmassalar (ftoroplastlar, polietilen, polipropilen, vinoplast, epoksid, poliefir va fenolformaldegid smolali shishaplastiklar) agressiv muxitga chidamlidir. Shisha-plastik, shisha-tekstolit, getinakslar oʻzining titrash energiyasini yutish qobiliyati bilan ajralib turadi. Issiqlikoʻtkazuvchanlik va temperatura oʻtkazuvchanligi metallarga nisbatan juda past, issiqlik sigʻimi esa yuqori.
Baʼzi shartlarni hisobga olib, konstruksion plastmassalarni uch guruxga bulish mumkin:
- past mustaxkamli, ularda chuzilishdagi buzuvchi kuchlanish (σr) 500-600 kg s/sm2 dan ortmaydi;
- oʻrta mustaxkamli: σrq600–1000 kg s/sm2;
- oʻrta mustaxkamli: σr>1000 kg s/sm2.
Plastmassadan tayyorlangan detallar fakat -60 dan Q200 S temperatura oraligʻida yaxshi ishlaydi. Faqat baʼzi bir aloxida markali plastmassalar Q350gacha ishlashi mumkin.
Plastmassalarning NV qattiqligi past boʻlib, 30 dan 600 MPa
gacha boʻladi. Plastmassa detallarining konstruksiyasining texnologiyaligiga talablar
Plastmassa detallari asosan qoʻyish, zichlash yoʻli bilan olinadi. Shuning uchun, ularni konfiguratsiyasi shaklqolipdan oson olinadigan boʻlishi kerak. Detallarni ichki va tashqi yon tomonlarida oʻyiqlar yoki burtiklar qilinmaslik kerak. Ular qolipni boʻlaklarga boʻlib qoʻllashga, konstruksiyasini murakkablashishiga olib kelmasligi kerak.
1-rasmda qoʻllanishga tavsiya etilmaydigan konstruksiyalar keltirilgan.
Detallar devorlarining minimal qiyaligi qiymatlarini, devor balandligiga nisbatan qoʻyidagicha olish mumkin:
Devor balandligi, mm 10 10-50 50-100 100-200 200
Qiyalik 1:10 1:20 1:50 1:100 1:200
Detalning ichki devorlari qiyaligini tashqi devornikidan ortiqroq qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki detal qotish jarayonida tortilishdan ichki yuzani siqib qolib, uni ajratib olishni qiyinlashtiradi. Agar konstruksiyadan imkon boʻlsa, ichki yuzani konussimon, piramidasimon va shu kabi konstruktiv shakllarida tayyorlash kerak.
Konstruktiv qiyalik qancha katta boʻlsa, detalniajratib olish shuncha oson boʻladi, yana plastmassani qotishidan xosil boʻladigan ichki kuchlanish kam boʻladi. Teshiklarni loyixalashda qoʻyidagilarga eʼtibor beriladi.
Yüklə 121,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin