Qatlamli konlarni yer osti usulida



Yüklə 166,86 Kb.
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü166,86 Kb.
#197749
1   2   3   4   5   6   7
KONLARNI YER OSTI USULUDA QAZIB OLISHDA GEOMEXANIK JARAYONLARNI O\'RGANISH

2. Shaxta va shaxta maydoni

Shaxta – foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olib, uni bevosita ste`molchilarga yoki boyitish fabrikalariga yetkazib berish bilan shug`ullanuvchi konchilik sanoati korxonasidir. Boshqacha qilib aytganda, shaxta – bu shaxta maydoni chegaralaridagi foydali qazilmani qazib olishga mo`ljallangan, yer


yuzida joylashgan inshootlar va yer osti kon lahimlari majmuidir. Shaxta ishlab chiqarish quvvati, ishlash muddati, shaxta maydonidagi balans va sanoat zaxiralari, shaxta maydonining cho`ziqlik va og`ishi bo`yicha o`lchamlari bilan tavsiflanad.
Ma`lum vaqt birligi (24 soat, yil) mobaynida qazib olinadigan, tonna (yoki kub metr) larda o`lchanadigan foydali qazilma miqdori shaxtaning ishlab chiqarish quvvati deyiladi. Shaxta maydonidagi foydali qazilma sanoat zaxirasini qazib
olish davri shaxtaning ishlash yoki faoliyat ko`rsatish muddati deyiladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish quvvati bo`yicha turli shaxtalar mavjud bo`lib, ularning yillik quvvati bir necha million tonnani tashkil qiladi. Masalan, «Rasрadskaya» shaxtasining (Rossiya) quvvati 7,5 mln. t, «Reyland» shaxtasining (Germa- niya) quvvati 5 mln.t ni tashkil qiladi. O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan shaxtalar nisbatan kam quvvatli shaxtalar hisoblanadi va ularning yillik ishlab chiqarish quvvati 400–500 ming tonna (Angren 9- shaxta) va 200–250 ming tonnani (Sharg`un shaxtasi) tashkil qiladi.
Konchilik korxonalari amaliyoti shuni ko`rsatadiki, ishlab chiqarish quvvati qancha katta bo`lsa, uning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari shuncha yaxshi bo`ladi, ya`ni quvvati katta korxonalarda mehnat unumdorligi yuqori bo`lib, mahsulot tannarxi nisbatan kichik bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, korxonaning foydasi, rentabellik darajasi va boshqa ishlab chiqarish ko`rsatkichlarining oshishiga ijobiy ta`sir etadi. Shunga ko`ra, MDH davlatlarida shaxtalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 0,6–1,2 mln. t dan tortib 3,6–4,5 mln. t bo`lishi iqtisodiy jihatdan maq-
sadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan shaxtalarning ishlash muddati 40–50 yildan kam bo`lmasligi lozim. Shaxtalarni loyihalashda ularning to`liq va hisobiy ishlash muddatlari aniqlanadi.%& Shaxtalarning hisobiy ishlash muddati T x shaxta maydonidagi
sanoat zaxirasini (Z c) shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga
(Q) nisbati orqali aniqlanadi.
cxZTy i lQ=Shaxtaning to`liq ishlash muddati T
T ni aniqlash uchunhisobiy ishlash muddati Tx ga shaxtaning loyihaviy quvvatiga
erishish muddati t1 va shaxtaning so`nish (tugatish) muddati t2qo`shiladi.
12.TXTT tt y i l == +t1 va t larning qiymatlari shaxtaning ishlab chiqarish yillik
quvvatiga nisbatan anig`lanadi. Konchilik sanoati korxonalariamaliyotida, asosan: t
1=2–3 yil, t2 =1–2 yil.Katta maydonda joylashgan konlarni alohida konchilik korxonalari tomonidan qazib olish uchun uni bir necha qismlargaajratish maqsadga muvofiqdir.Foydali qazilma koni maydonining bitta shaxta tomonidanqazib olish uchun ajratilgan qismi shaxta maydoni deyiladi.Odatda, foydali qazilma faqat gorizontal ko`rinishda yotmaydi vagorizontga nisbatan ma`lum qiyalikda yotadi. Shu sababli shaxta maydoni yuqori va рastki, shuningdek, yon tomonlari bo`yicha chegaralarga ega bo`ladi. Shaxta maydonining ko`tarilish bo`yicha chegarasi uning yuqori chegarasi, og`ish bo`yicha chegarasi, рastki chegara va cho`ziqligi bo`yicha chegaralari esa yon chegaralari hisoblanadi. Shunga ko`ra, shaxta maydoni quyidagi o`lchamlar bo`yicha tasvirlanadi: gorizontal yotqiziq (qatlam) larda– bo`yi va eni; qiya va tik qatlamlarda – cho`ziqligi va chuqurligi, cho`ziqlik bo`yicha tik yo`nalishdagi o`lchami. Sanoat miqyosida shaxta tomonidan qazib olishga ajratilgan yer bag`riga joylashgan foydali qazilma (ko`mir) yotqizig`i kon ajratmasi deb ataladi. Kon ajratmasi chegaralaridagi yer yuzidan foydalanish mumkin emas. Zamonaviy shaxtalarda shaxta maydonining cho`ziqlik bo`yicha o`lchami 20 km, og`ish bo`yicha o`lchami esa, 4–5 km bo`lishi mumkin. Ko`рchilik shaxta maydonlarining cho`ziqlik bo`yicha o`lchami 6–7 km, og`ish bo`yicha o`lchami esa, 2–3 km ni tashkil qiladi.%` 4.3. Shaxtalarni metan bo`yicha kategoriyalarga ajratish Ko`mir konlarini yer osti usulida qazishda ko`mir qatlami va uning atrofini o`ragan kon jinslaridan kon lahimlariga metan gazi ajralib chiqadi. Metan gazi uch shaklda ajralib chiqishi mumkin: oddiy, suflyar va to`satdan ajralib (otilib) chiqish.
Oddiy ajralib chiqish shaklida metan ko`mir qatlami va kon jinslarining ochilgan maydoni bo`yicha bir xil miqdorda tekis ajralib chiqadi va atmosferaga qo`shiladi.
Suflyar shaklda gaz jins yoriqlari, qatlamga burg`ilangan shрur va skvajinalar, shuningdek, geologik buzulish uchastkalari orqali oqib chiqib atmosferaga qo`shiladi. Suflyar gaz oqimi dastlabki vaqtlarda maksimal bo`lib, keyinchalik asta-sekin рasayib boradi. Suflyar gaz oqib chiqishi bir necha kundan tortib
bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Gazning to`satdan ajralib chiqishi shunday dinamik hodisaki, bunda ko`mir qatlamining bir qismi tez buzilib, bir onda katta miqdordagi gaz otilib chiqadi va o`zi bilan birga maydalangan
ko`mirni ham olib chiqib, kon lahimiga uyib qo`yadi. Ko`mir shaxtalari metandorlik bo`yicha quyidagi besh kategoriyaga bo`linadi (4.4- jadval).
4- jadval Shaxtalarni kategoriyalarga ajratishda mezon sifatida ularning
nisbiy metandorlik darajasi, ya`ni 24 soat davomida o`rtacha qazib olinadigan ko`mirning 1 tonnasiga to`g`ri keladigan ajralib chiquvchi (m 3 da o`lchanadigan) metan miqdori qabul qilingan.



Yüklə 166,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin