Chimboy tumani 36-sonli xtmxmt va teb ga qarashli 36-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi O’zbek tili metodbirlashmasining majlis bayoni



Yüklə 35 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü35 Kb.
#43970
@Respublika filologlari. 5-sinf ona tili ( lug‘atlar) (1)


5-sinf ona tili ( lug‘atlardan namunalar)
💎 ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid

💎 nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir

💎odamiylik – odamga, chin insonga xos xislatlar

💎ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish

💎 mezon – o‘lchov

💎tamal toshi – poydevor

💎ansambl – o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi

💎kurant – minoraga o‘rnatilgan soat

💎atmosfera – Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq

💎ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz

💎ozon qatlami – atmosferadagi kislorodli qobiq

💎ekologiya – odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan

💎purviqor – go‘zallik va viqorga boy

💎ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat

💎jar solmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq

💎majmua – to‘plam

💎ko‘rgilik – kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea

💎borliq-butun olam

💎borlik-mavjudlik

💎preparat – dori-darmon

💎kardiolog – yurak shifokori

💎xuruj – hujum, hamla

💎malham – davo bo‘ladigan narsa

💎muqoyasa – qiyoslash, solishtirish

💎g‘urub – quyoshning botish payti

💎SMS qisqartmasi inglizcha short – “qisqa”, messeje – “xabar” va servise – “xizmat” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qisqa xabarlar xizmati degan ma’noni anglatadi

💎afzal-ustun,yaxshi

💎abzal-ot-ulov

💎orlanib-uyalib

💎munajjim-yulduzlarni o'rganib,uning xaritasini chizib beruvchi shaxs

💎Koinot-butun borliq,gallaktika

💎mikroskop-zarrabin,kattalashtirib ko'rsatuvchi asbob

💎qatli om – yoppasiga qirish

💎shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish

💎e’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash; iymon

💎gulro'-gul yuzli

💎badxo'-yomon xulqli

💎maqom – Sharq musiqasida musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli

💎“Shashmaqom” – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asar

💎tuzuk – nizom

💎 tamaddun – madaniyat

💎aborigenlar – tub joyliklar; materik – qit’a

💎Chat so‘zi inglizcha chatter – “valdiramoq”, “vaysamoq”, “aljiramoq” so‘zlaridan olingan. Internet tarmog‘i orqali muayyan vaqtda aloqa qilish va shunday aloqani yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan dastur ta’minotiga chat deyiladi.

💎Tovar – sotish uchun chiqarilgan mahsulot.

💎Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi.

💎Daromad – kishi (oila)ning ma’lum vaqtda qo‘lga kiritgan

💎Akkaunt – ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi

💎 bloger – o‘z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi

💎avatarka – foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm

💎fayl – kompyuterda ma’lumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi

💎mem – mashhur bo‘lib, bahsga

aylangan g‘oya yoki rasm

💎xeshteg – ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq

💎veb-sahifa –internetdagi hujjat va ma’lumotlar zaxirasi

💎 vebinar – to‘g‘ridan to‘g‘ri mashg‘ulot

💎dayjest – ma’lum bir mavzu bo‘yicha eng qiziqarli

nashrlarni yetkazadigan maqola

💎KITOB [arabcha: yozilgan, muqovalangan asar]:

1. Ma’lum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqo valangan, hajmi 48 betdan kam bo‘lmagan, bosma (qadimda qo‘lyozma ham)

asar. 2. Umuman, ma’lum shaxs, voqea-hodisaga va boshqalarga oid, tugal, odatda, nashr etishga (kitob bo‘lishga) mo‘ljallangan asar.

💎juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq

💎HAVAS [arabcha – aqlini yo‘qotish, ehtiros; mayl, ishtiyoq; biror narsaga g‘oyat berilganlik, kuchli istak]:

1. Qiziqish, zavq hissi; shunday his-tug‘uli munosabat. 2. Biror ish-faoliyat, kasb-korga bo‘lgan rag‘bat, intilish, istak, mayl.

💎HASAD [arabcha – rashk, ko‘rolmaslik, qizg‘anish, suq, baxillik] kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni ko‘rolmaslik, xush ko‘rmaslik his-tuyg‘usi.

💎TADBIRKOR – iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlovchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy xavf-xatardan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilar.

💎resurs – zaxira (saqlab qo‘yilgan narsalar)

💎 qavm – bir urug‘ga mansub, mahalla

💎 tavof qilmoq – muqaddas, aziz bilib e’zozlamoq

💎 zabarjad – yashil rangli qimmatbaho tosh

💎 gavhar – sayqallangan olmos



Botir Ikromov ( 5-sinf darsligi asosida 2020-yil)
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin