Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə123/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Ishni bajarish tartibi:
Siydik-ayirish a`zolari kasalliklariga - nefrit, piyelonefrit, sistit va uretrit kiradi.
Nefrit-buyrak to‘qimasining yallig‘lanishidir.
Sababi. Angina, difteriya, otit, zotiljam, plevrit, sil kasalliklarining asorati sifatida paydo bo`lishi mumkin.
Belgilari. Qovoqlarda shish, arteriyal qon bosimining ko‘tarilishi, siydikda qon bo‘lishi, bosh og‘rishi, bel sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘ir hollarda bel, qorin va oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, siydik miqdorining kamayishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam.
1. Bel sohasiga issiq grelka qo‘yiladi.
2. Arterial qon bosimi baland bo‘lsa: raunatin, adelfan, atenolol tabletkalaridan birontasi 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal.
3. Mikroblarga qarshi antibiotiklardan penitsillin 1,0 gr 4 mahal muskul orasiga, ampitsillin, oksatsillin yoki ampioks 0,5 gr kuniga 3 mahal, sefazolin 1,0 gr 2 mahal muskul orasiga.
4. Siydik haydovchi dorilar: laziks 2 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga, furasemid yoki diakarb tabletkasi 1-2 tabletka ertalab ichish tavsiya etiladi.
5. Parhez (tuzi kam, achchiq, sovuq ovqat va suyuqliklarni iste`mol qilish man etiladi) ga e`tibor beriladi.
6. Og`ir jismoniy mehnat qilishdan ozod etiladi.
Sistit kasalligida tibbiy yordam
Sistit - siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishidir.
Sababi. Siydik pufagidagi turli organik toshlar hamda siydik chiqarish yo`li kasalliklari natijasida pufakda siydikni dimlanishi, qovuqni kateterlashda infeksiya tushishi natijasida hosil bo`lishi mumkin.
Belgilari. O`tkir sistitda tana harorati ko‘tariladi, tez-tez og‘riqli siyish, qovuq sohasida og‘riq bo`ladi. Siydik cho`kmasida leykotsitlar ko`p miqdorda epiteliy, eritrotsitlar uchraydi. Kasallik 5-10 kun davom etishi mumkin. Surunkali sistitning asosiy belgilaridan biri siydikda ko`p miqdorda leykosit ko`p bo`ladi. Siydik loyqa, ishqoriy sharoitli bo`lib o`ziga xos o`tkir hid kelib turadi. Surunkali sistit uzoq vaqt-oylab, yillab davom etishi mumkin. Kasallikning ayrim belgilari ularning o`tkir yoki surunkali kechishiga qarab farqlanadi.
Tibbiy yordam.
Kasallikning o`tkir formasi bilan og`rigan bemor o`rnida yotishi va ko`p suyuqlik (sut, ishqoriy madanli suvlar) iste`mol qilishi lozim. Parhez, sutli, sabzavotli ovqatlar ko`proq buyuriladi. Buyrak sohasini issiq tutish, iliq grelka qo`yish, dorilardan sulfanilamidlar, furadonin, antibiotiklar beriladi. Surunkali sistitda og`riq bezovta qilganda belladonna ekstrakti 10-15 tomchidan kuniga 2-3 mahal, sistenal 5-10 tomchidan, urolesan 8-10 tomchidan shakarga tomizib kuniga 2-3 marta ichiriladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin