FARG'ONA POLITEXNIKA INSTITUTI Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi yig’ilishining № 7 sonli navbatdan tashqari bayoni Farg’ona shahar. 23 fevral 2022 y.
Qatnashdilar professor-o’qituvchilar xamda xodimlarning jami soni 19 nafar.
Kun tarkibidagi masalar:
Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun to’g’risida;
Yangi o’quv yilining bahorgi semesterni korupsiyaga qarshi kurashgan holda oqilona hamda odil olib borish;
Tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlarini hamda dars jarayonlarini korupsiya qonun qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilish haqida professor o’qituvchilarni ogohlantirsh;
ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri L.K.Mamadaliyeva so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g’risida qonuni haqida ma’lumot berdi. Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni gapirib o’tdilar.
Ikkinchi va uchinchi masala yuzasidan kafedra mudiri L.K.Mamadaliyeva so‘z olib, boshlanayotgan yangi o’quv yilining bahor semestrni odil hamda oqilona olib borish haqida kafedra professor o’qituvchilarini ogohlantirdi. Ishlab chiqarish va tanishuv amaliyotlariga talabalarni o’z vaqtida yetib borishini ta’minlash va korxonaning ichki tartib qoidalarini bilan tanishtirish, korxonadagi mavjud laboratoriya jihozlari bilan tanishtish, xavfsiz texnikasi qoidalari o’tkazish vazifasi belgilab berildi. Ishlab chiqarish va tanishuv amaliyotlari davrida talabalarni kelib ketishini hafta davomida nazorat qilish va ishlab chiqarishda olingan bilim va ko’nimalar bo’yicha hisobotlar tayyorlab tartiblari bo’yicha tushintirsh ishlari olib borildi. Amaliyot davrida talabalar bilan korxona rahbariyati o’rtasida korupsiyaga yo’l qo’ymaslik bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Korxonada olgan bilim va ko’nikmalar asosida hisobot tayyorlab, belgilangan muddat ichida amaliyot rahbariga topshirilishi haqida tavsiyalar berildi.
Muzokarada kafedra katta o’qituvchisi S.Zokirov so‘z olib, talabalar bilimini shffof baholash tizimda amaliyot hisobotlarini qabuli amalga oshirilishi, yangi o’quv yilini ham korupsiya qonun qoidalariga rioya qilgan xolda olib borish mumkinligi xaqida gapirib o‘tdi.