Qashqadaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi



Yüklə 289,43 Kb.
səhifə1/9
tarix09.06.2023
ölçüsü289,43 Kb.
#127520
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
40-maktab bayonnoma



Qashqadaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi
Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
40-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma

BAYONNOMALARI

Shahrisabz tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № 2
“02” oktabr 2022 yil Shahrisabz tumani


Yig‘ilish raisi: I.Eshonqulova
Kotibi: L.Nurova
Qatnashdilar: Metodbirlashma a’zolari
Kun tartibidagi masalalar
1. Maktabda o’tkazilgan “Sentabr – boshlang’ich ta’lim fan oyli”gi yakuni .
2. 1-2-3 – sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi va matematika fanlarining MO’D asosida o’qitilishi .
3.Ta’limga oid yangiliklar.
Eshitildi
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Salimov so‘zga chiqib metodbirlashma a’zolarining 2022-2023-o‘quv yili uchun tuzgan yillik taqvim rejalari to‘g‘risida gapirdi.
2-masala yuzasidan ham metodbirlashma rahbari so‘zladi. U o’z so‘zida shunday dedi:

  • Boshlangʻich sinflardagi ona tili va oʻqish fanlari birlashtirilib, yagona Ona tili va oʻqish savodxonligi fani joriy etilmoqda.

  • Buning sababi har ikki fanning maqsad va vazifasi mohiyatan bir ekanidir.

  • Endi o‘quvchi bir vaqtning oʻzida muayyan turdagi matnni mutolaa qilib oʻqish texnikasini egallashi va shu matn tarkibidagi til birliklarini oʻzlashtirib borishi mumkin.

  • Ikki fanning birlashtirilishi oʻqituvchining umumiy soat yuklamasiga taʼsir etmaydi.

  • Kommunikativ yondashuv – tilni amaliy qoʻllash.

  • O‘quvchini nutqiy vaziyatlarga tayyorlash.

  • Vaziyatlarda tildan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

  • Amaldagi Ona tilini oʻqitish metodlari eskirgan.

  • Zamonaviy bolalarning dunyoqarashi va taʼlimiy ehtiyojlariga mos emas.

  • Oʻquvchida ona tilini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqni oshirmaydi.

  • Bu oʻquvchi nutqining yaxshi rivojlanmasligiga, oʻz fikrini erkin va ravon ifodalay olmasligiga sabab boʻladi.

  • Maktabni bitirgan oʻquvchi fanga doir qoidalari yaxshi bilsa-da, oʻz milliy tilidan samarali foydalana olmaydi.

  • Bitiruvchi kelajakda qaysi soha mutaxassisiga aylanmasin, oʻz tilida ravon soʻzlaydi va yozadi;

  • Davlat tilida ish yuritishga qiynalmaydi;

  • Ilmiy va ommabop matnlarni tushunadi hamda yoza oladi;

  • Vaziyatlarni teran mulohazakorlik bilan baholaydi;

  • Muammolarga ijodiy yondashgan holda yechim izlaydi.

3- masala yuzasidan ham metodbirlashma rahbari so‘zladi. U o’z so‘zida shunday dedi: -Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i 2- ilovasiga muvofiq maktablarda sentabr oyi boshlang‘ich ta’lim fan oyligi etib belgilandi. Shunga asosan fan oyligida o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Barcha o‘qituvchilar anashu belgilangan rejalar asosida ish olib borib,fan oyligini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shadi deb o‘ylayman.
Shundan so‘ng I.Eshonqulova o‘qituvchilarni fan oyligida o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.O‘qituvchilar ham fan oyligini o‘tkazish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan N.Usmonova so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida ,,Ustoz-shogird” yo‘nalishidagi ishlarni tashkil etish kerakligi to‘g‘risida gapirdi.Yosh o‘qituvchilarga murabbiylar birkitish, ularga muntazam metodik yordam berib borish lozimligini aytdi.2022-2023-o‘quv yilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ish boshlagan D.Baxtiyorovaga ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog N.Usmonova ustoz qilib berkitildi.
Yuqoridagi bildirilgan fikr,taklif va mulohazalarga asoslanib yig‘ilish qaror qiladi.

Yüklə 289,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin