Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə9/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

4.Kompress. Banka qo'yish. Gorchichnik qo'yish.
Kompress mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolajadir. Kompressning isituvchi va sovituvchi (sovuq) turlari bo'ladi.
Isituvchi kompress qo'yish. U anginada - bo'yin - jag` osti sohasiga, revmatizmda bo'g'imlarga, radikulitda – bel sohasiga qo'yiladi.
Isituvchi kompress qo'yish usuli. 1.Isituvchi kompress qo'yish uchun 4-5 qavat doka (bint) tayyorlanib, u qaynoq suvga botirilib siqiladi, so'ngra spirt (aroq, odekolon) sepilib, siqiladi va tananing kerakli sohasiga qo'yiladi. Ustidan sellofan, uning ustidan paxta qo'yilib, bint yoki yumshoq ro'mol bilan o'raladi. Har bir qavat bir-biridan 2 sm kengroq bo'lishi lozim. Ya`ni spirtli bint ustidagi sellofan 2 sm, sellofan ustidagi paxta 2 sm keng bo'lishi shart.
2. Isituvchi kompress 2 soatdan 6 soatgacha turishi mumkin. Kechasi ko`proq vaqt o`z issiqligini saqlaydi.
Banka qo'yish. Banka va gorchichnik kunora qo'yiladi. Banka yurak sohasiga, sut bezlari ustiga, umurtqa pog'onasi ustiga, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'yilmaydi. U 6-12 tagacha qo'yiladi.
Banka qo'yish usuli. 1.Banka qo'llanishdan oldin, iliq suvda yuviladi va quritiladi.
2.Uzunligi 12-13 sm tayoqchaga toza paxta o'raladi. U spirt yoki aroqqa botiriladi.
3.Bemorning qornini pastga qilib, tekis ko'rpaga yotqiziladi. Tananing banka qo'yiladigan sohasi (terisi) iliq suvda namlangan sochiq bilan artiladi.
4.Bankani chap qo'l bilan ushlab, o'ng qo'ldagi paxta o'ralgan va spirt (aroq)ga botirilgan tayoqni yondirib, tezkorlik bilan banka ichiga 2-3 sekund tiqib olinadi. Banka ichidagi havo olov ta'sirida siqib chiqarilgach, u o'ng ko'krak oldi sohasi va orqadan kuraklar o'rtasi va ostiga qo'yiladi. Uning ustidan ko'rpa yopiladi.
5.Banka 10-15 daqiqa turadi. Uni olishda, ko'rsatgich barmoqning uchi bilan, bankani bir tomonidagi teri asta bosiladi, banka ichiga havo kiradi va uni osongina ko'chirib olinaveradi.
6.Banka olingandan keyin teriga vazelin surtib, ro'mol (sochiq) yopiladi. Bemor issiq o'ranib, 1-2 soat yotishi kerak.
Gorchichnik qo'yish. O'pka va nafas yo'llari shamollaganda, bel og'rig'i (radikulit)da qo'llanadi. U tana harorati yuqori bo'lganda, qon oqayotganda qo'yilmaydi. Shuningdek, ko`krak qafasinining yurak joylashgan sohasiga qo'yilmaydi. Gorchichnik kunora qo'yiladi.
Gorchichnik qo`yish usuli. 1.Bemor qulay vaziyatda yotqiziladi.
2.Bemor terisining gorchichnik qo'yiladigan sohasiga spirt (aroq) surtiladi va quritiladi.
3.Gorchichnik surtilgan qog'ozni ikki qo'lda ushlab, tog'oradagi iliq suvga tezkorlik bilan botirib bemor tanasiga yopishtiriladi. Jami 6-8-12 tagacha gorchichnik qo'yish mumkin.
4.Gorchichnik 7-10 daqiqa (bolalarda 2-3 daqiqa) turishi mumkin. Gorchichnik yaxshi ta'sir qilganda bemorning badani achishib qiziy boshlaydi.
5.Gorchichnikning bir tomonini ko'chirib qaraganda, bemor terisi qizargan bo'lsa, uni olish mumkin. Gorchichnikning qisqa yoki uzoq muddatda turishi, bemor terisining sezuvchanligiga bog'liq.
6.Gorchichnik olingandan so'ng teri iliq suvda namlangan sochiq bilan artilib, vazelin surtiladi. Bemor issiq o'rab qo'yiladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin