Qayd raqami


Ayrim kasalliklarda qo`llanadigan



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə3/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

5. Ayrim kasalliklarda qo`llanadigan dorilar:
Isitmani tushuradigan va og‘riqsizlantiradigan dorilar.
- analgin (baralgin)-tabletka 0,5 ichishga, ampula -50%- 1-2 ml muskul orasiga, venaga;
- paratsetamol - kukun, tabletka 0,2-0,5 ichishga, sirop 60 ml 1 choy qoshiqda ichishga;
- brufen, indometatsin, voltaren, melbek, sinepar - tabletka.
Yurak kasalliklarida:
- Digitoksin - tabletka 0,0001 ichishga;
- Digoksin - tabletka 0,00025 ichishga, ampula 0,025% - 1 ml vena tomiriga;
- Strofantin K - ampula 0,05 % - 1 ml vena tomiriga;
- Korglikon - ampula 0,06 % - 1 ml vena tomiriga;
- Valokardin, karvalol – 20-25 tomchi;
- validol, nitroglitserin tabletka, til ostiga;
- interkordin tabletka;
- adonizid – 20 tomchi;
- Mildranat – ampula, kapsula;
Gipertoniya kasalligida qo‘llanadigan dorilar:
- Raunatin - tabletka 0,02 ichishga;
- Enam, enap - tabletka - 0,25 - 0,5 ichishga;
- Adelfan-tabletka - 0,02 ichishga;
- Konkor – Ѕ - 1 tabletka;
- Teveten – 1 kapsula, ertalab;
- Dibazol - tabletka - 0,02 ichshga, ampula 1 %li - 1-5 ml muskul orasiga, vena tomiriga;
- Klofellin - tabletka - 0,00075 - 0,0015 ichishga;
- Elanoprill 0,5 – 1 tabletka 2 marta ichishga;
- Atenalol – 0,05 -0,1 x 2 marta.
Arterial qon boismi pasaygan (gipotoniya) da:
- Mezaton – 0,5 – 1ml teri ostiga;
- Adrenalin, noradrenalin;
- Dofamin – 5 ml vena tomirida;
- Kofein, kordiamin, kamfora.
Mikroblarga qarshi qo‘llanadigan dorilar.
- Antibiotiklar;
- Sulfonilamidlar;
- Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi ta’sir doirasi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linadi:
Gramm musbat mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi antibiotiklar:
- ampitsillin - 500 mg muskul orasiga;
- ampioks - kapsula - 0,25 ichishga;
- eritromitsin - kapsula, tabletka-0,1-0,5 ichishga, flakon-0,5 muskul orasiga, malham-10,0-15,0-30,0 teriga surtishga;
- oksatsillin - flakon - 0,5 muskul orasiga;
- oleandomitsin - tabletka - 0,1-0,2 ichishga.
Bu guruhdagi antibiotiklar quyidagi kasalliklarda qo‘llanadi: angina, zotiljam, revmatizm, sepsis, saramas, qoqshol, kuydirgi, so‘zak, meningit, yuqumli, ko‘z kasalliklari (kon`yuktibit), buyrak, o‘t pufagi, yallig`lanish kasalliklari va hokazo.
Gramm manfiy mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi antibiotiklar:
-polimiksin - 0,5 tab. ichishga, flakon 0,5 muskul orasiga, malham 30,0 gramm surtishga.
Bu dori enterokolit, kolit, dizenteriya, yiringli yara.
Ta’sir doirasi keng antibiotiklar:
- tetratsiklin draje, tabletka - 0,1- 0,25 ichishga, malham 10,0g surtishga;
- levomitsetin - tabletka - 0,5 ichishga, flakon 1,0 g muskul orasiga;
- gentamitsin - ampula 4-8 %-1-2 ml muskul orasiga vena tomiriga;
- kanamitsin - flakonda - 1,0 gramm muskul orasiga;
- rifampitsin - tabletka 0,15 ichishga, flakon 0,3 muskul orasiga, vena tomiriga.
Bu antibiotiklar qorin tifi, dizenteriya, sepsis, zotiljam, peritonit, brutsellyoz, tulyaremiya, sil, gonoreya va boshqalarda qo‘llanadi.
O‘tkir zaharli, asosan sirtga qo‘llaniladigan antibiotiklar.
- neomitsin - tabletka - 0,1 - 0,25 ichishga, flakon 0,5 muskul orasiga, malham 10,0 surtishga;
- monomitsin - tabletka - 0,25 ichishga, flakon 0,25 - 0,5 muskul orasiga;
Bu antibiotiklar bakterial va amyobali dizenteriya, teri leyshmaniozida, og‘ir sepsis, peritonitda va boshqalarda qo‘llanadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin