Qatarlar menen islesiw



Yüklə 20,34 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü20,34 Kb.
#57350
Qatarlar menen islesiw


Qatarlar menen islesiw

Qatar – bul belgilerdiń izbe-izligi. Ko'p hollarda satrlar so'zlar jamlanmasidan

tashkil topadi. Pythonda satrlar bilan ishlash juda qulay. Bir qancha satr literallari

mavjud. Ularni ko`rib chiqamiz

Apostrof va qo`shtirnoqdagi satrlar

Apostrof va qo`shtirnoqdagi satrlar bir narsa. Uni ikki xil variantda keltirilishiga

sabab literallarga apostrof va qo`shtirnoq belgilarini maxsus xizmatchi belgilardan

foydalanmasdan kiritish mumkinligi deb hisoblanadi.

Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari-xizmatchi belgilar

Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari- klaviatura yodamida kiritish murakkab

bo`lgan belgilarni yozishga imkon beradi.

Xizmatchi belgilar Vazifasi

\n Keyingi qatorga o`tish

\a Qo`ng`iroq

\f Keyingi betga o`tish

\r Koretkani qaytarish

\t Gorizontal tabulatsiya

\v Vertical tabulatsiya

\N{id} Unicode ma’lumotlar bazasining ID identifikatori

\uhhhh Unicode ning 16 lik ko`rinishidagi 16 bitli belgisi

\Uhhhh. . . Unicode ning 32 lik ko`rinishidagi 32 bitli belgisi

\xhh Belgining 16 lik kodi

\ooo Belgining 8 lik kodi

\0 Null belgisi (satr oxiri belgisi emas)

1.4.1-chizma. Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari.

Ko`p qatorli satrlar

Pythonda satrlarni apostrof(‘) va qo`shtirnoqdan foydalanib hosil qilish

mumkin. Apostrof (bir tirnoq(')) yoki qo'sh tirnoqni(") 3marta takrorlash orqali esa

ko'p qatorlik satrlarni xosil qilish mumkin. Milsol uchun:

Satr konstantalarini birlashtirish uchun ularni yonma-yon joylashtirishning o'zi

kifoya. Python avtomat ularni birlashtiradi. Misol uchun: "Ismingiz" "kim?" avtomat

"Ismingiz kim?" ga aylanadi.

Eslatma: Bir tirnoq va qo'sh tirnoqdagi satrlar bir-biridan hech ham farq qilmaydi.

Satrlarning funksiya va metodlari

41

Shunday qilib satrlar bilan ishlash haqida gapirdik, endi satrlarning



funksiyalari va metodlari haqida gapiramiz. Quyida satrlarning barcha funksiya va

metodlari keltirilgan.

Asosiy operatsiyalar

Konkatenatsiyalash (qo`shish)

Satrni takrorlash (dublikat qilish)

Satr uzunligi (len() funksiyasi)

Indeks bo`yicha chiqarish

Misoldan ko`rinib turibidiki Python manfiy indeks bo`yicha chiqarishga ruxsat

etadi, lekin hisoblash qator oxiridan boshlanadi.

Kesmani ajratib olish. Kesmani ajratib olish operatori:[X:Y]. X- kesmaning boshi,

Y esa –oxiri. Y raqamli belgi kesmaga kirmaydi. Jimlik holatida birinchi indeks 0

ga teng, ikkinchi indeks esa qator uzunligiga teng bo`ladi.

42

Bundan tashqari kesmani ajratib olishda qadamni belgilash mumkin



Satrlarning qo`shimcha funksiya va metodlari

Metodlarni chaqirganga Pythondagi satrlar o`zgarmaydigan ketma-ketliklar

darajasiga kirishini inobatga olishimiz kerak. Bu degani hamma funksiyalar va

metodlar faqat yangi satrni tuzishi mumkin.

Shuning uchun hamma metodlar yangi satrni qaytaradilar, va u keyin boshqa nomga

ega bo`ladi.

S = ‘str’; S = “str”; S = ‘’‘str’‘’; S = “”“str”“”- Satrlarni literallari

S = “s\np\ta\nbbb”- ekran bilan ishlash ketma-ketliklari

S = r”C:\temp\new”- Formatlashtirilmagan satrlar

S = b”byte”- Baytlar qatori

S1+S2- Konkatenatsiya (qo`shish)

S1*3- Satrni takrorlash

S[i]- Indeks bo`yicha murojaat

S[i:j:step]- Step qadamli i elementdan boshlab j elementgacha bo`lgan kesmani

ajratib olish.

43

Len(s)- Satr uzunligi



S.find(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini izlash. Satr ostining birinchi belgisini

o`rinini qaytaradi, agar satrda satr osti bo`lmasa -1ni qaytaradi.

S.rfind(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini yoki 1

ni qaytaradi

S.index(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Birinchi kirish raqamini

qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi

S.rindex(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini

qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi

S.replace(shablon,almashuv)- Shablonni almashtirish

S.split(belgi)- Satrni har bir so`zini alohida alohida ajratib chiqish.

S.isdigit()-Satrda raqamlar ishtirok etganligini tekshirish.

S.isalpha()-Satr faqat harflardan iboratligini tekshirish

S.isalnum()-Satr harf yoki raqamlardan iboratligini tekshiradi

S.islower()-Satr quyi registrdagi belgilardan iboratligini tekshiradi

44

S.isupper()-Satr yuqori registrdagi belgilardan iboratligini tekshiradi



S.isspace()-Satrda ko`rinmaydidan belgilar borligini tekshirish (probel, sahifani

o`tkazish belgisi(‘\p’), yangi satrga o`tish(‘\n’), koretkani qaytarish(‘\r’), gorizontal

tabulyatsiya(‘\t’) va vertikal tabulyatsiya)

S.istitle()-Satrda so`zlar bosh harf bilan boshlanishini tekshirish

S.upper()-Satrni yuqori registrga o`zgartirish

S.lower()-Satrni quyi registrga o`zgartirish

S.starswith(str)- S satr str shablonidan boshlanishini tekshirish

45

S.endswith(str)- S satr str shabloni bilan tugashini tekshirish



S.join(ro`yxat)- S ajratuvchiga ega ro`yxatdan qatorni yig`ish

Ord(belgi)- Belgiga mos ASCII kodni qaytaradi

Chr(son)- ASCII kodga mos belgini qaytaradi

S.capitalize()-Satrning birinchi belgisi yuqori registrda qolganlarini quyi registrga

o`tkazadi.

S.center(width,[fill])- Chegaralari bo`yicha fill (jimlik holatida probel) belgisi

turuvchi markazlashtirilgan satrni qaytaradi.

S.expandtabs(tabsize)- Joriy ustungacha bir yoki bir qancha probellar bilan

tabulyatsiyaning hamma belgilari almashtirilgan satr nusxasini qaytaradi. Agarda

TabSize ko`rsatilmagan bo`lsa tabulyatsiya hajmi 8 probelga teng bo`ladi

S.lstrip([chars])- Satr boshidagi probel belgilarini olib tashlash

S.rstrip([chars])- Satr oxiridan probel belgilarini olib tashlash

S.strip([chars]) Satr boshidan va oxiridan probel belgilarini olib tashlash

S.partition(shablon)- Birinchi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni

o`zini va shablondan keyin turuvchi qismga ega kortejni qaytaradi. Agarda shablon

topilmasa satrga ega bo`lgan kortejni qaytaradi, avval ikki bo`sh satr keyin satrni

o`zini.

S.rpartition(sep)- Oxirgi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni o`zini va

shablondan keyin turuvchi qismni qaytaradi. Kortej qator o`zidan va undan keyin

ikkita bo`sh qatordan iborat bo`ladi.

S.swapcase()-Quyi registrdagi belgilarni yuqori registrga, yuqorilarni esa quyiga

o`tkazadi

46

S.title()-Har bitta so`zning birinchi harfini yuqori registrga qolganlarini esa quyi



registrga o`tkazadi

S.zfill(width)- Qator uzunligini Widthdan kam qilmaydi agar kerak bo`lsa birinchi



belgilarni nollar bilan to`ldiradi.
Yüklə 20,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin