V. Fan o’qitilishgining natijalari
Sifat tushunchasi va raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriyalari, sifatni ta’minlashning iqtisodiyotdagi o’rni, sifatni ta’minlashda xorij tajribasi, yalpi sifat borshqaruvi (TQM)ning maqsadi, sifatni boshqarishning tashkiliy-xuquqiy asoslari va uning vazifalari tug’risida tasavvurga ega bo’lishi;
Sifatni baholash usullarini qo’llash, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni hisoblash‚ ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, ishlab chiqarishni takomillashtirish, sifatni oshirishning texnikaviy asoslarini yarata bilish, meyoriy xujjatlar, iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish bo’yicha ISO tashkiloti, ISO 9000-2000 seriyasidagt standartlarni tadbiq etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Sifatni baholash, statistic usullar‚sifatni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash, standartlashtirishni amalga oshirish, meyoriy xujjatlar, asosiy talablarni shakllantirilishi, xalqaro standartlarni tadbiq etish, davlatlararo savdo aloqalarini yulga quyish kunikmalariga ega bo’lishi kerak.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Dostları ilə paylaş: |