Qayd raqami


Profilaktik emlash kalendari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə132/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Profilaktik emlash kalendari.



Yoshi

Emlash turlari

1- kun

VGB-1

2-5 kunlikda

OPV-0, BCG

2 oylikda

AKDS-1, VGB-2 + XIB – 1, OPV-1

3 oylikda

AKDS-2, VGB-3+ XIB – 2, OPV-2

4 oylikda

AKDS-3, VGB-4+ XIB – 3, OPV-3

12 oylikda

KPK-1

16 oylikda

AKDS-4, OPV-4.

6 yoshda

KPK-2

7yoshda (1-sinf)

ADS-M-5, OPV-5, BCG -2

14-15 yoshda (8-sinf)

BCG -3

16 yoshda

ADS -M-6



Izoh:
VGB – “B” gepatitga qarshi vaksina (Вакцина против гепатита “B”)
OPV – poliomiyelit (shol) ga qarshi vaksina (Оральная полиомиелитная вакцина)
BCG – silga qarshi vaksina (БЦЖ (Бацилла Кальмeта-Герeнафр. Bacillus Calmette-Guérin,)
AKDS – ko`kyo`tal, bo`g`ma (difteriya), qoqsholga qarshi vaksina (Адсорбированная коклюшно -дифтерийно-столбнячная вакцина)
XIB – grippga qarshi vaksina (ХИБ - HIB (Sanofi Paster) Франция – это вакцина для профилактики гнойно-септических заболеваний, вызываемых Haemophilus influenzae тип b (гемофильная палочка), таких как менингит, сепсис , эпиглоттиты , пневмонии, у детей с трехмесячного возраста.)
KPK – qizamiq, tepki, qizamiqqa, qarshi vaksina (Кор, Паротит, Краснуха)
ADS M – bo`g`ma va qoqsholga qarshi vaksina (Адсорбированная дифтерийно-столбнячная вакцина малых дозах.)

DEZINFEKSIYA. DEZINSEKSIYA. DERATIZATSIYA.
Ish -1.Dezinfeksiya.Dezinfeksiyalovchi eritmalarni tayyorlash.
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar va materiallar: Xlorli ohak, xloramin, kaliy permanganat, lizol, spirt, fenol, yuvish vositasi, kislotalar, ishqorlar, ampitsillin, shisha idish, sirli idish, suv, doka, mavzuga taalluqli rasmlar va jadvallar.
Ishni bajarish tartibi:
Dezinfeksiya – yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni yo’qotishga qaratilgan tadbirdir.
Dezinfeksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bor.
Dezinfeksiyaning mexanik usulida supurish, qoqish, artish, yuvish yordamida buyum yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga mikroblardan ham halos bo’ladi. Xona havosi shamollatilganda xona havosidagi mikroblar soni kamayadi.
Fizik usul qaynatish, kuydirish, dazmollash, quyosh va ultrabinafsha nurlar, suv bug’i mikroblarga halokatli ta’sir ko’rsatadi.
Kimyoviy usulda har xil kimyoviy moddalar – galoidlar, oksidlovchilar, spirt, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar qo’llaniladi.
Biologik usul mikrob kulturalarini o’stirishda amaliy sharoitida qo’llaniladi. Masalan, qizamiq qo’zg’atuvchilarini oziqli muhitda o’stirishda yoki flora o’sishini to`xtatish maqsadida oziq muhitiga ampitsillin qo’shiladi.
Xlorli ohak oq rangli qumoq kukun bo’lib, unda xlorning o’tkir hidi bo’ladi. U gaz holatidagi xlorni so’ndirilgan ohak orqali o’tkazish yo’li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda (26% , 32% va 35% li ) chiqariladi. Xlorli ohakning ishchi eritmalari uning 10% li eritmalaridan tayyorlanadi.Tayyorlangan 10% li xlorli ohak eritmasi usti yaxshi berkitiladigan shisha idish yoki emalli idishda qorong’i joyda bir sutka davomida tindirish uchun qo’yiladi. Bir sutkadan so’ng, tindirilgan eritma dokaning bir necha qavatidan o’tkaziladi, qoldig’i tashlab yuboriladi. Tindirilgan xlorli ohak eritmasi qoraroq tusdagi berkitiladigan shisha idishlarga solinib, ko’pi bilan 6 kun saqlanadi.
10% li tindirilgan xlorli ohak eritmasidan boshqa foizli eritmalar tayyorlash:

Eritma%

10%li xlorli ohak eritmasi (ml)

Suv (ml)

Tayyor eritma(l)

0,5%

50

950

1

1%

100

900

1

2%

200

800

1

3%

300

700

1

5%

500

500

1

3%

3000

7000

10

5%

5000

5000

10

Xloramin eritmasini tayyorlash.
Dezinfeksiyada xloraminning 0,2% dan 5% gacha konsentratsiyadagi eritmalari keng qo’llaniladi (eritma bevosita dezinfeksiyadan oldin tayyorlanadi).



Eritma %

Xloramin miqdori (gramm)

1 litr hisobida

5 litr hisobida

10 litr hisobida

0,5

5

25

50

1

10

50

100

2

20

100

200

3

30

150

300

5

50

250

500

Ish -2 Dezinseksiya usullari.
Kerakli jihozlar va materiallar: Himoya kiyim-boshi, to’r, dietiltoluamid (DETA), dimetilftalat ( DMF), benzilin, DDT (dust), geksaxloran, dixlorofos, karbofos, xlorofos, dibrom (naled), benzilbenzoat suspenziya, kerosin, nittifor, bura, borat kislota.
Ishni bajarish tartibi:
Dezinseksiya – yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini tashib yuruvchi hasharotlar va bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurashishdir.
Dezinseksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy usullari bor.
a) Dezinseksiyaning mexanik usulida chang so’rg’ich, pashsha o’ldirgichlar yordamida hashorat va bo’g’imoyoqlilar yo’qotiladi.
b) Dezinseksiyaning fizik usuli: kam qimmatli kiyimlar, narsalar kuydiriladi. Kiyim-bosh , ko’rpa-to’shaklar qaynatiladi , dazmollanadi.
c) Kimyoviy usulda hasharotlarni yo’qotish uchun insektitsidlar (lotincha insectum-hashorat) kanalarni yo’qotish uchun akaritsidlar (lotincha acarina-kana) ishlatiladi. Insektitsidlarni qo’llashning eng tarqalgan formalari kukunsimon preparatlar (dustlar, granulalar, namlanadigan kukunlar), eritmalar, aerozollar, sovun, shampunlar hisoblanadi.
Ish -3 Deratizatsiya.
Kerakli jihozlar va materiallar: krisid, zookumarin, rux fosfidi, margumush, tiosemikarbazid, bariy fosfat, zaharlangan don, qopqon, to’r, xlorpikrin, mavzuga oid rasmlar jadvalllar.
Ishni bajarish tartibi:
Deratizatsiya - yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini tashib yuruvchi kemiruvchilar, sichqon, yumronqoziq, kalamushlarni yo’qotishga qaratilagan chora-tadbirlardir.
Deratizatsiyaning mexanik, kimyoviy, biologik usullari mavjud.
Deratizatsiyaning mexanik usulida qopqon, tuzoq, to’rlar yordamida kemiruvchilarga qarshi kurashiladi .
Deratizatsiyaning kimyoviy usulida nafas yo’lariga va ichak yo’llariga ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatiladi.Nafas yo`llariga ta`sir etuvchi zaharli moddalar vagonlar, skladlar, dala sharoitida uyalarga ishlov berishda ishlatiladi. 1 kub metr binoga ishlov berishda 60-100 gramm sulfid angidrid, 45 gramm xlorpikrin, 700 gramm karbonat angidrid ishlatiladi.
Ichaklarni zaharlovchi moddalarni tuzoqni zaharlab qo’yishda ishlatiladi. Tuzoq sifatida don, non ushog’i, bo’tqa, xamir va boshqalar ishlatiladi. Zaharlangan tuzoqlar alohida jihozlangan va ajratib qo’yilgan binolarda, alohida tayyorgarlikdan o’tgan shaxslar tomonidan tayyorlanadi.
Zaharlangan tuzoqlar tayyorlashda krisid, zookumarin, difenatsid, bariy sulfat, rux fosfid, tiosemikarbazid, margumush va boshqa preparatlar qo’llaniladi. Inson va hayvonlar uchun ko’proq xavflisi rux fosfid va margumush preparatlari, kamroq xavflisi krisid, zookumarindir.
Biologik usulda kemiruvchilarni qirib tashlashda bakteriologik kulturalar (kalamush tifi kulturasi, sichqon tifi kulturasi) keng qo’laniladi. Bakteriologik kulturalar oziq tuzoqlari sifatida ishlatiladi. Bakteriologik kulturalarni davolash muassasalarida, oziq-ovqat korxonalarida, umumiy ovqatlanish muassasalarining oziq-ovqat saqlanadigan joylarida qo’llab bo’lmaydi.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin