8.4. Nasos stantsiyalarining tarkibiy qismlari Suv olish inshooti nasosga olinadigan suv sarfini kafolatlash uchun barpo etiladi. Bu inshoot odatda zatvorlar bilan ta‘minlanadi. Bundan tashqari suv olish inshootida oqiziqlar va baliqlarni nasoslarga o’tkazmaydigan qurilmalar ham bo’lishi lozim.
Suv uzatish inshootiochiq kanal yoki yopiq quvur ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu inshoot derivatsion sxema bo’yicha ishlaydigan stantsiyalar tarkibida quriladi. Suv uzatish inshootining o’lchamlari gidravlik hisoblar asosida tayinlanadi.
Avankamera suv uzatish inshootini suv qabul qilish inshooti bilan bog’lovchi qismdir. Suv qabul qilish inshooti odatda suv uzatish inshootidan kengroq va chuqurroq bo’ladi. Shu sababli, avankamera kesimi suv qabul qilish inshooti tarfga qarab kengayib va chuqurlashib boradi. Suv qabul qilish inshootida nasoslarning me‘yorlar darajasida so’rish imkoniyatlari ta‘minlanadi. Suv nasoslarga so’rish quvurlari yordamida uzatiladi. So’rish quvurlarining kallagi teskari klapanli to’r bilan ta‘minlangan bo’lishi mumkin.