Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix31.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#66934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi

F
S
P






(5.7) 
bu yerda: μ – qovushqoqlik koeffitsiyenti; 
∆υ – birinchi qatlamning ikkinchi qatlamga nisbatan harakat tezligining o‘sishi; 
G‘ –ikki qatlam tutashuv yuzasi. 
U holda qovushqoqlik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlaniladi: 







F
S
Р
(5.8) 
Dinamik qovushqoqlik o‘lchov birligi 
с
Па
м
с
Н
с
м
м
м
Н





 








2
2
/

Neftning 
qovushqoqlik qiymati 1 Pa·s dan kichikligini hisobga olib, kon amaliyotida kichik o‘lchov 
birliklar – puaz (pz), santipuaz (spz) kabi kattaliklardan foydalaniladi.
pz = 0,1 H·c/m
2
= 0,1 Pa·s
spz = 10
-3
H·c/m
2
= 10
-3
Pa·s
Suvning +20
o
S haroratdagi dinamik qovushqoqligi 0,01 pz yoki 1 spz ga teng. 
Neftning qovushqoqligi uning tasnifiga va haroratiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymatlari bir 
necha spz dan o‘nlab spz gacha teng bo‘ladi. 
Amaliyotda kinematik qovushqoqlik (ν) tushunchasidan keng miqyosda foydalaniladi. 
Kinematik qovushqoqlik – dinamik qovushqoqlikning suyuqlik zichligiga nisbatiga teng, ya’ni: 




, m
2
/s
bu yerda:  μ – dinamik qovushqoqlik, 
ρ – suyuqlik zichligi. 
Kon amaliyotida tizimli birliklardan tashqari bo‘lgan o‘lchov birlik stoksdan 
foydalaniladi (1
ST 
=
10
-4
M
2
/
S
). Dinamik va kinematik qovushqoqliklarni o‘lchash uchun standart 
kapillyar viskozimetrlar qo‘llaniladi.
Neft va uning mahsulotlari sifatini baholash uchun nisbiy (shartli) qovushqoqlikdan 
foydalaniladi. Berilgan suyuqlikning shartli qovushqoqligi uning aniq haroratdagi suvning 
qovushqoqligidan qancha katta yoki kichik ekanligini ko‘rsatadi. Suyuqlikning qovushqoqligi 
qancha katta bo‘lsa uning harakatlanishi davomida qarshilik kuchi katta bo‘ladi va aksincha 
qovushqoqligi kichik suyuqlikning harakatida qarshilik kuchi kichik qiymatlarda bo‘ladi.


Neftning tarkibida har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan turli fraksiyalar mavjud 
bo‘lganligi uchun uning qovushqoqligi suvning qovushqoqligidan bir necha martalab yuqori 
bo‘ladi. Haroratning oshishi bilan neftning qovushqoqligi pasayadi.
Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi yer ustidagi neft qovushqoqligidan farq 
qiladi. Qatlam sharoitida neft tarkibidagi erigan gazlar bosim va harorat ta’sirida suyuqlik 
holatida bo‘lganligi uchun, neft tarkibidagi gaz miqdorining oshishi va haroratning yuqoriligi 
uning qovushqoqligini pasaytiradi.
Neft tarkibida smola-parafinlar miqdorining ko‘p bo‘lishi uning qovushqoqligining 
oshishiga olib keladi. Agar yer qobig‘i chuqurligi bo‘yicha haroratning ko‘tarilib borishi hisobga 
olinsa, qatlam sharoitidagi neft qovushqoqligi har doim yer usti nefti qovushqoqligidan kichik 
bo‘ladi.
Qatlam sharoitlarda suv bilan tog‘ jinslari molekulalarning tortish kuchlari neft bilan tog‘ 
jinslari orasidagi tortish kuchlaridan katta bo‘ladi. Buning natijasida suv mayda kapillyar 
g‘ovaklardan neftni kattaroq bo‘shliqlarga siqib chiqarib, uning o‘rnini egallaydi. Neft bir xil 
bo‘lmagan optik xossalarga ega. Neftni izlashda tog‘ jinslaridagi uning ko‘zga ko‘rinmaydigan 
juda mayda izlari lyuminessent tahlil yordamida aniqlaniladi. Bu tahlil neftning ultrabinafsha 
nurlar ta’siri ostida nur sochishiga – lyuminessentlanishiga (lotincha «lyuminesseno» - nur 
sochuvchi) asoslangan. Bunda yengil neftlar jadallik bilan havo rang, og‘ir neftlar qo‘ng‘ir va 
sariq qo‘ng‘ir rang sochadi.
Neftning sirt tarangligi o‘z sirtining o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatish kuchi bo‘lib, yuza 
qatlam birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan kuch orqali ifodalanadi. Yuza maydon birligiga to‘g‘ri 
keladigan kuch dina yoki Nyutonda o‘lchanadi va sirt taranglik birligi sifatida qabul qilinadi. 
Neftning optik faolligi – bu neft va neft mahsulotlarining yorug‘lik nurlarini 
polyarizatsiya yassiligida doimo o‘ng aylanishidir. Aylanish burchagi 0,1
0
dan bir necha 
gradusga boradi. Bundan tashqari neftlarning geologik yoshini o‘sishi bilan optik aylanish 
kattaligi kichrayadi. Faqat organik qoldiqlardan hosil bo‘lgan moddalar optik faolikka ega. 
Neft odatda tabiatda suyuq holatda uchraydi. Shuning uchun neftning qotishi va erishi 
xususiyatlari mavjud. Ba’zi holatlarda haroratning ozgina pasayishi bilan neft quyuqlashadi. Bu 
asosan neftni tarkibidagi qattiq parafin miqdoriga bog‘liq. Qanchalik parafin ko‘p bo‘lsa, 
shunchalik uning qotishi oson bo‘ladi. Neftning qotishi va quyuqlashishi har xil tushunchalar 
bo‘lib, uning quyuqlashuvi tarkibidagi yengil va harakatchan birikmalarning kamayishi va 
yuqotilishi hisobiga bo‘lishi mumkin. 
Neftning issiqlik beruvchanlik xususiyati deb 1 kg neftning to‘liq oxirigacha yonganda 
ajralib chiqadigan kalloriyadagi issiqlik miqdoriga aytiladi. 
Neft va neft maxsulotlari doimo dielektrik hisoblanadi. YA’ni elektr tokini o‘tkazmaydi. 
Shuning uchun neft maxsulotlaridan ishlab chiqarishda har xil izolyatorlar tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Neftning molekulyar og‘irligi undagi fraksiyalarning o‘rtacha arifmetik molekulyar 
og‘irliklari yig‘indisiga teng. Neftning o‘rta molekulyar og‘irligi 240-290 mol oraliqlarida 
o‘zgaradi. Neft tarkibidagi smola moddalar miqdorining oshishi bilan uning molekulyar og‘irligi 
ham ortishi mumkin. 
Neft hajmining issiqlikdan kengayish xususiyatiga issiqlikdan kengayish koeffitsienti 
deyiladi. Neftning molekulalari juda murakkab tuzilganligi uchun, uning tarkibidagi 
komponentlar miqdori o‘zgarishi bilan issiqligi kengayishi koeffitsienti ham o‘zgaradi. Neftning 
tarkibida qattiq uglevodorodlarning bo‘lishi issiqlikdan kengayishi koeffitsienti va zichligining 
haroratga bog‘liqligini egri chiziq bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Neft tarkibida erigan gazlar neft zichligi va qovushqoqligini pasaytiradi, siqiluvchanligi 
va hajmiy koeffitsiyent qiymatini esa oshiradi. Shuning uchun neftning qatlam sharoitidagi fizik 
xossalarini bilish uyumdagi neft va gaz zaxirasini to‘g‘ri hisoblash, neft konlarini ishlatish 
texnologik sxemalarini to‘g‘ri tanlash, uyumlarga ta’sir etishning samarali usullarini qo‘llash 
orqali maksimal neft olishga erishish, neft va gazni qazib olish texnika va texnologiyalarini 
to‘g‘ri tanlash kabilar uchun muhim axamiyatga ega. 


Neft tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarning miqdori, zichligi va qovushqoqlik xususiyatlari 
bilan bir qatorda reologik (“reologiya” –grekcha «reos»- oqim, «logos» -o‘rganish) 
xususiyatlarga ham ega. Reologiya qovushqoq yoki plastik moddalarning oqish davrida 
bo‘ladigan qaytmas deformatsiyasini o‘rganadi. Reologiya xossalariga ega bo‘lgan suyuqliklarni 
nonyuton suyuqliklari deb ham yuritiladi. Nonyuton suyuqliklarining qovushqoqligi harorat, 
bosim va o‘rinma kuchga bog‘liq bo‘lib, tezlik gradientiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Neftning 
yer osti sharoitida g‘ovaklik muhitida sizilishi Nonyuton qonuniga muvofiq ravishda chiziqli 
o‘zgaradi. Nonyuton qonuniga asosan bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka nisbatan siljishida 
harakat tezligi gradiyenti o‘rinma kuchlanishning siljishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bunda 
sizilish tezligi (υ) bosim gradiyenti (gradP) ga bog‘liq bo‘lib, suyuqliklar harakat tezligi chiziqli 
ko‘rinishda koordinata boshidan o‘tadi (4.2-rasm, 1-chiziq). Bu qonuniyatga bo‘ysingan barcha 
suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi. 
Nonyuton suyuqliklari uchun asosiy parametrlardan biri suyuqlik oqimini tavsiflovchi 
dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Uning siljish kuchlanishiga bog‘liq ravishda 
o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi: 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin