I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad — talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning afzalligini, sifat menejmenti fanini tarixi, dozarbligi va tovarlar sifatini baholash, uning tashkiliy-xuquqiy asolari kabilardan iborat mos bilimga, kunikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - bozorda sifat va raqobatbardoshlikning O’zaro bog’liqligini o’rganish; sifat kategoriyasi va uning tarixini, mahsulot sifati darajasini baholashni; sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlarini; sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyatini; mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasini; mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlarini; mahsulot sifati darajasini baholashni; mahsulot sifatini nazorat qilishni; sifatni boshqarishda ISO 9000 xalqaro standartlarni; mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyatini; mahsulotni sertifikatsiyalashni; sertifikatlash sistemasining turlarini o’rgatishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-sifat tushunchasi va raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriyalarini o’rganish,
-sifatni ta’minlashning iqtisodiyotdagi o’rni, sifatni ta’minlashda xorij tajribasini o’rganish,
-yalpi sifat borshqaruvi (TQM)ning maqsadi, sifatni boshqarishning tashkiliy-xuquqiy asoslari va uning vazifalari tug’risida tasavvurga ega bo’lish,
-boshqaruv mehnatini ilmiy amaliy tashkil etishni o’rganish:
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu: Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. Sifat — XXI asr busag’asida raqobatning umumjaxon maydoni. Ilmiy — texnik taraqqiyot va evropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “Yapon mo’jizasi” ning yuzaga kelishi. Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi. Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi. Texnologiyalar evolyusiyasi va sifat tushunchasi. 100% lik yangi sifat siyosati.
2-mavzu:Sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirishning tarixi. Sifat tushunchasi. Sifat boshqarish borasidagi zamonaviy fan asoschilaridan Uilyam edvard Deming, Valter Shuxart, J. Xarrington yondashuvi. Sifat tushunchasining tarixi. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi. Sertifikatlashtirish soxasidagi atama va ta’riflar. Sertifikatlashtirish. Muvofiqlik. Muvofiqlikni — attestatsiyasi. Majburiy — sertifikatlashtirish. Ixtiyoriy — sertifikatlashtirish. Akkreditatsiya