Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə11/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

6. Bemorni sun`iy ovqatlantirish. Parhez taomlar.
Bemorni sun`iy ovqatlantirish. Og'ir holatdagi bemorlar enteral (ovqat hazm qilish tizimiga zond orqali) va parenteral (vena tomiriga tomchi usulda kaloriya beruvchi suyuqlik yuborish) yo`l yordamida ovqatlantiriladi.
Sun'iy ovqatlantirish quyidagi turlarga bo'linadi:
1.Burun yoki og'iz orqali me`daga yuborilgan zond orqali.
2.Me`daga fistula qo'yish (operatsiya yo`li bilan qorin devoriga naycha o`rnatish).
3.Vena qon tomiriga tomchi usulida glyukoza, qon zardobi kabilarni yuborish.
4.To'g'ri ichak orqali klizma yo'li bilan ovqat moddalarini yuborish.
Parhez taomlar. Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular 15 ta parhez stoliga bo`linadi.
Parhez stollari. Parhez № 1. Qaytalanuvchi me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq.
Parhez № 2. Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq, teftel, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon.
Parhez № 3. Surunkali ich qotganda qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir.
Parhez № 4. Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi.
Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy.
Parhez № 5. Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye.
Parhez № 6. Podagra kasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq.
Parhez № 7. Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamda sog'ayish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi.
Parhez № 8. Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar.
Parhez № 9. Qandli diabet kasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar.
Parhez № 10. Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar.
Parhez № l1 . Sil, kamqonlik va boshqa qon kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi.
Parhez № 12. Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi.
Parhez № 13. O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqlik (mineral suv, sharbat) lar, qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i.
Parhez №14. Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi:
a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xat mahsulotlari beriladi.b) siydikda oksalat cho'kmalari bo'lganda, bemorga loviya, no'xat mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud. Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo'lgan mahsulotlar beriladi.
Parhez №15. Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya etiladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin