Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


O’zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirishning



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə46/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

9.4. O’zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirishning

istiqboldagi vazifalari
Hozirgi paytda respublikamizda yildan-yilga elektr energiyani iste‘mol qilish miqdori oshib bormoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining aksariyat qismi (85%) issiqlik elektr stantsiyalari orqali amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda, bugungi kunda 31 ta GES tomonidan umumiy elektr energiyasining 15 % ga yaqini ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan bir qatorda respublika suv xo’jaligi tizimi inshootlarida yiliga 8 mlrd kVt – soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida 1995 yilda respublikamiz hukumatining «O’zbekiston respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish Dasturi», «Suv omborlari, irrigatsiya kanallari va kichik daryolar gidroenergetik potentsialidan mukammal foydalanish asosida kichik gidroenergetikani rivojlantirish kontseptsiyasi» va «2010 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda elektroenergetikani rivojlantirish kontseptsiyasi» qabul qilindi. Bu dastur va kontseptsiyalarga ko’ra respublikamizda umumiy quvvati 422,8 MVt bo’lgan 14 ta birinchi navbatdagi gidroelektr stantsiyalarini qurish mo’ljallangan.

O’zbekistonda kichik va o’rta quvvatli gidroelektrostantsiya (GES) lar va (GAES) larni qurish va ulardan keng ko’lamda foydalanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bunday stantsiyalarni birinchi navbatda mavjud suv omborlari tarkibida, shuningdek tog’li hududlardagi irrigatsiya tarmoqlarida barpo etish maqsadga muvofiqdir.

GAES o’zining ish jarayonida nasos stantsiyasi va GES funktsiyalarini bajaradi. Kichiq yuklanishlar soatlarida (asosan tunda) GAES nasos stantsiyasi tartibida ishlab, quyi b‘efdagi maxsus havzada yig’ilgan suvni yuqori b‘efga ko’tarib beradi va bu bilan GAES ning GES tartibida ishlashi uchun qo’shimcha napor va suv sarfini hosil qiladi. Bunda GAES dagi nasoslarda nisbatan o’zgarmas quvvat bilan ishlaydigan issiqlik va boshqa stantsiyalarning elektr energiyasidan foydalaniladi.



GES va GAES larning quvvati va ish tartiblarini tez boshqarish (rostlash) mumkin. Ularda gidroagregatni qo’shish, sinxronlash va yuklanish olish uchun 1...2 daqiqa yetarli. GES va GAES larni kunlik rostlash orqali ularning energotizim yuklanishi maksimumini qoplashdagi qatnashuvini oshirib, boshqa elektr stantsiyalari quvvatiga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin