Qayd raqami


Zamburug (mikoz) larga qarshi ta’sir etuvchi dorilar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə4/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Zamburug (mikoz) larga qarshi ta’sir etuvchi dorilar:
- nistatin - tabletka - 0,25-0,5 ichishga, shamcha 0,25 qinga qo‘yishga, malham 15,0-30,0 surtishga;
- nitrofungin - flakon 25 ml surtishga;
- grizeofulvin - tabletka - 0,125 ichishga;
- metrogil - flakon 200-400 ml vena tomiriga, tabletka 20 dona ichishga;
- ginidazol - tabletka 10 dona ichishga, flakon - 500 ml vena tomiriga.
Bu dorilar terining zamburug‘li kasalliklari (trixoftiya, mikrosporiya) da, dezbakteryoz, kandidoz va hokazolarda qo‘llanadi.
Ichak kasalliklarida qo`llanadigan dorilar:
- levomitstin – tabletka, flakon;
- furazolidon – tabletka;
- digestal, mezim, panzinorm, omez – tabletka, kapsula.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar.
-xloramin - kukun-0,25-0,5 % eritma sirtga, qo‘lni dezinfeksiyasi uchun, gripp tarqalgan davrda 4 qavatli dokani namlab, eshiklar dastasiga bog‘lab qo‘yiladi.1,5-2 % eritmasi yiringli yaralarni yuvish uchun;
- yodning spirtli eritmasi flakonda 5-10 % - 5 - 10 ml jarohat atrofiga surtiladi;
- borat kislota - 3 % eritmasi jarohatni yuvish, tomoqni chayqash uchun;
- vodorod peroksid - 3 % eritmasi yiringli jarohatni yuvish uchun;
- kaliy permanganat - 1:1000 nisbatdagi och pushti rangli eritmasi jarohatni yuvish, zaharlanganda me`dani yuvish uchun;
- protorgol - 1-3 % - 10 ml eritma burunga tomizish, tomoqqa surtish uchun;
-furatsilin - 1:5000 nisbatdagi eritma jarohatni yuvish, tomoqni chayish uchun, (tabletka 0,1-200 ml qaynagan suvda eritiladi). - brilliant yashili - 1-2 % spirtli eritmasi 10 ml flakonda jarohat atrofiga, yiringli yaraga, suvchechak toshmasiga surtish uchun;
- metilin ko‘ki - 1-3 % - spirtli eritmasi og‘iz shilliq qavatidagi yaralar (yarali aftoz stomatit) kasalligida surtish uchun qo‘llanadi.


Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Dorixonalarning qanday turlari bo‘ladi?

  2. Qaysi dorixonalarda vrach yozib bergan retsept orqali beriladigan hamda retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy asboblar, buyumlar sotiladi?

  3. Damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziyalar dorilarning qanday shakliga mansub?

  4. Dorilar odam organizmiga qanday yo‘l bilan yuboriladi?

  5. Dorini organizmning qaysi bo‘shliqlarga yuborish mumkin?

  6. In’eksiya (ukol qilish) ning qanday turlari bor?

  7. Dori moddalari odam organizmiga nisbatan zaharlilik darajasi bo‘yicha qanday guruhga bo‘linadi?

  8. “A” guruhga qanday dorilar kiradi?

  9. “B” guruhga qanday dorilar kiradi?

  10. Gramm musbat mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi antibiotiklar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?

  11. Gramm manfiy mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi antibiotiklar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?

  12. O‘tkir zaharli, asosan sirtga qo‘llaniladigan antibiotiklar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?

  13. Zamburug (mikoz) larga qarshi ta’sir etuvchi dorilar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?

  14. Ichak kasalliklarida qo`llanadigan dorilar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?

  15. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar qaysi kasalliklarda qo‘llanadi?


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin