Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə37/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

Napor «Н» bo’yicha:

1. Past naporli – Н < 20 m

2. O’rta naporli – Н = 21 – 60 m

3. Yuqori naporli - Н > 60 m.

Nasos stantsiyasi tarkibiga umumiy holda quyidagi inshootlar va asosiy qurilmalar kirishi mumkin: suv olish inshooti, suv uzatish inshooti, avankamera, suv qabul qilish inshooti, so’rish quvurlari, nasos stantsiyasi binosi, bosimli quvurlar, suv chiqarish inshooti, bosim havzasi, suv olib ketish kanali.

Nasos stantsiyasining asosiy jihozi – nasoslar elekt yoki ichki yonuv dvigatellari yordamida ishlatilishi mumkin. Hozirgi paytda asosan elektr dvigatelli markazdan qochma va o’qiy nasoslar ko’proq ishlatiladi.

Nasos stantsiyalari suv sarfi va sifatini nazorat qiluvchi gidrotexnik qurilmalar bilan ham ta‘minlanadi. Ularga zatvorlar, oqiziqlarni ushlab qoluvchi panjaralar, to’rlar va boshqalar kiradi. O’rta, yirik va noyob zamonaviy nasos stantsiyalarida avtomatika elementlari ham mavjud bo’ladi.

Nasos stantsiyasi binosining planda joylashuviga ko’ra NS suv o’zani qirg’og’ida yoki derivatsion kanalga bog’langan holda o’zandan uzoqda barpo etiladigan turlarga bo’linadi.

Balandlik ko’rsatkichlari bo’yicha NS yer ustida, yer ostida yoki yerga yarim kirgan holda joylashuvi mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin