mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar;
b) doktoranturaga:
5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatiga muvofiq ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar;
dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga qabul qilish har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda ta’lim olish keyingi yil boshidan boshlanadi.
O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda, tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari ilmiy rahbarlar va ilmiy konsulьtantlar (konsulьtant bo‘lgan taqdirda) ham belgilanadi.
Tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbar va ilmiy konsulьtantlar (konsulьtant tayinlangan holatlarda) to‘g‘risidagi ma’lumot Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek OAKda ro‘yxatga olinadi va «OAK Byulleteni» jurnalida chop etiladi.
Ta’lim olish. O‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab:
tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.