Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 381,6 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü381,6 Kb.
#164105
boshqarishning tashkiliy strukturasi usullari



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
 
 
“Kasb ta’limi” fakulteti KTI – 292 guruh talabasi
 Jo’rayev Abbosning
 
 
MAVZU: “ 
Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari” 
 mavzusida
 
REFERAT 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI -2015 
 


Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari. 
Reja: 
1. Boshqarishning umumdavlat maxalliy, tarmoq va o`z-o`zini boshqarish
organlari
2. Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish.
3. Vazifaviy va divizional tarkiblar.
4. Muntazam va muntazam- shtabli tashkiliy tarkib.
5. Loyihali va matritsali tashkiliy tarkiblar.
Adabiyotlar ro’yxati. 


"Tarkib" so`zi elementlar birlashuvini, ular orasidagi o`zaro munosabat va
aloqalarni bir butun tizim ekanligini anglatadi .
Menejmentning tashkiliy tarkibi deb boshqaruv idoralarining birlashuvini, ular
orasidagi o`zaro tizimlarni, firmaning oldiga qo`ygan maqsadiga erishishdagi 
zaruriy
boshqaruv vazifalarni bajarilishini taҳminlovchi, deb belgilash mumkin. SHunday
qilib, menejmentning tashkiliy tarkibi quyidagi bir kator shartlardan kelib chiqadi:
korxonalarning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalari, 
ichki
va tashki muxit omillari.
Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar aloxida ajratib ko`rsatiladi: zvenolar
(buginlar), saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar - gorizontal va vertikal.
Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan 
o`zaro
boғlangandir. Qisqacha ularning aniq tushunchasini aloxida ko`rib chiqamiz:
Zveno yoki boshqaruv bo`limi - bu tashkilotning aloxida yoki erkin boshqaruv
idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi bo`limining Ma`lum bir 
vazifasini
bajarishdir. Bo`limlar orasida o`rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega.
Menejment saviyasining bir guruh bo`limlarni boshqaruv ierarxiyasida Ma`lum
darajani egallash, deb qarash mumkin.
Tarkib inson va materiallar resurslarini, ularning o`zaro munosabatlarini 
tarkibga
solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o`lchovlaridan katҳiy nazar, yana bir
umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishishi uchun shakllantiradi.
Ammo xar boshqaruv tarkibi uziga xos xususiyatga ega, ular Ma`lum darajada
odamlar faoliyatining samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Xar bir ish beraetgan firma


uchun tarkibni tashkil qilish, uning faoliyatini yuksaltirishda muxim element
xisoblanadi.
Barcha tashkil tarkib majmuasi samarali shakllanish usulini tanlash menejment
korpusining faoliyatida xaetiy va zarur element xisoblanadi. Agar bu masala
rivojlanaetgan firma firma yoki korporatsiyalarga tegishli bulsa, ҳam, koyida
buyicha, bu kabi korporatsiyalarda vazifa bajarilishida oz bulsada tarkibini kayta
tashkil qilish masalasini echiladi.
Garbiy menjmentning tashkiliy axlok nuktai nazariga asoslangan nazariyasida
firmaning tarkibiga muxim omil sifatida qaraladi va barcha jamoa yoki uning xar 
bir
a`zosining axlokinialoxida ko`rib chikiladi. Bu nazarda tashkiliy tarkibga quyidagi
boshqaruv tushunchalari kiritiladi: javobgarlik va huquqka egalik nisbati, huquqka
egalik vakilligi, markazlashtirish va nomarkazlashtirish, javobgarlik va nazoratning
boshqaruvchanlik meҳeri, firmaning tashkiliy siesati, boshqaruv qarorlarining
modellari, umumiy va yakka tartibdagi topshiriklarni loyixalashtirish va boshkalar.
Bu erda asosan menejmentni maҳnaviy tarkibi xakida aloxida so`z boradi: U 
kanday
maqsadlarga xizmat kiladi va kanday boshqaruv jaraenlarini amalga oshiradi?
Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha.
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo`ғinlari va bosqichlari
miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va 
tushunarli
bo`lishi uning ish qobiliyati yuqori bo`lishini kafolatlaydi, ya`ni boshqaruv 
tashkiliy
tuzilmasida bosqich va bo`ғinlar qancha kam bo`lsa, boshqaruv shunchalik 
samarali
bo`ladi.


Boshqaruv bo`ғinlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil
tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo`linmalari va boshqaruv
apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`ғinlar
yiғindisidir. SHu belgisiga ko`ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko`p 
bosqichli
(ko`p bo`ғinli), uch, ikki bosqichli (bo`ғinli) bo`ladi. Bosqichlar va bo`ғinlar
o`rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Vertikal bo`ғinlar
raҳbarlarning ularga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, gorizontal 
aloqalar
boshqaruvning teng xuquqli bo`ғin va unsurlari o`rtasidagi munosabatlarni 
bildiradi.
Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga
bo`linadi. YUqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga
ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini
birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga
asoslangan ҳolda faoliyat yuritadi.
Xalq xo`jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud tashkilotlariga bo`linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot -
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi
qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi 
xaqida
xisobotni muҳokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya
tashkilotlarini shakllantiradi.
Xalq xo`jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va
maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya


tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Qoraqalpoғiston
Respublikasi Vazirlar maҳkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli
tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga 
Davlat qo`mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FTTning asosiy
yo`nalishlarini belgilash, tabiiy muҳitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga
raҳbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil etish,
narx, tariflar belgilash, xalq xo`jaligi tarmoqlariga raҳbarlik qilish kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining doimiy ish yurituvchi
tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga raҳbarlik qilish, fan- 
texnika soҳasida tanlov, ko`ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni
bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan ҳamkorlikda
mintaqada moddiy texnikaviy ta`minotning barqaror va samarali tizimini tashkil
etish, iste`molli va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni
o`rnatish, maҳsulot etkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy
texnikaviy ta`minlashda ko`mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta`minot
tashkilotlari xo`jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko`p
tarmoqli savdoni ta`minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga
raҳbarlik qiladilar.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar
manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni 
amalga
oshiradi, xo`jalik yuritish samaradorliginiso`m bilan nazorat etishni ta`minlaydi,
shirkat va individual meҳnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish
bo`yicha choralarni belgilaydi, aҳoli daromadlaridan soliq olish, bozor 
iqtisodiyotiga


mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini
moliyalashtirish tizimini o`zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida
tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy raғbatlantirish va ajratilgan 
mablaғlardan
maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy raғbatlantirish usullarini keng qo`llashni
ta`minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob
munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to`liq xo`jalik xisobi va o`z-o`zini moliya bilan
ta`minlashi asosiga o`tkaziladi.
Meҳnat va ijtimoiy masalalar bilan shuғullanuvchi davlat tashkilotlari va
ularning joylardagi bo`linmalari to`li bandlikni, band bo`lmagan meҳnat 
resurslarini
qayta tayyorlash va kasb o`rgatish, kadrlarga bo`lgan talabni qondirishni
ta`minlaydilar.
Respublika vazriliklari respublika xududidagi kontsernlar tarmoqlarni
boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka raҳbarlik
asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo`l ostidagi vazirlik va unga
qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Ґar bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muҳim masalalarini kollegial
ravishda ko`rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslaҳat tashkilotlari
tashkil etiladi. Bosh maslaҳat beruvchi tashkilot - kollegiya bo`lib, uning tarkibiga
vazir o`rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar raҳbarlari kiradi.
Xalq xo`jaligi tarmoғi tarkibida ҳam davlat, ҳam xususiy korxona, firma,
aktsioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan- 
texnika saloҳiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va


uyғunlashtirish va uyғunlashtirish asosida maҳsulot ishlab chiqarish maqsadida
tashkil etiladi. Ular xo`jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va
boshqa soҳalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy
qism bankda aloҳida balans va xisob raqamiga ega bo`lishi va ijara pudrati
bo`yicha, xususiy soҳada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond
va mablaғlarni biriktiradi, ichki xo`jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy
birliklar o`rtasidagi munozaralarni ҳal etish, shuningdek, ular o`z majburiyatlari
bo`yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan
xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J.lari nomidan
boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aktsionerlar
jamiyatlari tarkibiy birlikka o`z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma 
bo`yicha javobgar bo`lish xuquqini beradi.
Korxonani boshqarish korxona to`ғrisida qonunga asosan amalga oshiriladi. 
Bu qonunda ko`zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning ҳamda uning
tashkilotlari muҳim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda
ishtirok etish yo`li bilan amalga oshiriladigan o`z-o`zini boshqarish tamoyilidir.
Tashkiliy tuzilmalar turlari.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil boғliqlikka ega
va qonuniyatlarga bo`ysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional
turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib 
topadi.
CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`ғinlari yuqori bosqichdagi raҳbarga
bevosita bo`ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada ҳar bir xodim bitta
raҳbarga bo`ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali boғlangan bo`ladi. chiziqli
tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Ґar bir raҳbar


butun meҳnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy
qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi.
CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu
masalalar echilishi oson bo`lgan xollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof ҳolda
chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik korxonalarda
qo`llaniladi.
CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`ғinlar koordinatsiyasi puxta
bo`lmaydi. Raҳbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysnuvchi barcha
bo`ғinlar faoliyatining ҳamma tomonini qamrab olishi lozim.
Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`ғinlar va
raҳbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va
ixtisoslashuv rivojlanishi bilan boғliq ҳolda vujudga kelgan.
Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi,
lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`ғinlar soni
ortishi bilan ҳar bir bo`ғin mustaqil ravishda ҳal etuvchi masalalar doirasi torayib
boradi.
Muammoning moҳiyati ҳar bir bo`ғin o`z masalasini birinchi navbatda ҳal
qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta ҳam bo`ғin bu masalani etarli
darajada asoslangan ҳolda va to`ғri ҳal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq 
bo`lmay
qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini
kamaytiradi.
CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari
qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa
tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin


boshqaruvning quyi bo`ғinga ega ҳar bir bo`ғinida ayrim muҳim muammolar
bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli
tuzilma raҳbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini 
koordinatsiya
qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar
miqdori ko`p bo`lsa.
Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma raҳbari vazifalari ҳam
ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular
orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir.
CHiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan
bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli
bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy
bo`limi tsex boshliғiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq
berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni
yaxshilash bo`yicha va x.k. CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning 
boshqaruv
prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu
ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiҳa bo`yicha
boshqarish; matritsali struktura va boshqalar.
Loyiҳa bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi
bilan boғliq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan
korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish
uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi.
Boshqaruvning loyiҳa bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot ҳisoblanadi. Unga
yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi.
Matritsali struktura chiziqli va loyiҳa bo`yicha boshqaruv strukturalarining


birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi,
loyiҳa bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar
bo`yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab
chiqarish maҳsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur
raҳbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga qo`yilgan masalalar
maqsadli ҳal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha raҳbarning ma`suliyati
aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha raҳbarning
ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini
belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning ҳar-xil darajalari va ҳar bir
zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, 
xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini
ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.
Tashkiliy strukturalarni loyiҳalashtirish.
Menejmentning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni
tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan 
va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning ҳar bir zvenosining ishlab
chiqarish-texnik, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha
hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu
muammolarning echimi boshqaruvni
isloҳ qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning
aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali
amalga oshiriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri ҳisoblanadi.
Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlanғich, unga erishish 
esa yakuniy bosqich ҳisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob`ekti va uning


aloҳida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv
maqsadi aniq bir maxsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan ҳolda
kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.
Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo`ygan
maqsadlariga erishishga bo`ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning ҳar bir tagtizimi
o`zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega,
shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi 
. Boshqaruvning ҳar xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini 
to`ldirib turishi zarur.
Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish
ҳisoblanadi.
Maqsadlar va ularga erishish vositalari o`rtasidagi aloqalarning grafik tasviri.
Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy
maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish kerak va x.k.
Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi ҳisoblanadi, u ilmiy texnik,
ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy boғliq.
Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy strukturasiga o`tishga imkon
beradi. Bu maqsadlar, maqsad osti va rivojlanish masalalari tarkibini va
loyixalashtirayotgan boshqaruv ob`ektini faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin.
Maqsadlar daraxtini qurishda uning sifat va miqdor tavsifini to`ғri aniqlash
muҳimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo`lishining asosi
ҳisoblanadi, sifat tavsifi esa strukturali bo`linmalar (bo`lim, tsex va x.k.) turining
asosi bo`lib xizmat qiladi. loyixalashtirilayotgan tashkiliy struktura sistemasi
elementalari oldida turgan maqsad va vazifalar raҳbarlar va mutaxassislar tarkibini
asoslashga imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa strukturali bo`linmalar
ҳodimlari o`rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir.


Tashkiliy strukturani loyixalashtirishning mustaqil metodi bo`lib tashkiliy- 
iqtisodiy modellashtirish ҳisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari 
va ma`suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi.
Boshqaruv tashkiliy strukturasini shakllantirishda boshqaruv poғonalari va
zvenolari soni, chiziqli va funktsional boshqaruvning markazlashuvi darajasi,
boshqaruv bo`limi va funksiyalari tarkibi, bitta raҳbarga to`ғri keladigan
bo`ysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv sistemasida poғonalar qancha 
ko`p bo`lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish
shuncha qiyin bo`ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi
shunchalik yuqori bo`ladi. SHuning uchun boshqaruv tashkiliy strukturasini
loyixalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv poғonalari soni optimal
bo`lishiga intilish zarurdir. Har qanday tashkiliy strukturaning sifati uning
shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
sistemali yondashuv, ya`ni boshqaruv ob`ekti va organiga ta`sir qiluvchi iloji
boricha ҳamma faktorlarni ҳisobga olish;
– boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal
birligi;
– oliy raҳbarlar to`ғridan-to`ғri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning
maksimal qisqarishi;
– loyixalashtirilayotgan strukturada ҳar bir tarkibiy qismning funksiyasi
vazifasi va xuquqini to`ғri aniqlash;
– boshqaruv sistemasidagi o`zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;
– ҳar bir aniq xolat bo`yicha qaysi bo`linmada axborot ko`p bo`lsa shu savolni
echish bo`yicha bo`linmaga vakolat berish.
Boshqaruv apparati strukturasiga asosiy talab uning operativligidadir.
Apparat strukturasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo`lishi kerakki


boshqaruv sistemasida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Operativlik
bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga boғliqdir. Bu degani boshqaruv
apparati axborot uzatishning to`ғriligiga kafolat berish uzatilayotgan
ma`lumotlarning buzilishiga yo`l qo`ymasligi kerak, boshqaruv sistemasida
aloqaninguzluksizligini ta`minlash kerak.
Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini ta`minlashi kerak. Buning ma`nosi
shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo`lgan
xarajatlarning minimalligi orqali erishilsin.
Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o`zi, uning tarmoqli
xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan maҳsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi,
ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jixozlanganlik va meҳnat jarayoni 
darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va
avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular meҳnatining samaradorligi
bo`ysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish
imkoniyatlari o`rtasidagi boғliqlik ta`sir ko`rsatadi.
SHunday qilib, tashkiliy tarkibga umumiy tavsif berib, uning aҳamiyatini
belgilovchi bir necha kiidalarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1. Firmaning tashkil tarkibi menejmentning barcha avzifalarini muvofiklashuvini
taҳminlaydi.
2. Tashkiliy tarkib boshqaruv saviyasining huquq va javobgarliklarini anik 
belgilaydi.
3. Tashkiliy tarkibga firmaning samarali faoliyati, uning davomiy rivojlanishi
bevosita boshlikning vazifasidir.
4. Firmada kabul uilingan tartib xizmatchilarining tashkiliy axloklarini belgilaydi
shu bilan menejmentning uslubi va jamoaning sifatini aniklaydi.
Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega.


- Gorizontal turkumlanishining yukori darajali boskichi.
- Mustaxkam munosabatlarga ko`ra aloqa.
- CHeklangan majburiyatlar.
- Rasmiyatchilikning yukori darajasi.
- Rasmiylashgan aloqa yo`llarining shakllari.
Markazlashgan qaror kabul qilish.
- Tengsiz taksimlanishining kuyi boskichi (vertikal va gorizontal buyicha) 
ҳamkorlik.
- Soddalashtirilgan majburiyatlar (zarurati bulgan sari).
- SHakllanishning kuyi boskichi.
- Norasmiy aloqa yo`llari.
- Qaror kabul qilishning nomarkazlashuvi.
Biz ularni keyingi mavzularda batafsil ko`rib chiqamiz. Fakat ikkita 
umumlashgan
tashkiliy tarkibning turkumlashuviga tuxtab utamiz.
Birinchi bulinish: rasmiy va norasmy tashkiliy tarkib. Firmaning rasmiy 
tashkiliy
tarkibi - bu oliy menejment tomonidan zaruriy tashkily bir qaror va vakolatlari
taksimlash yo`li bilan tanlangan va o`rnatilgan asosiy tarkibidir.
Norasmiy tarkib - bu qaror va buyruklarga buysunamaydi. Uning jamoa
a`zolari urtasidagi munosabatlari, (dunega keladi) ularning dune qarashlarining
qarama-qarshiligi yoki maqsadlarining birligi asosida dunega keladi. Norasmiy 
tarkib
shaxslar orasidagi munosabatni rasmiy tarkib doirasida aks ettirilishidir. Ushbu
kullanmada fakat rasmiy tashkiliy tarkib ukib urganiladi.
Tashkiliy tarkibning rasmiy turida mukammalrok tuxtalib utamiz.
Boshqaruvning mexanik va tashkiliy tarkibi mavjud. Xar xil darajadagi aniklangan


barcha Ma`lum boshqaruv tarkiblarning keltirilgan nomi biror turga kiritilishi
mumkin. Bu kabi taksimlash asosida tashkiliy tarkibning ichki qismlarini inobatga
olib ular asosida ko`rilish moxiyatini aniklash mumkin bo`ladi. Bu tomonga 
tashkiliy tarkib quyidagi uchta qismning birlashuvi kabi aniklanadi: murakkablik
rasmiylik va markazlanish.
Birinchi qism - murakkablik, - xar xil turdagi boshqaruv faoliyatini bir
tyokis taksimlamaslik darajasini bildiradi, shu jumladan, uning vazifalarini ҳam.
Notekis taksimlanish qanchalik yukori darajada bulsa, firmaning tashkiliy tarkibi
shunchalik murakkab bo`ladi.
Ikkinchi qism - rasmiyatchilik,-boshqaruv qoida va muolajalarining bir
turdagi darajasi bilan aniklanadi. Tarkib shunchalik rasmiylashgan bo`ladi, 
kachonki unda yukori o`rnatilgan kup sonli qoida va muolajalar xukm sursa.
Uchinchi ko`rsatkich -firmaning tashkiliy tarkibi,- bu boshqarishning
markazlanish darajasidir. Umenejmentning qaysi saviyasida qarorlar kabul 
kilinishiga boglik.
Amaliyotda ko`rsatilgan qismlarning bir necha birlashish turlari mavjud bulishi
mumkin, ular turli-tuman Ma`lum boshqaruv tarkibini yuzaga keltiradi. Masalan,
katta korporatsiyada murakkablikni erkin ko`rinishiga ega bulgan tarkib yoki
boshqaruvning kattik shakli bulishi mumkin. (Markazlashuvining yukori darajasi).
Aksincha o’ta oddiy tashkiliy tarkiblar, ostidagilarining erkin faoliyat shakllari 
bilan.
Ularning barchasi ko`rsatilgan qismlarning nomoen bulish darajasi asosida
ikkita guruxga bulinadi - mexanik va organik tarkibga.
Mexanik tashkiliy tarkib kup sonli bulinmalar (vertikal buyicha) xisobiga
murakkablik; (bilan tavsiflanadi) rasmiylikni yukori darajasi cheklangan axborot
tarmogi, boshqaruvning barcha xodimlarini qarorlar kabul kilinishda kuyi saviyasi
bilan tavsiflanadi.


 Organik tarkib - ayniksa, oddiyrok, keng axborot tarmogiga ega va kamrok
rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan.
YUkori berilgan chizma va tavsiflar ko`rib chikilaetgan turdagi tarkiblarni
qarama-qarshi moxiyatni ochik-oydin namoyish etadi.
SHunday kilib, mexanik tarkib kattik ierarxik yoki piramida boshqaruvi
sifatida namoen va unga nisbatan aksincha, organik tarkib boshqaruvining
egiluvchan va kunikuvchan shaklidir. Uning uchun boshqaruvni kam sonli
saviyasi, koyidalar va tavsifnomalar, past saviyalarda qaror kabul qilishda katta
erkinlik tavsiflidir. Organik tarkib boshqaruvida munosabatlarning shakli va usuli 
sherikchilik, munozaralik (mexanik tarkibda bu qaror va tavsifnomalar), 
menejerlik korpusidagi umum ta’lim tayyorgarligining yukori darajadaligi.
Adabiyotlarda mexanik tartib uchun yana bir termin (atama) mavjud - bu
byurokratiklik. Tabiiyki, u uziga tula tuplam, salbiy tavsiflarni uz ichiga olmaydi.
Ma`lumki, nemets sotsiologi M. Veber uz kulezmalarini menejmentning bu 
modeliga
bagishlangan. (XXasr boshlarida), chunki u buni mukammal deb xisoblangan edi.
U quyidagi uchta maqsadda ishlagan edi:
1.Isteҳmolchining talabini kondirish uchun.
2.Isteҳmolchiga teng sharoit yaratish uchun.
3.Boshqaruv qarorlarini foydaliligini va samaradorligini oshirish uchun.
M. Veber va uning shogirdlari kuyilgan maqsadga u yoki bu raxbarni qaror
kabul qilishda shaxsiylik ta`sirini eng kam mikdoriga etkazish xisobiga erishiladi, 
deb bilar edilar.
Mukammal yoki demokratik tarkib - bu Veber tomonidan taklif kilingan,
sungra nafakat ishlab chiqarishda, balki jamoa tashkilotlariga keng tarkaldi va uz
tarkibiga quyidagi tavsiflarni oladi: mexnatni ixtisoslashuvi, kul ostidagilarni
mansabiga qarab buysunishi, anik belgilangan majburiyatlar va javobgarliklar,


o`rnatilgan tartib va muolajalar tizimining munosabatlarini egasizlantirmok, xizmat
zinasidan xizmatchining malaka asosida kutarilishi, xokimlikni markazlashishi,
ezma xisobotlar. Ko`rinib turibdiki, tashkilotni byurokratik tarkibining ҳamma
belgilari yukorida keltirilgan boshqaruvning mexanik tarkibining tavsifiga tugri 
keladi.
Menejmentda bu model yarim asrdan kup davrida ustuvorlik kilib kelgan. 
YAqin- 
yaqinlargacha, keng tarkalgan firmalarning tashkiliy tartib turlarini kup yoki oz
darajada u uzida birlashtirilgan: vazifaviy, muntazam, muntazam-shtabli, 
divizional.
Bu tarkiblar jamiyatning industrial tarakkietini jonlantirib ko`rsatadi.
Ammo sungi ikki un yillikda tarakkiet topgan davlatlarni jamoat ishlab
chiqarishlari yangi, axborotli boskichga kadam kuydi va Garbiy menejment uz
tarkibini sezilarli darajada kayta ko`ra boshladi, bu kabi kayta kurashlar sifat
tavsifiga egadirlar. Kuplab firma va korporatsiyalar kuchayib ketgan rakobat
kurashi sharoitida yashash kobiliyatini saklab kolish uchun uz strategiyasini va 
tarkibini uzgartiradilar.
Kuprok dikkat eҳtiborga organik tarkib tugri egalik kilmokda. Bu matrik, 
dasturli -
maqsadli, loyixali, yangi boshqaruv modellari - venchurli, innovatsion, brigadali va
boshkalar. Xar ikki turdagi tashkiliy tarkibni taxliliga natija yasab, ya`ni mexanik
va organik tarkiblarini bitta eng muxim bulinish nomida aks etgan asosini ajratib
ko`rsatish mumkin, - bu ularning xarakat prinsipidir. Mexanik tarkiblar yaxshi
ishlaetgan mashinada mexanizmga uxshab ishlaydi. Boshka turdagi tarkib,
"organik" degan nomini tirik materiya kletka faoliyatiga uxshashligidir.
Mashinaning ishi qanchalik samarali bulmasin, tirik kletka faoliyati xech kanday
gumon yukki, maxsuldordir. SHuning uchun organik tarkiblarni firma faoliyatiga 


 kirgizish muammolariga zamonaviy menejerlar katta eҳtibor qaratmokdalar.
Boshqaruvi norasmiy tarkibga ega tashkilotlar uz xizmatchilariga katta erkinliklar 
yaratadilar, shunday ekan, xar bir inson uzi uchun kerakli axlok tanlashda katta
imkoniyatga egadir.
Mexanik turdagi tashkiliy tarkibni katta qismini ikki toifaga bulish mumkin:
vazifaviy va divizional tarkibiga.
Vazifaviy tarkib eskidan tanish va kuprok ishlatilib kelingan tarkibdir. Uni
ananaviy yoki klassik deb aytadilar. Bu turdagi tarkib boshqaruvni
departamentlashtirish (taksimlash) natijasida kelib chikkandir. Uni elementlarga
(bo`limlar), ya`ni ularning xar biri boshqaruvda uzining anik vazifasiga ega, uziga
buyurilgan vazifani bajaradi. Vazifaviy tarkib boshqaruvning ustuvorligi
quyidagilardan iborat:
1. Bu kabi tarkib ishbilarmonlik va mutaxassislik ixtisoslashuvini
ragbatlantiradi. Masalan, Marketing buyicha bu soxadagi mutaxassis ishini oliy
raxbarlikka qaraganda yaxshi bajaradi.
2. Vazifaviy soxalarning muvofiklashuvini yaxshilaydi. Xizmatchilar bu
tizimda uzi kunikadilar.
3.Xarakatlarning takrorlashishini pasaytiradi yoki butunlay bartaraf kiladi va
materiallar resurslar sarfini kamaytiradi.
Vazifaviy tarkibning kamchiliklari:
1. Vazifaviy bo`limlar uz faoliyati davomida firmaning umumiy maqsadidan
chetlashishlari mumkin, chunki ular uzlarining ichki masalalarini amalga 
oshirishga
kizikadilar. Bu esa bo`limlar orasida o`zaro kelishmovchilikni keltirib chiqaradilar.
2. Katta tashkilotlarda buyruklar zanjiri (tizimi) raxbardan to bajaruvchiga etib
kelguncha ancha uzok vakt ketadi va shu sababli samarasiz bulib koladi.


 3. Bo`limlardan birortasi ҳam tashkilotning ish natijalariga qarab javob
bermaydi.
Tashkilotni turiga qarab (ishlab chiqarish, savdo va boshkalar) vazifa
bajaruvchi bo`limlar uzlarining maҳnaviy tomonlariga qarab xar turli bulishlari
mumkin 




Adabiyotlar : 
1. G’ulomov S.S. “ Menejment asoslari” O’quv qo’llanma.
– T.: ToshDIU, 2006 yil.
2. Sharifxo’jaev M, Abdullaev Y. “ Menejment”. Darslik – T.:
O’qituvchi. 2002 yil.
3. Kosimov F.M. “Menejment”: Oliy o’quv yurtlari uchun 
darslik T.: O’zbekiston, 2002 yil. 
4.Abdullayev Y. To’laganova Sh. “Menejment va marketing 
asoslari” T.: TMI 2006 yil. 

Yüklə 381,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin