Samarqand shahar XTB ga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni’’ ga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ‘Eng yosh ixtirochi qizlar” ko’rik tanlovining o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
Bayonnomasi
13.09.2022
Qatnashdilar: Maktab MMIBDO‘ Boboyeva S.S
Fizika fani o’qituvchisi: Qo’chqorov I.
Kun tartibi:
‘’ Eng yosh ixtirochi qizlar’’ ko’rik tanlovini o’tkazish
to‘g‘risda
Yig‘ilishni MMIBDO‘ S.S.Boboyeva ochib berdi va 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni’’ ga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ‘’Eng yosh ixtirochi qizlar” ko’rik tanlovi haqida tushuncha berib o‘tdilar. So‘z navbatini fizika fani o‘qituvchisi Qo’chqorov Islomga berildi.
Qo’chqorov Islom 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni’’ ga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ‘Eng yosh ixtirochi qizlar’’ ko’rik tanlovi xaqida tushuncha berdi ushbu tanlovda 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi va tanlov so‘ngida natijalar aniqlandi. Natijalarga ko‘ra;
1-o‘rin Suyunboyeva Marjona
2- o‘rin Azamova Laziza egalladi
Yuqoridagilardan kelib chiqib
Qaror qiladi:
1.8-V sinf o‘quvchisi Suyunboyeva Marjonaga 1-o‘rin berilsin.
2. 8-V sinf o‘quvchisi Azamova Lazizaga 2- o‘rin berilsin.
Bayonnoma yozib boruvchi: Baratova E.T
Samarqand shahar XTB ga qarashli 34-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilish
Bayonnomasi
Qatnashdilar: 1.MMIBDO‘ Boboyeva S.S
2.Maktab amaliyotchi psexologi Yarmanova D
3.Maktab shifokori Qobilova N
4. Ijodiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Rustamova F
5.Maktab o‘quvchilari
Kun tartibi:
1.Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi holatlarni oldini olish to‘g‘risida.
2.Balog‘at yishiga yetmagan qizlarning o‘rtasida erta turmushning oqibatlari haqida tushuncha berish
Yig‘ilishni maktab MMIBDO‘ Boboyeva S.S ochib berdi va kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o‘tdilar. Voyaga yetmaganlar o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatchiliklar mamlakatimizda qolaversa Samarqand shahrida ham sodir etilayotganligi hech kimga sir emas. Shuningdek bunday huquqbuzarlik holatlari sodir etilmasligi uchun har bir voyaga yetmagan to’g’ri xulosa chiqarib, bo’sh vaqtlarini mazmuni o’tkazishlari, har bir fan bo’yicha sifatli ta’lim olishlari va to’g’araklarga faol qatnashishlari to’g’risida tushuncha berildi.
Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik hozirgi kunda ko’p sodir qilinayotgani va buning oqibatlari juda og’ir holatlarga olib kelayotgani haqida ma’lumotlar berildi. Mamlakatimizda, shuningdek, butun jahonda bolalarning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda bolalarning o’z o’rnilariga ega bo’lishlariga amaliy va nazariy ko’maklashish bo’yicha ma’lumotlar aytib o’tildi
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Boboyeva S so’z navbatini 34-maktab shifokori Qobilova N ga berdi. Maktab hamshirasi hozirgi kunda yoshlar o’rtasida erta turmushning avj olayotganligi va buning salbiy oqibatlari haqida o’quvchi yoshlarga ma’lumotlar berdi. Erta turmush natijasida mamalakatimizda ajrimlar soni ko’p bo’layotganligi va voyaga yetmaganlarning ota- ona qaramog’isiz qolayotganligi alohida ta’kidlandi. Yoshlarning eng avvalo kitobga mehr qo’yishlari, vaqtlarini mazmunli o’tkazishalri aytib o’tildi.Shuningdek, voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi xolatlar sodir etilayotganligi haqida aytib o’tdi. Har bir kishi o’z kun tartibini to’g’ri tuzib olishi lozimligini shundagina hech qanday huquqbuzarlik jinoyatchilik kabi holatlar sodir etilmasligi ta’kidlab o’tildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig’ilishda
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Boboyeva S so’z navbatini 34-maktab shifokori Qurbanova F ga berdi. Maktab hamshirasi hozirgi kunda yoshlar o’rtasida erta turmushning avj olayotganligi va buning salbiy oqibatlari haqida o’quvchi yoshlarga ma’lumotlar berdi. Erta turmush natijasida mamalakatimizda ajrimlar soni ko’p bo’layotganligi va voyaga yetmaganlarning ota- ona qaramog’isiz qolayotganligi alohida ta’kidlandi. Yoshlarning eng avvalo kitobga mehr qo’yishlari, vaqtlarini mazmunli o’tkazishalri aytib o’tildi.Shuningdek, voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi xolatlar sodir etilayotganligi haqida aytib o’tdi. Har bir kishi o’z kun tartibini to’g’ri tuzib olishi lozimligini shundagina hech qanday huquqbuzarlik jinoyatchilik kabi holatlar sodir etilmasligi ta’kidlab o’tildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig’ilishda
Qaror qilindi:
Voyaga yetmaganlar nazorati ota- onalar va pedagoglar tomonidan olib borilsin.
Erta turmushning salbiy oqibatlari haqida yoshlar o’rtasida targ’ibot ishlari o’tkazilsin.
Bayonnoma yozib boruvchi: Baratova E.T
Dostları ilə paylaş: |