Qattiq dori shakllari



Yüklə 25,74 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#134365
Qattiq dori shakllari


Qattiq dori shakllari
Qattiq dori shakllariga kukunlar, kapsulalar, tabletkalar, draje va pilyulyalar kiradi. Kukunlar (pulveris) — ichish va sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan sochiluvchan qattiq dori shakli. Ular keng ishlatiladi, boshqa dori shakllari orasida 25—30% ni tashkil qiladi va turli minerallar, organik moddalar va quritilgan o‘simlik qismlaridan tayyorlanishi mumkin. Kukunlar yirikroq, mayda va judamaydalangan bo‘ladi. Ular qancha mayda bo‘lsa, sirtga qo‘llanganda shuncha tanaga yaxshi yopishadi, ichilganda esayaxshi so‘riladi va farmakologik ta’siri tez yuzaga chiqadi. Kukun bir dori vositasidan tashkil topgan bo‘lsa – oddiy, bir nechadan tashkil topgan bo‘lsa – murakkab deyiladi. Bundan tashqari, ular retseptda yozilishi bo‘yicha bo‘lingan va31bo‘linmagan bo‘lishi mumkin. Retseptda yozilgan dorining birmartalik dozasi ko‘rsatilgan bo‘lsa — bo‘lingan (dozalangan),ishlatish uchun umumiy miqdori keltirilgan bo‘lsa — bo‘linmagan (dozalanmagan) kukun deyiladi.Bo‘linmagan kukunlar, asosan, sirtga qo‘llash uchun beriladi va bemorning o‘zi kerakligicha teriga yoki yaraga sepadi. Ichishga mo‘ljallangan kukunlar ham bo‘lishi mumkin. Ular ham oddiy (bir doridan iborat) va murakkab (bir necha doridan iborat) bo‘lishi mumkin.
Rp.: Anaesthesini 5,0 Zinci oxydi 25,0 Talci ad 50,0 M. f. pulv. D. S. Sirtga qo‘llash uchun.
#
Rp.: Magnesii sulfatis 50,0
D. S. 1 osh qoshiqni 1 stakan iliq suvda eritib ichish uchun.
#
Rp.: Streptocidi 5,0
D. S. Yaraga sepish uchun.
Bo‘lingan (dozalangan) kukunlar, asosan, ichish uchun beriladi. Har bir kukun ma’lum bir dozada (miqdorda) bir marta qabul qilinadi. Retseptda kukunning umumiy miqdori (soni) 10—12 tadan yoziladi. Har kukunning miqdori 0,1—1,2 g atrofida bo‘lishi kerak. Agar dori vositasining bir martalik dozasi 0,1 g dan kam bo‘lsa, unda indifferent (ta’sirsiz) modda (shakar, natriy bikarbonat) qo‘shilib, talab qilingan miqdorga yetkaziladi. Dozalangan kukunlar ham dozalanmagan kukunlar singari oddiy (bir dori vositasidan iborat) va murakkab (bir necha dorilardan tashkil topgan) bo‘lishi mumkin.
Rp.: Bromizovali 0,3
D.t.d.N. 12
S. 1 kukundan kuniga 3 marta ichilsin.
#
Rp.: Ext. Belladonnae 0,015
Sacchari albi 0,3
M. f. pulv.
D.t.d.N. 12
S. 1 kukundan kuniga 3 marta ichilsin.
Agar yozilgan dori vositasi yengil uchuvchan yoki nam so‘rib oluvchi xususiyatga ega bo‘lsa, unda har bir kukun xitoy32 yoki parafinlangan qog‘ozda beriladi. Bu to‘g‘rida retseptda qayd qilinishi kerak. Boshqa hollarda kukunlar oddiy toza oq qog‘ozga o‘rab beriladi. Òibbiy kapsulalar (capsulae medicinalis). Dozalangan kukunsimon va suyuq dori vositalarini kraxmal, jelatina yoki glukozadan yasalgan va ichish uchun beriladigan pardalik dori shakliga kapsulalar deyiladi.
Kapsulalar tarkibiga qarab turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Kraxmalli kapsulalar oq rangli qopqoq bilan yopiladigan (diametri 11 dan 23 mm gacha), angishvonasimon bo‘ladi. Ularda yomon ta’mli va hidli dori vositalari beriladi. Cho‘ziluvchan va qattiq jelatinali kapsulalar sharsimon, tuxumsimon, uzunchoq shaklli bo‘ladi. Ularga 0,1 dan 1,5 g gacha dori vositasi joylanadi. Qattiq kapsulalarda uchuvchan, nam so‘rib oluvchi va mahalliy ta’sir etuvchi dori vositalari beriladi. Cho‘ziluvchan kapsulalarda, asosan, suyuq dori vositalarizavodlarda tayyorlanadi. Retseptda kapsulalarning yozilishi dozalangan kukunlar singari bo‘lib, faqat qanday kapsula turi ekanligi ko‘rsatiladi, xolos.
Rp.: Omeprasoli 0,02
D.t.d.N. 10 in capsules oblatis
S. 1 kapsuladan kechqurun ichilsin.
#
Rp.: Euphyllini 0,l
Dimedroli 0,025
M. f. pulvis
D.t.d.N. 12 in capsules oblatis
S. 1 kapsuladan kuniga 3 marta ichilsin.
Òabletkalar (Tabuletta) fabrika-zavodlarda maxsus tabletka chiqarish uchun moslashgan mashinalarda presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan qattiq dori shaklidir. Ular turli ko‘rinishda — dumaloq, ikki tomoni qubbalik yoki tuxumsimon shaklda bo‘lishi mumkin. Òabletkalar ko‘p tomonlama qulaylikka ega (uzoq muddat saqlash, yomon maza va hidini niqoblash mumkinligi, qabul qilinishning osonligi, ixchamligi va b.). Òabletkalarning sathi un, kraxmal, dekstrin, kakao va boshqalar bilan ishlanadi. Ayrim hollarda esa dori vositalari me’da shirasi ta’sirida parchalanib ketmasligi va ingichka ichakdan o‘tib, so‘rilishini ta’minlash maqsadida tabletkalar maxsus parda bilan qoplanadi.33
Òabletkalarning og‘irligi uning tarkibidagi dori vositalari miqdoridan ko‘proq bo‘ladi, chunki ularning tarkibiga shakl beradigan indifferent va yopishtiruvchi moddalar qo‘shiladi. Bular tayyor dori shakli bo‘lgani uchun retseptda yozilishida faqat asosiy dori vositasi va uning miqdori ko‘rsatiladi, xolos.
Rp.: Analgini 0,5
D.t.d.N. 10 in tabul.
S. Bosh og‘riganda 1 tabletkadan ichilsin.
#
Rp.: Tabulettae Analgini 0,5
D.t.d.N.10
S. Bosh og‘rig‘ida 1 tabletkadan ichilsin.
#
Rp.: Tab. Analgini 0,5 N.10
D.S. Bosh og‘rig‘ida 1 tabletkadan ichilsin.
Òeri ostiga qo‘yiladigan sterillangan tabletkalar ham mavjud (teturam). Draje (Dragee) dozalangan qattiq dori shakli bo‘lib, ichish uchun mo‘ljallangan. Ular dori vositasini va qo‘shimcha moddalarni qavatma-qavat qo‘yish yo‘li bilan tayyorlanadi. Ularning og‘irligi 1 g dan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda kislotali sharoitda parchalanmasligi va ichak ishqoriy sharoitida erishi uchun ular sathi maxsus parda (keratin va asetilftalselluloza) bilan qoplanadi.
Rp.: Aminazini 0,025
D.t.d.N. 20 in dragee
S. 1 drajedan kuniga 3 marta ichilsin.
#
Rp.: Dragee Aminazini 0,025
D.t.d.N. 20
S. 1 drajedan kuniga 3 marta ichilsin.
Pilyulyalar (Pilula) dorixonada tayyorlanadigan dozalangan sharcha ko‘rinishdagi dori shakli bo‘lib, ichish uchun mo‘ljallangan. Ular kuchsiz ta’sirli o‘simlik kukunlari va quyuq ekstraktlar yordamida, asosan, yomon ta’mli va juda uzoq ichish uchun mo‘ljallangan dori vositasidan tayyorlanadi. Pilyulya mashinkasida 25–30 tadan chiqariladi va retsept shuncha miqdorda yoziladi. Pilyulyalar qutichalarda beriladi. Yozilish qoidasi tabletkalar singari bajariladi.34 Keyingi vaqtda pilyulyalar deyarli ishlatilmayapti, chunki ularni tayyorlash qisman mushkul va ular o‘rnida tayyor tabletkalardan foydalaniladi.
Rp.: Mercasolili 0,15
Ext. Valerianae 1,5
Massa pilularum q. s. ut f. pilulae N.30
D. S. 1 pilyulyadan kuniga 3 marta ichilsin.

Suyuq dori shakllari


Suyuq dori shakllariga eritma, damlama, qaynatma, tindirma (nastoyka), suyuq ekstraktlar, aralashmalar, suspenziyalar, tomchilar, shilimshiqlar va emulsiyalar kiradi. Ular keng ko‘lamda ishlatilib, dori shakllari orasida 60—65% ni tashkil etadi. Eritma (Solutio). Eritmalar qattiq, gazsimon va suyuq dori vositalarini erituvchida eritilgan tiniq dori shaklidir. Erituvchimodda sifatida distillangan suv (Aqua purificata), ayrim hollarda etil spirti (Spiritus aethylicus 40, 70, 90, 96%), glitserin (Glycerinum) va turli moylar ishlatiladi. Ular tiniq, cho‘kmasiz bo‘lishi kerak. Eritmalar ishlatilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ichga yuborish uchun eritmalar, inyeksiya uchun va sirtga qo‘llash uchun. Ichga yuboriladigan eritmalar og‘iz orqali (per os) va to‘g‘ri ichak yo‘li (per rectum) bilan kiritiladi. Og‘iz orqali ichiladigan eritmalarni retsetda yozishda dori vositasining bir martalik o‘rtacha davo dozasi qabul etiladigan dorining umumiy soniga ko‘paytiriladi, erituvchi qaysi hajmda bo‘lishiga qarab, u ham iste’mol etish miqdoriga ko‘paytiriladi. Bunday eritmalar osh (15 ml), desert (10 ml) va choy qoshig‘ida (5 ml) ichilishi mumkin. Ular 10—12 martaga yoziladi.
Rp.: Natrii bromidi 0,512 = 6,0
Aquae purificata 1512 = 180 ml
M. f. solutio
D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
#
Rp.: Sol. Natrii bromidi 3,3 % – 180 ml
D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.35
Òo‘g‘ri ichakka yuboriladigan eritmalar – klizmalar, ko‘pincha eritmani og‘iz orqali yuborishning iloji bo‘lmaganda (behush holat, og‘iz, qizilo‘ngach,oshqozon operatsiyalari va kasalliklari) ishlatiladi. Klizma qilinadigan dori vositalari mahalliy va rezorbtiv ta’sir etishi mumkin. Klizmaning umumiy hajmi kattalar uchun 100—150 ml, bolalar uchun 30–50 ml bo‘lishi kerak. Katta hajmdagi klizmalar ichni suradi.
Aralashmalar (miksturalar – Mixtura) suyuq dori shakli bo‘lib, tarkibida bir necha dori vositalarini saqlaydi. Eritma xira va cho‘kmalari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham qo‘llashdan oldin chayqatiladi. Ichish uchun qoshiqlarda 10–12 martaga, sirtga qo‘llash uchun (chayish, yuvish) esa 100–200 ml gacha yoziladi. Miksturaning retseptda yozilishi ichiladigan eritma singari bo‘ladi.
Rp.: Coffeini narrii benzoatis 0,0510=0,5
Natrii bromidi 0,210=2,0
Aquae purificata 1510=150 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Òomchi (Gutta) eritmaning bir turi bo‘lib, ichish uchun va sirtga qo‘llash uchun beriladi. Òomchining hajmi va og‘irligi erituvchi solishtirma og‘irligiga va tomizg‘ichning kattakichikligiga bog‘liq. Farmakopeyaga asoslanib 20°Ñ haroratda tomizg‘ichning diametri 0,6 mm bo‘lsa 1 ml distillangan suvda
20 tomchi, 1 ml 90° etil spirtida 51 tomchi bor. Bu eritmalar 1 marta ichish uchun 5–10 tomchidan berilib, hammasi bo‘lib 20 marta uchun yoziladi. Suvda erigan dori vositasining 1 martalik o‘rtacha davolash dozasi 5 yoki 10 tomchidan bo‘lishi
kerak.
Rp.: Atropini sulfatis 0,000520=0,01
Aquae purificata 10 tomchi  20=200 tomchi =10 ml
M. f. solutio
D.S. 10 tomchidan ichish uchun.
#
Rp.: Sol. Atropini sulfatis 0,1 % – l0 ml
D. S. 10 tomchidan ichilsin.
#
Rp.: Sol. Albucidi 30 % – 10 ml
D.S. 2 tomchidan ikkala ko‘zga kuniga 3–4 marta tomizish uchun.36 Sirtga qo‘llanadigan eritmalar. Bu guruhga ko‘z, quloq, burun tomchilari, bo‘shliqlar va teri yaralarini chayish, yuvish, teriga kompress va namlangan matolarni qo‘yish kiradi. Eritmalarga retsept yozilishida eritmaning konsentratsiyasi va umumiy hajmi ko‘rsatiladi. Bular ishlatilish usuli, joyi va maqsadiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, ko‘z, burun va quloq tomchilari uchun eritma 5 ml yoki 10 ml, og‘izni va tomoqni chayish uchun 150–200 ml, jarohat, yaralarni yuvish uchun esa 500 ml gacha yoziladi. Sirtga qo‘llanadigan eritmalar, asosan, antiseptik ta’sirli dori vositalaridan tashkil topgan.
Rp.: Furatsillini 0,1
Aquae purificata 500 ml
M. f. solutio
D. S. Yaralarni yuvish uchun.
#
Rp.: Sol. Furacillini 0,2 % – 500 ml
D. S. Yaralarni chayish uchun.
#
Rp.: Sol. Protargoli 3 % – 10 ml
D.S. Burunga 2 tomchidan kuniga 3 marta tomizish
uchun.
Ekstraktiv suyuq dori shakllari. Bular damlamalar, qaynatmalar, yig‘malar (Infusum, Decocta, Species) turli dorivor o‘simliklardan ajratib olingan dori vositalari hisoblanadi. Damlamalar o‘simliklarning yumshoq qismidan — bargi, guli, o‘tidan, qaynatmalar esa o‘simliklarning qattiq qismlaridan — ildiz poyasi, ildizi, po‘stlog‘idan tayyorlanadi. Yig‘malar — choylar esa bir necha o‘simliklarning turli qismlaridan dorixonalarda tayyorlanib, xaltachalarga solingan holda beriladi va bemorlarning o‘zi uy sharoitida shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha
tayyorlaydi va iste’mol qiladi. Bular kuchli ta’sirli va zaharli o‘simliklardan xoli bo‘lib, asosan, ichish uchun mo‘ljallanadi (qoshiq, stakanlarda).
Kuchli ta’sirli o‘simliklardan damlamalar 1:300, boshqalaridan 1:30, qaynatmalar esa 1:10 nisbatda tayyorlanadi va 10–12 martaga yoziladi.
Rp.: Inf. fol. Digitalis 0,6 (0,05l2 ) — l80 ml (1512)
D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
#37
Rp.: Inf. herbal. Adonis vernalis 6,0 (0,5l2) – 180 ml (1512)
Natrii bromidi 3,6 (0,312)
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Galen preparatlari (dori nastoykalari, tindirmalar –Tinctura va suyuq ekstraktlar – Extractum). Ular farmatsevtik korxonalarda tayyorlanadi va shuning uchun ofitsinal yoki tayyor dori shakli hisoblanadi. Asosan etil spirtida (40%, 70%), ayrim hollarda suv yoki efirda ishlanadi va tomchilar shaklida buyuriladi. Bundan tashqari, ular uzoq muddat saqlanishi mumkin. Zaharli moddalar saqlaydigan nastoykalar 1:10, kuchli ta’sir etuvchilar 1:5, suyuq ekstraktlar esa 1:1 nisbatda
tayyorlanadi va 25–50 ml da chiqariladi.
Rp.: Tincturae Valerianae 25 ml
D.S. 20–25 tomchidan ichilsin.
#
Rp.: Tincturae Belladonnae 5 ml
Tincturae Valerianae
Tincturae Convallariae aa 10 ml
M.D.S. 15—20 tomchidan kuniga 3 marta ichilsin
(Zelenin tomchisi). Ekstraktlar dori moddasini o‘simlik xomashyosidan suv,
spirt yoki efir yordamida ajratib olinadi, keyin erituvchini bug‘lantirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Ekstraktlar 1:1 yoki 1:2 konsentratsiyada tayyorlanadi. Ekstraktlar suyuq — Extractum fluidum, quyuq — Extractum spissum va quruq — Extractum
siccum bo‘ladi.
Rp.: Extr. Eleuterococci fluidi 25 ml
D.S. 25 tomchidan kuniga 3 mahal ichilsin.
Emulsiyalar (Emulsium) ikki fazali dispers tizimdan tashkil topgan dori shakli bo‘lib, dispers sharoit suv hisoblansa, dispers faza esa suvda erimaydigan suyuqlik, asosan, yog‘lar bo‘ladi. Bundan asosiy maqsad yog‘larning ichakdan so‘rilishini
ta’minlash va bemaza, boshqa noxush hidni sezdirmaslikdir. Ular faqat ichish uchun tavsiya etilib, tayyorlanishi bo‘yicha ikki xil – urug‘li va yog‘li bo‘ladi. Yog‘li emulsiyalar tarkibida suv, yog‘ va emulgator (araviya, o‘rik yelimi va b.) bo‘ladi. Yog‘, emulgator va tayyor emulsiyaning bir-biriga nisbati o‘rik yelimi uchun 10:3:100, boshqa emulgatorlar uchun esa 10:5:100.38
Rp.: Emulsi Olei Ricini 100 ml
D.S. 1 marta ichish uchun.
#
Rp.: Olei Ricini 15 ml
Gelatosae 7,5
Aquae purificatac ad 100 ml
M. f. emulsum
D.S. 1 marta ichish uchun.
Urug‘li emulsiyalar o‘simliklarning urug‘idan emulgator qo‘shmasdan tayyorlanadi, chunki urug‘ tarkibidagi ayrim moddalarning (oqsillar, pektinlar) emulgatorlik xossasi hisobga olinadi. Urug‘ bilan suv nisbati yog‘li emulsiya singari bo‘ladi.
Rp.: Seminis Amygdali dulci 15,0
Aquae purificata 100 ml
M. f. emulsum
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Shilimshiqlar (Mucilago). Ular ayrim shilimshiq saqlagan o‘simlik preparatlarini (araviya va o‘rik yelimi), kraxmalni yoki o‘simlik qismlarini (gulxayri ildizi) suvda eritish va ishlash bilan tayyorlanadi.
Ular ichilganda me’da-ichak shilliq pardalarini turli ta’sirdan saqlaydi. Shu sababdan mahalliy qitiqlovchi ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari bilan og‘iz yoki to‘g‘ri ichak orqali yuboriladi.
Rp.: Chlorali hydrates 1,0
Mucilagmis Amyli.
Aquae purificatae aa 50 ml
M.D.S. 1 marta klizma uchun
Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin