Gazning tarkibi Gaz so‘zini birinchi marta XVII asrda gollandiyalik olim Van Gelmond kiritgan. U qattiq
va suyuq jismlardan farqli ravishda oddiy sharoitlarda o‘z xossalarini sakrashsiz o‘zgartirmasdan
butun bo‘shliqda bemalol tarqaladigan moddani anglatar edi. Shu vaqtdan boshlab «gaz» so‘zi
dunyoning barcha asosiy tillariga kirib keldi.
Uglevodorod gazlarini kelib chiqishiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin: a) tabiiy gaz,
ya’ni yer ostida tog‘ jinslari qatlamida hosil bo‘lgan gazlar;
b) qattiq yoki suyuq yoqilg‘idan olinadigan sun’iy gazlar.
Tabiiy gaz parafinli (metanli) uglevodorodlardan, asosan metan
4
CH , etan
6
2
H C , propan
8
3
H C , normal butan
10
4
H nC va izobutan
10
4
H iC lardan iborat.
Tabiiy va neft gazlarida uchuvchan yengil suyuq uglevodorodlarning bug‘lari ham uchraydi.
Uglerod uchun zanjir hosil qilishi, ya’ni uning atomlari bir-biri bilan ketma-ket birikish
xususiyati mavjud. Uglerod atomi qolgan bog‘lariga vodorod atomlari yoki uglevodorod
radikallari (R) birikadi. Bunday zanjirlar 2,3,4 va undan ko‘proq uglerod atomlaridan tashkil
topgan tuzilishga ega bo‘lishi mumkin.
4
CH ,
6
2
H C ,
8
3
H C ,
10
4
H C lar oddiy atmosfera sharoitlarida (O
0
S
harorat va 0,1 MPa bosim) gaz holatida bo‘ladi.
Oddiy parafinli (metanli) uglevodorodlar (
2
2
n n H C ) ning tuzilishi (struktura
formulasi) quyidagicha: