Qayd raqami


Tomir urishini, nafas olishni sanash



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə8/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

3.Tomir urishini, nafas olishni sanash.
Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishiga tomir urishi, yoki puls deyiladi. Arterial qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi vena pulsi deyiladi. Puls odatda bilakning ichki sohasida, boshning chakka sohasidagi arteriyada, bo'yin sohasidagi uyqu arteriyasida sanaladi.Tomir urishining tezlashuviga taxikardiya, sekinlashuviga bradikardiya deyiladi.
Tomir urishini sanash usuli. 1.Bemor tinch, qulay vaziyatda o'tiradi yoki yotadi.
2.Bemorning chap yoki o'ng qo'li bilagining ichki pastki yuzasidagi arteriya qon tomiriga tekshiruvchi 3 ta barmog'ining uchini qo'yib, 30 sekund davomida tomir urishini sanaydi va 2 ga ko'paytirganda 1 minutdagi tomir urish soni aniqlanadi.
3.Normada tinch holatda sog'lom odamda tomir urishi 1 minutda 66-72 marta bo'ladi.
Nafas olishni sanash.
Odam tashqi muhitdan kislorodga boy havoni o`pkasiga qabul qilib, karbonat angidrid gazi bilan to`yingan havoni o`pkasidan chiqarib turishiga nafas olish deyiladi. Nafas olish harakatlari, nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok etishi bilan nafas olishga ko'krak bilan nafas olish (bu ayollarga xos), qorin muskullari va diafragma harakatlanishi orqali nafas olishga qorin bilan nafas olish deyiladi (bu erkaklarga xos). Sog'lom odam normada tinch holatda 1 minutda 16-18 marta nafas oladi. Bu ko'rsatgich og'ir kasalliklarda tezlashadi yoki sekinlashadi.
Nafas olishni sanash usuli. 1.Bemor qulay vaziyatda tinch yotadi yoki o'tiradi.
2.Odatda o'g'il bola va erkaklar qorin bilan, qizlar va ayollar ko'krak qafasi bilan nafas oladilar. Shuning uchun erkaklarda qorin devorining, ayollarda ko'krak qafasining harakatlanishini sanash orqali nafas olish soni aniqlanadi.
3.Buning uchun erkaklarda qorinni, ayollarda ko'krak qafasini har bir nafas olganda va chiqarganda ko'tarilish va pastga tushish harakatlari bir daqiqa davomida bemorga sezdirmasdan sanaladi. Chunki bemor o'z ixtiyori bilan nafasni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin