8.2. Markazdan qochma nasosning tuzilishi va ishlash xususiyatlari
Markazdan qochma nasosning asosiy qismlariga ishchi g’ildirak, val, kirish quvuri va suyuqlikni olib ketuvchi spiral kamera kiradi. Ishchi g’ildirak bir-biridan ma‘lum masofada joylashadigan ikkita diskdan va ular orasida joylashadigan kuraklardan tashkil topadi. Kuraklar aylanish yo’nalishiga teskari tomonga biroz egilgan bo’ladi. Kuraklar soni g’ildirakning o’lchamlari va aylanishlar soniga bog’liq holda konstruktsiyalanadi.
Ishchi g’ildiraklar soni bo’yicha nasoslar bir pog’onali va ko’p pog’onali turlarga bo’linadi. Suyuqlik ishchi g’ildirakga uning bir tarafidan yoki ikkala tarafidan uzatilishi mumkin. 8.1-rasmda meliorativ tizimlarda keng qo’llaniladigan markazdan qochma nasosning sxematik tuzilishi ko’rsatilgan. Bu sxemadagi nasosda suyuqlik ishchi g’ildirakga uning bir tarafidan kirib keladi. Shuni eslatib o’tish lozimki, markazdan qochma nasoslarning ishlashi uchun ulardagi spiralsimon ish qurilmasi (kamera) va so’rish quvuri suvga to’ldirilgan bo’lishi kerak.
G’ildirakning aylanishi jarayonida kuraklar orasidagi elementar m massali suyuqlikda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan markazdan qochma kuch o’yg’otiladi:
Fm = m ,
bu yerda - valning burchak tezligi, - val o’qidan elementar hajmgacha bo’lgan masofa.
Markazdan qochma kuch ta‘sirida suyuqlik g’ildirak markazidan kuraklar bo’yicha g’ildirak gardishlari tomonga siljiy boshlaydi. Keyin u olib ketish kamerasiga tushadi, bu yerda esa tezlikning kamayishi hisobiga bosim ortadi. Bu bosim ta‘sirida suyuqlik bosim quvuri tomonga harakatlana boshlaydi.
8.1-rasm. Markazdan qochma nasosning sxematik tuzilishi: 1 – ishchi g’ildirak; 2 – kuraklar; 3 – val; 4 – spiralsimon ish kamerasi; 5 – so’rish konfuzori; 6 – so’rish quvuri; 7 – bosim diffuzori; 8 – bosim quvuri.
Dostları ilə paylaş: |