Neftning tuzilmali qovushqoqligi o‘zgarganda suyuqliklarning nonyuton xossalari
tuzilma- mexanik xossalarga ega bo‘ladi.
Qatlam sharoitidagi neft katta bosim gradiyentida tuzilmali-mexanik xossalarga ega
bo‘lib, kapillyar kanallarda va g‘ovak muhitlarda harakati davomida uning bu xossalari
o‘zgarmaydi. Bosim gradiyentining oshishi bilan tuzilma buzila boshlaydi va aniq chegaraviy
gradiyent kattaligiga yetib borganda, tuzilma to‘liq buziladi va suyuqlik (neft) nyuton suyuqligi
kabi harakatlana boshlaydi.
Suyuqliklarning sizilishida, asosan kichik tezliklarda quduq tubidan uzoqlashganda,
nonyuton xossalarning paydo bo‘lishi kuzatilmagan. Qatlam sharoitidagi neftda nonyuton
xossalarning nomayon bo‘lishi, uning tarkibida asfalt-smola-parafin moddalar miqdorining
oshishi bilan bog‘liq. Masalan, qatlam neftining g‘ovak muhitlarga kirib borishi va uning boshqa
suyuqliklar bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta’siri natijasida, nonyuton xossalar paydo bo‘ladi.
Nonyuton (qovushqoq plastik) suyuqlikli konlarni ishlatish geologik-texnik tadbirlarni,
quduqlarni tadqiqot qilish, neftni tayyorlash va tashish jarayonlaridagi ko‘pgina mushkulotlarga
bog‘liq. Neftning nonyuton xossasi uni qizdirganda va sizilish tezligini oshirganda yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: