3.Traxeit. Bronxit.Pnevmoniya (zotiljam) Traxeit – kekirdak shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi.Shamollash, gripp virusi.
Belgilari.Quruq va og‘riqli yo‘tal, yo‘talganda ko‘krak qafasining yuqori o‘rta qismida qirilish, ba‘zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam.Laringitga o`xshash.
Bronxit – bronxlar shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi.Shamollash, gripp virusi.
Belgilari. Oldiniga quruq yo‘tal bo‘lib, 3-4 kundan keyin shilimshiqli yopishqoq balg‘am ajralishi. Yo‘talganda ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, qirilish. Nafas olganda xirillash. Auskultatsiya usuli yordamida quruq xirillash tovushlarini eshitish. Ba‘zida tana harorati ko‘tarilishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1. Laringitga o`xshash.
2.Yo`talga qarshi tabletkalar (mukaltin va boshqa), altey damlamasi. Pnevmoniya (zotiljam) – o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi.
Sababi.Shamollash, pnevmokokk, stafilokokk mikroblarining yuqishi, grippning asorati.
Belgilari.Nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi, yo‘talish va balg‘am ajralishi, ko‘krak qafasida og‘riq, umumiy holsizlik, fonendoskop yordamida auskultatsiya qilinganda (o‘pkani eshitganda) krepitatsiya tovushi eshitiladi (chuqur nafas olgan paytda o‘pkadan qorni bosganday g‘ijirlash tovushi eshitiladi), shuningdek, sovun ko`pigi yorilgandagiga o`xshash ho‘l xirillash eshitiladi, tana harorati ko‘tariladi.
Tibbiy yordam.1.Bemor ko‘rpa-to‘shakda kamida 1-2 hafta yotishi kerak.
2.Harorat ko`tarilganda aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan bittasi ichiriladi yoki analgin, demidrol, novokain qo`shib muskul orasiga yuboriladi.
Yosh bolada tana harorati 38 dan yuqori bo`lsa tirishishning oldini olish uchun magneziy sulfat 25 %-2-3 ml va novokain 0,5 %-1-2 ml qo`shib muskul orasiga yuboriladi.
3.Antibiotiklardan – gentamitsin 80 mg kuniga 2 mahal, bolalarga yarmi. Kloksatsillin (dikloksatsillin), oksatsillin, ampitsillin, ampioks - 0,5-1 gr dan kuniga 3-4 mahal, sefazolin -1,0 kuniga 2 mahal 5-7 kun muskul orasiga.
4.Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometoksin) kuniga 2 mahal 1-2 tabletkadan ichiriladi.
5.Yo`talga libeksin, tusupreks, altey, bromgeksin, mukaltin bittasi 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ichiriladi.
6.Ko‘krak qafasining oldidan o‘ng tomoniga, orqadan ikkala kuraklarning o‘rtasi va ostiga gorchichnik yoki banka qo‘yiladi.
7.Kasallik og‘ir kechganda qon yoki qon zardobi (mos guruh) 100-200 ml, vena tomiriga tomchi usulida, haftada 1-2 marta, jami 2-4 marta.
Izoh:Bolalarning yoshiga qarab dori dozasining yarmi yoki uchdan biri beriladi.