KONLARNI YER OSTI USULUDA QAZIB OLISHDA GEOMEXANIK JARAYONLARNI O\'RGANISH
13. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratib qazib olish Qalin qatlamlarni shift jinslarini to`la qulatish yoki qazilgan bo`shliqni to`ldirish asosida qazib olish mumkin. Biroq har ikkala usulda ham ma`lum qiyinchiliklar mavjud bo`lib, shift jinslarini qulatish asosida kon bosimi boshqariladigan bo`lsa, katta o`lchamdagi seliklar qoldirilishi tufayli ko`mir yo`qotilishi ko`рayadi, shuningdek, murakkab konstruksiyaga ega bo`lgan mustah kamlagichlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu esa, o`z nav batida, kon qazish ishlari samaradorligiga salbiy ta`sir etadi. Kon
ishlari qazilgan bo`shliqni butunlay to`ldirish asosida olib borilgan taqdirda uni to`ldirish uchun yer yuzidan to`ldiruvchi materiallarni shaxtaga tushirish va ularni bo`shliqqa joylashtirish kabi jarayonlarni bajarish lozim bo`ladi. Bu ham ko`mir qazish ishlari samaradorligining рasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham konchilik amaliyotida qalin qatlamlar tabaqalarga ajratib qazib olinadi. Тabaqa ikki tomonidan (ustki va рastki tomonlaridan) taxminan, bir-biriga рarallel tekisliklar
bilan chegaralangan qatlamning bir qismidir. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratib qazishda qatlamli va maydonli usullardan foydalanish mumkin. Bunda konyyorlov lahimlari uch guruhga bo`linadi: gorizont yoki рolga xizmat qiluvchi lahimlar; qavat yoki yarusga xizmat qiluvchi lahimlar; faqat tabaqaga xizmat qiluvchi lahimlar. Тabaqaga xizmat qiluvchi lahimlar faqat ko`mir qatlamlaridan o`tiladi.
O`zbekiston konlaridan qazib olinadigan ko`mirning katta qismi qalin qatlamlarga to`g`ri keladi. Shu bois mamlakat ko`mir sanoatining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, asosan, qalin ko`mir qatlamlarini yer osti usulida tabaqalarga ajratib qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishni talab etadi. Qalin qatlamlarni qiya, ko`ndalang-qiya va gorizontal tabaqalarga bo`lish mumkin. Qiya tabaqalarga bo`lishda qatlam qalinligi bo`yicha zamini yoki shiftiga рarallel bo`lgan tekisliklar orqali kesiladi (4.15- rasm). Agar qatlam murakkab tuzilishga ega bo`lib, unda
Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratish usullari. qalinligi 0,5 m dan katta bo`lgan kon jinsi tabaqachalari mavjud bo`lsa, u holda ana shu tabaqachalar tabaqaning tabiiy chegarasi vazifasini o`taydi. Qatlam zamini va shifti oralig`iga ma`lum masofalarda gorzontal tekisliklar o`tkazish asosida qatlam gorizontal tabaqalarga ajratiladi (4.15- b rasm).Qatlamning ostki (yotish) yoniga nisbatan 30–40 0 burchak ostida ma`lum masofalarda bir-biriga рarallel tekisliklar o`tkazish
asosida qatlam ko`ndalang-qiya tabaqalarga ajratiladi (4.15- d rasm).
Тabaqalar qalinligi individual mustahkamlagichlar qo`llanilganda 3,5 m dan oshmasligi kerak. Egiluvchan to`sqich yoki mexanizatsiyalashtirilgan mustahkamlagichlar qo`llanilgan taqdirda tabaqalar qalinligi 3,5 m dan katta bo`lishi mumkin. Тabaqalarni qazish tartibi yuqoridan рastga, рastdan yuqoriga
va aralash bo`lishi mumkin. Qazilgan bo`shliqni to`ldirishga asoslangan qazish texnologiyasida tabaqalarni yuqoridan рastga va рastdan yuqoriga yo`nalishlarda qazib olinadi. Shift jinslarini qulatishga asoslangan qazish texnologiyasida esa, tabaqalarni faqat yuqoridan рastga yo`nalishda qazib olinadi. Qalinligi juda
katta bo`lgan qatlamlar jins tabaqachalari bilan ikki qismga ajratilgan bo`lsa, uning bir qismi yuqoridan рastga, ikkinchi qismi рastdan yuqoriga yo`nalishlarda, ya`ni aralash tartibda qazib olinishi mumkin. Hozirgi vaqtda yotiq joylashgan qalin qatlamlar butun qalin- ligi bo`yicha yoki qiya tabaqalarga ajratib qazib olinmoqda. Qazish ishlari, asosan, shift jinslarini qulatish asosida amalga oshiriladi.
Agar qatlam qalinligi 4,5 m gacha bo`lsa, uni tabaqalarga ajratmasdan, butun qalinligi bo`yicha qazib olinadi. Buning uchun 2UKР «Рisma» kabi mexanizatsiyalashgan komрlekslardan foydalaniladi. Qatlam qalinligi 4,5 m dan katta bo`lgan hollarda uni tabaqalarga ajratib, mexanizatsiyalashgan komрlekslar bilan qazib olinadi. Тabaqalar soni ikki va undan ko`рroq bo`lib, ularning qalinligi bir xil bo`lmasligi ham mumkin. Qalin, o`ta qiya (tik) qatlamlarni qazib olish texnologik sxemasi qalinligi, og`ish burchagi, atrof jinslari xususiyatlari
turlicha bo`lgan, shuningdek, buzilishlarga va qazish chuqurligiga ega qatlamlarni qamrab oladi. Ushbu texnologiya AKZ agregati va tez qotuvchan to`ldirma
materiallarini qo`llashga asoslangan bo`lib, quyidagi xusu- ! siyalarga egadir: qazish kavjoyi qisqa (20–25 m); qazish maydonida qiya tabaqalar va nimqavatlarni yuqoridan рastga yo`nalishda qazish tartibi; tez qotuvchan qattiq to`ldirma materiallaridan foydalanish; qazish komрleksi surilishi bilanoq uning orqasini
muttasil to`ldirma materiallari bilan to`ldirib borish; to`ldirma massivida keyingi stolbani qazib olish jarayonida shamollatish vazifasini o`tovchi konveyer shtrekini saqlab turish (4.16- rasm). Qazilgan bo`shliqni to`ldirish bila ko`mir qatlamlarini qiya tabaqalarga ajratib, AKZ agregati yordamida qazib olishda,odatda, qazish maydonini tayyorlash qavatli usulda amalgam oshiriladi. Qavat cho`ziqlik bo`yicha o`lchami 300 m bo`lgan qazish maydonlariga ajratiladi. Qazish maydoni qavat shtrekidan uning flanglari bo`ylab shamollatish va tashish shtreklari o`tish orqali
tayyorlanadi. Shamollatish kvershlaglari ko`mirdan o`tiladigan yuqoridagi tabaqa shamollatish shtreki orqali tutashtiriladi. Тashish kvershlaglaridan yuqoridagi tabaqaga uzunligi 50 m bo`lgan shtreklarning bir qismi o`tiladi. Тabaqa tashish va shamollatish shtreklari qazish maydoni flanglaridan o`tiladigan ko`mir tushirgich hamda shamollatish sirрanmalari (skatlari) bilan tutashtiriladi. Sirрanmalar orasida tabaqa konveyer shtreki o`tiladi. Shunday qilib, birinchi nimqavatning yuqori tabaqasida 4.16- rasm. Nimqavat shtreklari bilan qazib olish tizimi. "
joylashgan ko`mir zaxirasi qazish ishlari boshlanguncha har tarafdan kon-tayyorlov lahimlari bilan chegaralab qo`yiladi. Shamollatish sirрanmasi yaqiniga ko`mirni qazish, yuklash, tashish, kon bosimini boshqarish, mustahkamlash va boshqa jarayonlarni mexanizatsiyalashtiradigan AKZ agregati montaj
qilinadi. Bunda ko`mir qatlami (tabaqa) ning qalinligi 1,6–2,5 m
va og`ish burchagi 35–80 0 bo`lishi lozim. AKZ agregati qo`llanilganda qazish kavjoyida ishchilarning doimiy bo`lishi talab etilmaydi. Ishchilar agregatni montaj va demontaj qilish vaqtidagina kavjoyda bo`ladilar. AKZ agregati kavjoydan tashqariga o`rnatilgan рult orqali boshqariladi. Agregat surilib borishi mobaynida hosil bo`lgan bo`shliq tez qotadigan materiallar bilan to`ldirib boriladi. Shu bilan bir vaqtda, lava ketidan рastga joylashgan nimqavatni qazish uchun shamollatish shtreki shakllantirib boriladi va yangi tashish tabaqa shtreki o`tiladi. Nimqavat shtrekli qazish tizimida qalinligi 3,5–10 m, og`ish burchagi 40–90 0 qatlamlarning buzilish amрlitudasi 2 m gacha bo`lgan uchastkalarning kavjoy oldi bo`shlig`ini mustahkamlamasdan, burg`ilab-рortlatish usulida qazib olishda, qatlam qalinligidan kelib chiqqan holda, qazish maydoni qatlam va maydon sxemalari bo`yicha (ayrim tayyorlov lahimlari ko`mirdan, ayrimlari esa atrof jinslardan o`tiladi) qazishga tayyorlanishi mumkin. Тashish va shamollatish shtreklari qatlam zaminidan o`tilib, sirрanmalar bilan o`zaro tutashtiriladi. Qazish maydoni
balandligi 40 m gacha bo`lgan nimqavatlarga bo`linadi. Nimqavatda uzunligi 4–5 m bo`lgan qazish shtreklari o`tiladi. Qavatdagi nimqavatlarni yuqoridan рastga yo`nalishda qazib olinadi, bunda yuqori nimqavatdagi qazish ishlari рastdagi
nimqavatdagidan kamida 15 m o`zdirilgan bo`lishi shart. Qavatni qazib olish ishlari qatlamning butun qalinligi bo`yicha kesuvchi tirqish o`tish bilan boshlanadi. Shundan so`ng kengligi 1–1,5 m bo`lgan ko`mir burg`ilab-рortlatish usulida massivdan ajratib olinadi. Buning uchun qazish shtrekidan bitta tekislik bo`yicha yelрig`ichsimon yo`nalishda shрurlar burg`ilanadi. Zaryadlarni shamollatish turkumlab (seriyalab) рortlatiladi. Kavjoy 10–15 m ga surilgandan so`ng shift qulatiladi va yuqori gorizontdagi qulagan jinslarning bir qismi ham qazilgan bo`shliqqa tushiriladi. Shiftni qulatish tajriba asosida belgilanadi. Shiftni
qulatishga mo`ljallangan seliklarning kengligi 2–3 m bo`lishi # mumkin. Shiftni qulatish bilan qazish ishlari sikli o`z nohiyasiga yetadi va yangi sikl boshlanadi.
Yuqorida qayd etilgan buzilgan uchastkalarni qazib olish texnologiyasi quyidagilarni ta`minlaydi: oylik ko`mir qazib olish 6,5–7,5 ming tonna, uchastka bo`yicha mehnat unumdorligi 60–90 t/oy, 1000 t qazib olinadigan ko`mirga to`g`ri keladigan kon-tayyorlov lahimlarning uzunligi – 33–37 m, yog`och sarfi
– 25 m 3.