NDS va FS oralig’idagi suv hajmi suv omborining foydali hajmi deb ataladi. FS dan quyidagi hajm suv oqimini rostlashda bevosita ishlatilmaydigan o’lik hajmdir. Bu hajm suv omboridan foydalanishning umumiy muddati davomida cho’kindilarning yig’ilishini inobatga olib tayinlanadi. Ba‘zan o’lik hajm gidroelektrostantsiyalar turbinalarining ishini ta‘minlash shartlari asosida ham qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari o’lik hajmdagi suv havzadagi o’simlik dunyosi va suv mavjudotlarining (masalan, baliqlarning) faoliyat ko’rsatishi uchun ham kerakdir.
7.2-расм. Сув омборининг асосий параметрлари
JDS va NDS lar oralig’idagi suv hajmi zahira hajm deb ataladi. Suv omborining NDS dagi to’la hajmi foydali va o’lik hajmlar yig’indisiga tengdir. Foydali, o’lik va zahira hajmlar yig’indisi suv omborining JDS dagi to’la hajmi deyiladi.
7.3-rasm. Suv ombori hajmining statik egri chizig’i grafiki
Suv omboridagi suv hajmining o’zgarishini baholash uchun planimetrik usulda suv yuzasi (S) bilan chuqurlik belgilari (Z) orasidagi bog’lanishning egri chizig’i qurib olinadi. So’ngra, ushbu grafikga suv hajmi bilan chuqurlik orasidagi V = f(Z) bog’lanish tushuriladi. Bu grafik (7.3-rasm) «suv ombori hajmining statik egri chizig’I» grafigi deb ataladi.