Chimboy tumani 36-sonli XTB ga qarashli 36-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o’zbek tili metodbirlashmasining majlis
BAYONNOMASI
12. III. 2020 yil Chimboy tumani
Qatnashdilar:
Metodbirlashma rahbari L. Kosimbetova O`TIBDM P.Uzakov,
Kotiba K.Kosimbetova A.Primbetova
K. Dosjanova
O’zbek tili o’qituvchilari
KUN TARTIBI:
1.Kojamuratova Ulbosinning 7a-sinfda ”Adabiyot muzeyida. Fe’l yasovchi qo`shimchalarning qo`llanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi tahlili
2. Kojamuratova Ulbosinning 7b-sinfda ”Amir Temur. Buyruq-istak maylidagi fe’llarning tuslanishi va qo`llanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi tahlili
3.Kojamuratova Ulbosinning 6v-sinfda ”Navro`z udumlari. Yaqin va o`tgan zamon fe’llari, ularning tuslanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi tahlili
Eshitildi:
Metodbirlashma rahbari L. Kosimbetova kun tartibidagi masalani e’lon qildi. O`zbek tili fani o`qituvchisi Kojamuratova Ulbosinning o`tgan ochiq darslariga o`z fikrini bildirdi.
So’zga chiqdilar:
1. O`TIBDM P.Uzakov so`zga chiqib, U. Kojamuratovaning 4-mart kuni 7a-sinfida ” ”Adabiyot muzeyida. Fe’l yasovchi qo`shimchalarning qo`llanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi haqida, tajribali pedagogning talabchanligi, dars jihozlari, o`quvchilar bilan muomalasi haqida gapirdi. O`quvchilar 2 guruhga ajratildi, ”Navoiy” va ”Foniy” deb nomlandi. Uyga vazifani ”Tezkor savollar” usulida so`radi. Yangi nutqiy mavzu bayonida slaydlardan, ko`rgazmali qurollardan foydalandi va Navoiy haqida videolavha namoyish etildi. Qo`shimcha ma’lumotlardan foydalandi. Dars jarayonida interfaol usullardan o`rinli foydalandi. ”A. Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi” haqida keng ma’lumot berildi va kutubxonaning ichki xonalari rasmlari, A.Navoiyga atab o`rnatilgan Toshkent, Samarqand, Navoiy, Boku, Moskva, Vashington, Ashxobod, Tokio shaharlaridagi haykallari rasmlari, u bilan bog`liq joylar teatr va metro bekati monitor orqali ko`rsatildi. O`quvchilar darsga faol qatnashdi O`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun ”Mosini top”, ”T” chizmasi, ”Zanjir” usuli, Navoiy ijodiga bog`liq ”Boshqotirma” lardan foydalandi. Yangi va o`tilgan mavzular yuzasidan dars jarayonida qo`llanilgan bu usullar va taqdimotlar o`quvchilarning darsga qiziqishi va faolligini oshirdi.
2. Ekspert guruhi a’zosi A. Primbetova o`z so`zida Kojamuratova Ulbosinning 6-mart kuni 7b-sinfda ”Amir Temur. Buyruq-istak maylidagi fe’llarning tuslanishi va qo`llanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi haqida aytib o`tdi, o`quvhilar ”Bo`lishli fe’llar” va ”Bo`lishsiz fe’llar” deb nomlanib, guruhlarga ajratildi. Dars jarayonida yangi pedtexnologiyalardan, ko`rgazmali qurollardan o`rinli foydalanganligini aytdi. Yangi mavzu Sohibqiron Amir Temurning buyuk ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar, monitor orqali buyuk allomaning salobatli haykallari ko`rsatildi, kichik videolavha namoyish etildi. Darslik bilan ishlashdi, grammatik qoidaga oid slaydlar namoyish qilindi, mashqlar va topshiriqlar yozma va og`zaki tarzlarda bajarildi. Mustahkamlashda ”Tezkor savol-javoblar”, Zanjir”, Blits-so`rovnoma” usullaridan foydalandi. O`quvchilarning bilimlari maxsus baholash kartochkalari yordamida rag`batlantirildi. O`quvchilarni yakka usulda ham baholadi. O`tilgan mavzu yuzasidan ”Assisment” usuli qo`llaniladi va o`quvchilarning javoblari e’lon qilindi, Baholari eshittirildi. U. Kojamuratovaning ish tajribasini yosh pedagoglarga o`rganishni tavsiya qilinsa bo`ladi.
3. Ekspert guruhi a’zosi K.Dosjanova o`z so`zida Kojamuratova Ulbosinning 9-mart kuni 6v-sinfda 6v-sinfda ”Navro`z udumlari. Yaqin va o`tgan zamon fe’llari, ularning tuslanishi” mavzusida o`tgan ochiq darsi haqida aytib o`tdi, o`quvhchilar 2 guruhga ajratildi va ”Navro`z” hamda ”Bahor” deb nomlandi. Dars jarayonida interfaol usullardan, AKTdan samarali foydalanganligini aytdi. Xalqimizning milliy bayrami haqida keng ma’lumotlar berildi, o`quvchilarning fikrlari tinglandi. Navro`z udumlari, milliy taomlarimiz va urf-odatlarimizga oid videolavhalar, rasmlar, grammatik mavzuga oid slaydlar namoyish etildi. Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar bajarildi, ”Yomg`ir tomchilari” usulida bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar hosil qilindi. Har bir topshiriqqa mos tanlangan iterfaol usullar o`quvchilarning darsga qiziqishida va faolligida o`z samarasini berdi. O`quvchilar ongida milliy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmatning ortishi va o`zaro hurmat kabi insoniy fazilatlar singdirilgani ta’kidlandi. Dars oxirida ”Assisment” usuli orqali o`quvchilar bilimi baholandi.
4. Metodbirlashma rahbari L.Kosimbetova va o`zbek tili fani o`qituvchilarining ham fikrlari tinglandi. H.Sadikova va K.Kosimbetovalar o`qituvchining ochiq darslari mazmunli tashkil qilinganligi, interfaol usullarning to`g`ri tanlanganligi, o`quvchilarning darsga qiziqishi va faolligi, AKT dan foydalanganligi va internet ma’lumotlarining qo`shimcha ma’lumot sifatida darsda foydalanganligi, darslarning ko`zlangan maqsadga yetganiligi haqida o`z fikrlarini bildirdi.
Yuqoridagi bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kun tartibidagi masala bo’yicha qaror qabul qilindi.
QAROR:
1. U.Kojamuratovaning o`tgan ochiq darslari ”Namunali” deb topilsin.
2. Yosh pedagoglarga U.Kojamuratovaning ish tajribasini o`rganish tavsiya qilinsin.
3. U.Kojamuratova ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali mehnatlari uchun oliy malaka toifasiga tavsiya qilinsin.
Metodbirlashma rahbari: L.Kosimbetova
Kotiba: K.Kosimbetova
Dostları ilə paylaş: |